Eski o‘zbek tili terminologiyasining ichki imkoniyatlar va o‘zlashmalar hisobiga shakllanishi va rivojlanishi.
Eski o‘zbek tili terminologiyasi (XV-XIX asr oxiri) sistemasiqadimgi turkiy til va eski turkiy til terminologiyasidek o‘z ichki imkoniyatlari hamda o‘zlashmalar hisobiga shakllandi va rivojlandi. Eski o‘zbekcha terminlar yasalish jihatdan tub va derivatlardan tashkil topgan edi. Terminlar yasalishida qatnashgan affikslarni leksik-grammatik xarakteriga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin: Ism-o‘zaklardan ot-terminlar yasovchi affikslar: yurt- čï, yulduz- čï, čerig- či, tura-lïq, jibä-lik, kejim-lik va h.k; Fe’l –o‘zaklardan ot-terminlar hosil qiluvchi affikslar: pus-uğ, ből-äk//ből- űk, yur-uš, čap-qun, quv-ğun//qav-ğun, yasa-vul, tosqavul, tata-vul, nikä-vűl, yasa-l, qaba-l, tunqa-l, suyurğa-l, yasa-q, tolğa-ma, yasa-v, bašla-maq va h.k.;
Ot(ism)lardan fe’l-terminlar yasovchi affikslar: yağï -la-, oq-la, čerik-lä -, jibä-län-, qïlïč-lan-, at-lan-, ya-la-//yay-la- va h.k.;
Fe’l-o‘zaklardan fe’l-termin hosil qiluvchi qo‘shimchalar:
sava-š -, ur-uš -, tala-t-, evr-il-, yïğ-ïl-, bas- ïl-, qïr- ïl-, yïğ-ïštur-, bas-tur-, qač-ur, tűš-űr-, tut-ul- va
Terminlarning sintaktik (kompozitsiya) yo‘l bilan yasalishiga tubandagi faktik materiallar misol bo‘ladi: kőkteműr “zirh, sovut”, kučaband “to‘siq, g‘ov, barrikada”, yatïš tavačïsï “askarlarni yotoq bilan ta’minlovchi harbiy mansab egasi”, uluğ uruš “dahshatli jang”, divanbegi “devonbegi”, onbegi “o‘nbegi”, yuzbašï “yuzbashi”, miƞbegi “ming askardan iborat harbiy qism sarkardasi” tűmänbegi “o‘n ming kishidan tashkil topgan qism, diviziya qo‘mondoni”, qošunbegi “kichik harbiy bo‘linma boshlig‘i” va h.k.
Dostları ilə paylaş: |