Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti «agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar» kafedrasi



Yüklə 241,51 Kb.
səhifə5/10
tarix21.12.2023
ölçüsü241,51 Kb.
#188667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tuzatilgan buxgalteriya Амалиёт дастури 4 курс

60


1. Malaka amaliyotini o’tash bo’yicha kengaytirilgan dasturi. Amaliyot ob’ektining tashkil topish tarixi, tashkiliy strukturasi, tarkibi.
Amaliyot ob’ektining tashkil topishi. Amaliyot ob’ekti Nizomi, ta’sischilari, manzili, bankdagi hisob raqami, hozirgi kundagi xodimlar soni. Amaliyot ob’ekti tuzilmasi va uni belgilovchi omillar. Amaliyot ob’ektining davlat tomonidan ro’yxatga olinishi va unga modernizatsiyalash sharoitida belgilangan imtiyozlar. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari va funktsiyalari.



  1. Amaliyot ob’ekti mulk shakllari, boshqaruv usuli. Korxona to’g’risidagi qonunchilik hujjatlari

Amaliyot ob’ektining mulk shakli, boshqaruv usuli, O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar tog’risida ”gi qonun, undagi o’zgarishlar. Korxona faoliyatiga ta’aluqli normativ - me’yoriy hujjatlar. Korxona to’g’risidagi qonunchilikning takomillashuvi. Korxonada ish yuritish holati. Korxona tarkibi, bo’limlari vazifalari.


3. Amaliyot ob’ekti biznes-rejasi.
Amaliyot ob’ekti biznes-rejasi mazmuni, mohiyati, tarkibiy qismlari. Korxona boshkaruvida rejalashtirish jarayonlari va rejaning bajarilishi nazorati, monitoring va unga o’zgartirishlar kiritish tartibi. Istiqbolli rejalari va ularning amalga oshirilishi.


4. Amaliyot ob’ekti ishlab chiqaradigan mahsulot turlari, assortimenti
Korxona ishlab chikaradigan mahsulot turlari, assortimenti, korxonaning assortiment siyosati, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, marketing siyosati.


5. Korxonada buxgalteriya hisobotlarini yuritish tartibi.

Korxonada buxgalteriya hisobi ma’zmuni, tuzilishi. Korxonada buxgalteriya hisobini yuritish tartibi. Xo’jalik jarayonlarini buxgalteriya schetlarida aks ettirish, hisobga olish tartibi va uning tahlili. Hisobotlarni tahlil qilish, malaka hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi va muddatlari. Mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, ombordagi mahsulotlar hisobi. Korxona ob’ektida inventarizatsiya o’tkazish tartibi va amalga oshirish jarayoni.


Korxonada audit tekshiruvini tashkil etish, tayyorlash, o’tkazish tartibi va natijalari.


6. Korxonada mahsulot malaka harajatlari kal`kulyatsiyasi va uning o’ziga xos xususiyatlari.
Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot turlari bo’yicha kal`kulyatsiyani hisoblash tartibi, yo’llari, usullari.



  1. Ishlab chiqarishni ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi, uning ko’rsatkichlar tizimi va mezonlari

Iqtisodiy samaradorlik mezonlari va ko’rsatkichlari. Amaliyot ob’ektida samarodorlik ko’rsatkichlari holati tahlili.


8. Iqtisodiyotni strategik rivojlantirish sharoitida korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlar
Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi moxiyati va strukturasi, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifakitsiyalash sharoitida amaliyot ob’ektida mahsulot tannarxini pasaytirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlar.

Yüklə 241,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin