Termiz – 2020 mund а r I j а



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə18/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

G.Gegel fikriga ko‘ra, fuqarolik jamiyati – bu, avvalo, xususiy mulkka asoslangan ehtiyojlar tizimi, shuningdek, din, oila, tabaqalar, davlat qurilishi, huquq, axloq, burch, madaniyat, maorif, qonunlar va ulardan kelib chiquvchi sub’ektlarning o‘zaro yuridik aloqalaridir. Tabiiy, «nomadaniy» holatdan «odamlar fuqarolik jamiyatiga kirishlari lozim, chunki faqat shu jamiyatda huquqiy munosabatlar haqiqiy xususiyat kasb etadi». Ayni vaqtda Gegel bunday jamiyat faqat «hozirgi dunyoda» mavjud bo‘lishi mumkinligini qayd etadi. Boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyati yovvoyilik, qoloqlik, ma’rifatsizlikka qarshi qo‘yiladi.

Gegel fuqarolik jamiyati oiladan boshlanib to davlatga qadar dialektik harakatlanuvchi alohida bosqich uzoq tarixiy davr davomida o‘rta asrdan to yangi davrgacha transformatsiyalashib kelgan tushunchadir. U fuqarolik jamiyati va davlatni aralashtirib yuboruvchi o‘sha davrda hukmron bo‘lgan tabiiy huquq nazariyasini tanqid qilgan, uning fikricha, ijtimoiylik xususiyatiga asoslanuvchi fuqarolik jamiyati, oilaning axloqiy va davlatning ommaviy hayotidan mutlaqo farqlanadi. U adolatili qonunlar va odil sudlarni fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismlari deb hisoblaydi.

Fuqarolik jamiyatini konseptual tushunishga Immanuil Kant (1724–1804) harakat qilgan. Kant fuqarolik jamiyatini butun insoniyat uyi deb bilgan. Bu jamiyatda har bir inson hatti-harakati oliy axloqiy qonun – qat’iy imperativ bilan belgilanad. Uning fikricha, fuqarolik jamiyati mavjud qonunlar doirasida hech kim tomonidan cheklanmaydigan intilish, tamoyillarining erkilik bilan uyg‘unligi, boshqacha aytganda, fuqarolarga mos bo‘lgan jamiyatdir.

Yuqorida aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, XVIII asr o‘rtalariga kelib fuqarolik jamiyati – davlat an’anaviy paradigmasi qayta ko‘rib chiqila boshlandi. Bu jarayon XVIII – XIX asrlarga kelib to‘xtadi, bu davrga kelib yangi tizim o‘zining – xususiy mulk, erkin bozor iqtisodiyoti, parlamentar demokratiya va huquqiy davlat, ijtimoiy va siyosiy sohalar o‘rtasidagi bo‘linish.

Fuqarolik jamiyati demokratik normalari va qadriyatlari zamonaviy ijtimoiy-falsafiy tafakkurda ham taxlil qilingan. Zamonaviyroq ko‘rinishda demokratiya g‘oyalari Turkistonda ma’rifatparvar jadidlar faoliyatida kuzatiladi. Yevropada bo‘lgani kabi Turkistonda ham o‘rta asrlar feodal munosabatlari, dogma va an’analarga qarshi bo‘lgan ma’rifatparvar g‘oyaviy oqim sifatida xarakterlanadi. U progressiv kuchlarning mamlakatni feodal turg‘unlik davridan olib chiqishga harakat qilgan va kurashganlarini aks ettiradi. Jadidlar ta’lim tizimini isloh etishni talab qilib, dunyoviy fanlar faolroq o‘qitiladigan yangi usuldagi maktablarni ochgan, ularda aniq, tabiiy-ilmiy, iqtisodiy fanlar o‘qitilgan.

Zamonaviy tadqiqotchilar ta’kidlashicha, demokratik qayta qurish g‘oyalari va fuqarolik jamiyati shakllanishi yosh xivaliklar va yosh buxoroliklar uyushmalari dasturlarida o‘z aksini topgan. Ular jadidlar liberal harakati sifatida nafaqat ijtimoiy munosabatlarni isloh qilishda, balki 1920 yilda Xiva va Buxoroda xalq namoyishlarida ishtirok etganlar. Turkiston avtonomiyasi uchun kurashgan jadidlar, mustaqillik uchun harakatga munosib hissasini qo‘shgan.

Yurtimizda ijtimoiy-falsafiy fikr, xususan jadidlar qiyofasida, fuqarolik jamiyati g‘oyalari ma’rifat qadriyatining shakllanishiga qaratilgan edi. M.Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat o‘z davridan ilgarilab o‘tib, fuqarolik jamiyati faqat mustaqil mamlakat doirasida amalga oshishi, haqidagi xulosasini aytadilar. Bundan tashqari, ular, an’ana va urf-odatlar demokratlashuvga to‘siq bo‘lmasligini, aksincha, mavjud an’analar doirasida amalga oshirilgan modernizatsiya, fuqarolik jamiyatining shakllanishi va barqaror taraqqiyotining muhim omili ekanligini asoslaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I.A.Karimovning so‘zlari bilan aytganda, ―o‘zbek xalqi boy tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi, va uch ming yillik davrni o‘z ichiga olib, bizga boy tajriba va ibratli saboq beradi, uni qabul qilishimiz va rivojlantirishimiz kerak bo‘ladi.




Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin