Amaliyot kundaligi talabaning haqiqatda amaliyot o’taganligini tasdiqlovchi hujjat bo’lib, unda amaliyot jarayonida bajarilgan quyidagi ishlar aks ettiriladi:
talaba tomonidan amaliyot dasturi bajarilishi to’g’risidagi belgi qo’yilgan kalendar` reja, (kafedra tomonidan biriktirilgan rahbar va tashkilot tomonidan biriktirilgan rahbarlar bilan birgalikda tuziladi);
talaba tomonidan bajarilgan ish mazmuni, xajmi, muddati, turlari tahlili va unga tashkilot tomonidan biriktirilgan rahbarning tasdiqlovchi imzosi;
talaba tomonidan o’rganilib chiqilgan ilmiy adabiyotlar (darsliklar, monografiyalar, ilmiy maqolalar to’plami) va me’yoriy-huquqiy hujjatlar (standartlar, uslubiy materiallar va boshqalar) ro’yxati;
talaba tomonidan amaliyot bo’yicha berilgan xulosa va takliflari;
tashkilot va kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbarlarining talabaga amaliyot o’tashi bo’yicha berilgan qisqacha tavsifnomasi va bahosi.
kundalikdagi va hisobotdagi barcha imzolar amaliyot o’talgan tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi;
AMALIYOT BO’YICHA HISOBOTDA QUYIDAGILAR AKS ETTIRILADI:
Kirish:
Amaliyot maqsadi, joyi va muddatlari;
Amaliyot ob’ektining tashkil etilishi, rivojlanishi va hozirgi holati;
Amaliyot o’tashning bosqichlari, amaliyot jarayonida bajariladigan ishlar ro’yxati.
Asosiy qism:
Amaliyot jarayonida ishning tashkil etilishi tavsifi;
Dastur bo’limlari bo’yicha bajarilgan ishlarning umumiy tavsifi;
Malaka amaliyoti jarayonida talaba tomonidan yechilgan amaliy
masalalarning umumiy tavsifi;
Talaba tomonidan o’rganilgan murakkab vaziyatlarning tahlili;
Amaliyot jarayonida aniqlangan amaliyot ob’ektining rivojlanishiga to’siqlik qilayotgan muammolar;
Amaliyot joyida berilgan topshiriklar va ko’rsatmalarniig qisqacha tavsifi.
Xulosa va takliflar:
*Amaliyot jarayonida olingan ko’nikmalarning umumiy tavsifi;
*Bajarilgan ish bo’yicha xulosa taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
AMALIY_O_TINI'>MALAKA AMALIYOTINI
yoritish tartibi
Amaliyot bo’yicha hisobot standart A4 o’lchamdagi oq varakda qo’lyozma yoki komp`yuterda bosmadan chiqqan holatda rasmiylashtiriladi (shrift 14-12 punktda, 1,5 interval, varak o’lchamlari tepadan va pastdan 2-2,5 sm, chap tomondan 3 sm. va ung tomondan 1-1,5 sm). Hisobot hajmi (ilovalarsiz) 45- 55 varaqni tashkil etishi kerak. Hisobotda rejada ko’rsatilgan bo’limlar bo’yicha barcha savollarga javoblar ko’rsatkichlarni hisoblash usullari formulalar asosida statistik ma`lumotlar bilan izohlangan xolda jadval, chizma, diagrammalarda o’z aksini topgan bo’lishi shart.
Har bir bo’limning yakunida xulosa va takliflar berilishi zarur. Hisobot matnida so’zlarni qisqartirilgan holda yozish qa`tiyan man etiladi. Yozilgan matnning oxirida (xulosadan so’ng) muallif imzosi va ishni yakunlagan sana ko’rsatilishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
Adabiyotlar ro’yxatida o’rganilgan masalalar bo’yicha qonuniy - me’yoriy va uslubiy hujjatlar o’quv-uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar, jurnal va gazetalardagi maqolalar, internet ma’lumotlari to’liq ko’rsatiladi. Adabiyotlar ro’yxatida mualliflarning alfavit bo’yicha nomi, bosmaxona, chop etilgan yili va sahifasi ko’rsatilishi shart. Jurnal va gazeta maqolalari ham alfavit bo’yicha maqola muallifi, maqola nomi, jurnal yoki gazeta nomi, yili, soni va sahifasi ko’rsatiladi.
Ilovalarda Amaliyot ob’ekti yoki amaliyot ob’ektining ma’lumotlarini va hisob- kitoblarni tasdiqlovchi hujjatlari nusxasi (kseronusxasi); Amaliyot ob’ekti Nizomi, yillik hisobotlari va balansi, hujjatlar blankalari va boshqalar bo’lishi shart. Hisobotga ilova qilingan hujjatlar ketma- ketlikda raqamlanadi va yuqori o’ng tomonga «Ilovalar» deb yoziladi.
AMALIYOT BO’YICHA HISOBOTNI RASMIYLASHTIRISH VA HIMOYA QILISH
Talabaning malaka amaliyotini baholash uchun kafedra tomonidan o’quv jarayoni jadvaliga mos xolda belgilangan muddatlarda talaba tomonidan quyidagi to’liq rasmiylashtirilgan hujjatlar ish jildida taqdim etiladi:
Dastur asosida rasmiylashtirilgan amaliyot kundaligi, amaliyot bo’yicha hisoboti, amaliyot o’tgan amaliyot ob’ektidan biriktirilgan rahbar imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Rasmiylashtirilgan hisobot “Agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar” kafedrasida ro’yxatdan o’tgandan so’ng kafedra mudiri ko’rsatmasi bilan amaliyot bo’yicha amaliyot rahbariga taqriz uchun beriladi.
Amaliyot hisobotiga quyidagi hujjatlar ham ilova etiladi:
Talabaning amaliyot o’tashi bo’yicha tashkilot va muassasa buyrug’idan ko’chirma;
Amaliyot o’tagan korxonadan biriktirilgan amaliyot rahbari tomonidan talabaga berilgan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan tavsifnoma;
Kafedra tomonidan biriktirilgan rahbarning bergan ijobiy taqrizi bilan birgalikda amaliyot bo’yicha hisoboti (matni, ilovalar, hujjatlar nusxalari);
Amaliyot bo’yicha hisobot “Agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar» kafedrasi tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiyaga himoya uchun taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: |