Terminologiya tarqqiyotida sheva elementlarining o‘rni. O‘zbek terminologiyasining o‘zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangani.
Tilshunos N.Ikromova o‘zining oziq-ovqat terminlariga bag‘ishlangan maqolasida oziq-ovqatlar hamda ularning tarkibiy qismi bo‘lgan non va uning turlari haqida fikr yuritib, shunday yozadi: “Leksika tilning rang-barang so‘z qatlamlariga boy bo‘limi bo‘lib, ana shunday leksik qatlamlardan biri o‘zbek tilida oziq-ovqat nomlarini ifodalovchi so‘z-terminlardir”1.Non eng qadimgi ozuqalardan biridir. U bir necha xil don, unlardan (bug‘doy, arpa, jo‘xori, kurmak va sh.k.) tayyorlanadi: masalan, bug‘doy non, arpa non, zog‘ora non, kurmak non kabi. Bu emishning turli xalqlarda tayyorlanish usuli va xillariga ko‘ra nomlanishi ham turlichadir. O‘rta Osiyo xalqlarida esa barcha davrlarda ham talaffuzdagi farqlarni e’tiborga olmaganda deyarli bir xil nomlanadi. Jumladan: o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qaroqalpoq, uyg‘ur va tojik tillarida non, ozarboyjon, turkman tillarida cho‘rak deb atalib kelingan. O‘zbek tilining tarkibiy qismi bo‘lgan Xorazm shevasida yuqoridagi har ikkala variant, ya’ni non ham, cho‘rak ham qo‘llaniladi. Masalan, ajdodlarimiz tarixini qanchalik chuqur o‘rganar ekanmiz, tildagi turli terminlar tabiati, ularning taraqqiyot yo‘llari va prinsiplari hamda semantikasi shunchalik tushunarli bo‘la boradi. Ko‘pchilik uchun ba’zi tarixiy terminlar umuman tushunarsizdir. Haqiqatan ham ayrim ibtidoiy mehnat qurollari to‘g‘risida atroflicha tasavvurga ega emasmiz. Albatta, bular haqida ma’lumot olish uchun tarixiy hujjatlarni titkilash, arxeologik topilmalarni ko‘zdan kechirish yoki boshqa manbalarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Bu xususida Oftobxon Umarxo‘jaeva shunday yozadi: “O‘zbek xalqining uzoq o‘tmishi bilan bog‘liq bo‘lgan charx, omoch, juvoldiz kabi mehnat qurollari qadimgi davr moddiy madaniyati in’ikosidir”2. Yana bitta misol. Supra deganda qo‘y yoki echkining terisidan oshlab tayyorlangan dasturxon shaklidagi mehnat quroli tushunilgan. To‘ylarda, marosimlarda, ma’rakalarda va boshqa tadbirlarda nimta go‘shtlarni supraga o‘rab, mehmonlar oldiga qo‘yilgan. Davrlar va vaqtlar o‘tishi bilan supraning vazifasi va buyumni anglatgan terminning ma’nosi toraygan. Endilikda esa mazkur termin, ya’ni supraostida un elash, xamir qorish va yoyish uchun xizmat qiladigan predmet tushuniladi. Hozirda supraoshlangan teridangina emas, balki qalin kleenka yoki boshqa bir matodan ham tayyorlanadigan bo‘lgan. SHuningdek, hozirgi kunda supra terminiga yana bir ma’no yuklatildi. Bu Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonidagi fan soatlarini tartib bilan joylashtiradigan ko‘zgu ham supra deb yuritiladigan bo‘ldi. Shunday ekan, qadimdan ishlatilib kelinayotgan qator mehnat qurollarining nomlari hozirgi vaqtda o‘z semantikasini o‘zgartirib, takomillashib, boshqa ma’nodagi terminlar vazifasini bajara oladi. Bu esa so‘zlarning, terminlarning ma’nosida ayrim o‘zgarishlar ro‘y berish jarayoni keng tarqalganligidan, terminologik tizimlarning boyib borayotganligidan darak beradi.