Termiz – 2020 mund а r I j а



Yüklə 480,36 Kb.
səhifə106/128
tarix02.01.2022
ölçüsü480,36 Kb.
#41656
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   128
Fuqoralik Jamiyati maruza

Beshinchidan, saylovoldi tashviqotini bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borishni tartibga solish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunga yangi 273-modda, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi qonunga yangi 253-modda, shuningdek, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tashviqotini olib borishning huquqiy asosi sifatida yangi274 va 254-moddalar ham qo‘shimcha sifatida kiritildi.

Mazkur yangi huquqiy mexanizmlarning joriy etilishi avvalambor, partiyalararo raqobatning kuchayishi, saylovoldi tashviqotining shakl va usullari tobora turli-tuman va keng miqyosga ega bo‘lib borayotgani bilan izohlanadi. Bu kabi yangi qoidalar saylov kampaniyasining ushbu muhim bosqichini amalga oshirish jarayonida deputatlikka nomzodlar va siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratish mexanizmlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Saylovoldi tashviqotini bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish yoki saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tashviqotini olib borish tartibining qonunchilikda aniq belgilanishi bu jarayondaga har bir harakatni qonun asosida amalga oshirilishiga, saylovlarning adolatli o‘tishiga xizmat qiladi.

Oltinchidan, yangi qonunga asosan «qamoqda saqlash joylarida» saqlanayotganlar ham ovoz berish jarayonlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmoqda. Xususan, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 8, 32, 33, 38-moddalariga hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 8, 29, 30, 35-moddalariga «qamoqda saqlash joylarida» saqlanayotganlarning ovoz berish jarayonida ishtirok etish huquqini beruvchi qo‘shimchalar kiritildi.

Bu avvalo, milliy qonunchiligimizni saylovlarga oid xalqaro andozalarga yanada muvofiqlashtirilishini namoyon etsa, ikkinchidan, mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish borasida izchilislohotlar amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi. Chunki, aybsizlik prezumpsiyasiga asosan, shaxs sud xukmi bilan aybdor deb topilmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi. Aybi isbotlanmagan, qamoqda saqlash joylarida saqlanayotgan shaxslar ham ovoz berish huquqiga ega. Qonunchilikka kiritilgan yuqoridagi qo‘shimchalar ushbu huquqni ta’minlashga, shuningdek, insonparvarlik tamoyillarini amalga tatbiq etishgaxizmat qiladi.



Yettinchidan, milliy saylov qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonunning 41-moddasi hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonunning 38-moddasiga muddatidan oldin ovoz berish tartibi, muddati va asoslarini aniqlashtiruvchi qo‘shimchalar kiritildi.

Avval saylov qonunchiligida muddatidan oldin ovoz berish tartibi belgilangan bo‘lsada, unda muddatidan oldin ovoz berish haqida saylovchilarni xabardor qilish, saylovchining nima sababdan ovoz berish kuni saylovda qatnashmasligi asoslarini taqdim etishi, qaysi joyda ovoz berishi, qancha vaqt davomida ovoz berishi, muddatidan oldin ovoz berishni kimlar tashkil etishi bilan bog‘liq masalalar to‘liq ko‘rsatilmagan. Shuningdek, bu vaqtda uchastka saylov komissiyalarning qancha a’zosi hozir bo‘lishi lozimligi yetarli darajada aniqlashtirilmagan. Saylov amaliyotidan ma’lumki, ovoz berish kunidan oldin uchastka saylov komissiyasi a’zolarining muayyan tarkibi yig‘ilishi ham murakkab jarayon.

Qonunchilikka muddatidan oldin ovoz berishning aniq tartibini belgilash bilan bog‘liq kiritilgan qo‘shimchalar, saylov jarayonlarida uchastka saylov komissiyalari duch keladigan ko‘plab muammolarning ijobiy hal etilishini, turli shakldagi asossiz e’tirozlarning oldi olinishini ta’minlaydi.

Sakkizinchi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 65-moddasi hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 45-moddasi quyidagi qoida bilan to‘ldirildi: «Ovoz berish kuniga qadar uch kun ichida, shuningdek ovoz berish kuni jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari taxminlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni chop etishga (e’lon qilishga), shu jumladan ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘iga) joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi».

Mazkur qoida saylovchilar huquqlarining yanada ta’sirchan himoya qilinishi, muayyan nomzodga g‘arazli munosabatda bo‘lish, bu borada saylov qonunchiligi buzilishining oldini olish imkonini beradi. Saylov jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishning turli usullari mavjud. Ulardan biri aynan jamoatchilik fikrini o‘rganib, so‘rovlar natijalarini e’lon qilish, saylov natijalari prognozlarini va o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni nashr etish hisoblanadi.




Yüklə 480,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin