Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


 Xalqaro elektrotexnika komissiyasi



Yüklə 34,49 Kb.
səhifə3/7
tarix31.01.2023
ölçüsü34,49 Kb.
#81978
1   2   3   4   5   6   7
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha

10.2. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi
Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlari 1881 yilda elektr boyicha birinchi Xalqaro kongressning o‘tkazilishidan boshlangan edi. 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus idora – xalqaro elektrotexnika komissiyasi (XEK) tuzish to‘g‘risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi boyicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug‘ullana boshladi. 
XEK (ko’pgina adabiyotlarda MEK deb berilgan, bu ruscha “Mejdunаrodnаya elektrotexnicheskаya komissiya” so’zlarining bosh harflaridan olingan) nizomiga ko‘ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo‘shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini hal qilishdir.
ISO va XEK faoliyatlari boyicha farqlanadi, XEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari boyicha shug‘ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar boyicha standartlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qumitalar XEK ning a’zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Yer kurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining iste’molchisi hisoblanadi. Bu asosan sanoati rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlardir.
XEK ingliz, frantsuz va rus tillarida ish olib boradi.
XEK ning Oliy rahbar idorasi XEK kengashidir, u yerda mamlakatlarning hamma milliy qumitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo‘lib, u har 3 yil muddatiga saylanadi. Bundan tashqari vitse – prezident, g‘azinachi, bosh kotib lavozimlari ham bor. XEK har yili bir marta o‘z kengashiga yig‘iladi va o‘z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi.
1972 yilga qadar XEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida faoliyat ko‘rsatar edi. 1972 yili esa XEK, ISO larning tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi.
10.3. Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot
Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot ham mavjuddir. Uni qisqartirilgan holda MOZM (Mejdunarodnaya organizatsiya zakonodatelnoy metrologii) deb ataladi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi – davlat metrologik xizmatlarni va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir.
MOZM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
– MOZMga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun o‘lchash vositalarining uslubiy me’yoriy metrologik tavsiflarining birliligini belgilash;
qiyoslash uskunalarini, solishtirish usullarini, etalonlarni tekshirish va attestatlashini, namunaviy va ishchi o‘lchash asboblarini uyg‘unlashtirish;
– xalqaro ko‘lamda birxillashtirilgan o‘lchash birliklarini mamlakatlarda qo‘llanishini ta’minlash;
– metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish va ularni joriy etish boyicha davlat ko‘rsatmalarining birliligini ta’minlash;
– rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta’min etish va ularni zarur texnik vositalari bilan ta’minlashda ilmiy – texnikaviy yordamlashish;
– metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun – qoidalarini belgilash.
MOZM ning Oliy rahbar idorasi metrologiyadan qonun chiqaruvchi Xalqaro konferensiyasi hisoblanib, u har to‘rt yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi idoralarining ma’ruzalarini tasdiqlaydi, byudjet masalalarini muhokama qiladi. MOZM ning rasmiy tili – fransuz tilidir.


Yüklə 34,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin