Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti «agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar» kafedrasi


Amaliyot buyicha OTM tomonidan tayinlangan rahbar tomonidan hisobotga berilgan taqrizda q



Yüklə 241,51 Kb.
səhifə8/10
tarix21.12.2023
ölçüsü241,51 Kb.
#188667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tuzatilgan buxgalteriya Амалиёт дастури 4 курс

Amaliyot buyicha OTM tomonidan tayinlangan rahbar tomonidan hisobotga berilgan taqrizda quyidagilar yoritilishi kerak:



  • Talaba tomonidan dastur asosida amaliyotning va kalendar rejasining bajarilishi va sifati, amaliyot natijasining bahosi;

  • Talaba tomonidan kasbiy tayyorgarlik va shaxs sifatida o’zini ko’rsata bilishi, uning tayyorgarlik darajasi;

  • Talabaning kasbiy tayyorgarligi to’g’risida xulosa.



Amaliyot sub’ekti rahbari, amaliyot ob’ekti rahbari buyrug’i bilan malaka amaliyoti o’tayotgan talabaga tayinlangan malakali mutaxassilar uchun rahbarlik qilish bo’yicha ko’rsatmalar.
Amaliyot ob’ekti rahbari bevosita quyidagilarni amalga oshiradi:

  • talabaning amaliyot o’tashi bo’yicha buyruqni rasmiylashtirish;

  • talaba uchun ish joyini tayyorlaydi, zaruriy orgtexnika va komp`yuterlar bilan ta’minlaydi;

  • talabani mazkur amaliyot ob’ekti faoliyati to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lgan yuqori malakali xodimga (mutaxassisga) biriktiradi;

  • talaba tomonidan amaliyot o’tish bo’yicha tuzilgan shaxsiy rejasini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;

  • talaba uchun amaliyot dasturi va berilgan topshiriq doirasida zaruriy hujjatlar va materiallar bilan tanishish imkoniyatlarini yaratadi;

  • amaliyot rahbari tomonidan talabaning amaliyoti bo’yicha talabaga berilgan taqriz (tavsifnoma)ni ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi.

Amaliyot joyida talabaga biriktirilgan amaliyot rahbari, mutaxassis quyidagilarni amalga oshiradi:

  • talabaga shaxsiy rejani tuzishda va uni bajarishda amaliy yordam ko’rsatadi, talabaning kundaligidagi “bajarilishi to’g’risidagi belgi” grafasiga muntazam ravishda bajarilganligi to’g’risida belgi qo’yib boradi va tanbehlarini yozib boradi;

  • talabaga tashkilot bo’limlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda amaliyot bo’yicha kundaligini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko’rsatadi;

  • talabaning nazariy va amaliy tayyorgarligi darajasini, talabaning psixologik va ishchanlik darajasini o’rganadi, tanlangan mutaxassisligiga bo’lgan hurmatini va berilgan topshiriqlarni bajarishga bo’lgan ma’suliyatini oshirishga, uning ma’naviy-ma’rifiy, ahloqiy darajasini oshirishga, o’zining ustida ishlash, tashabbuskorligini oshirishga yordam beradi;

  • talaba tomonidan bajarilgan ishlariga xulosa chiqaradi va kelgusi topshriqlarni aniqlashtiradi, kundalikni yuritishni nazorat qilib boradi, uning bajargan ishlarini holisona baholab boradi;

  • tashkilot rahbariga talaba amaliyotining o’tish sifati, uning tayyorgarlik darajasi, talabaga berilgan tanbehlar to’g’risida ma’lumotlarni yetkazib turadi;

  • amaliyot tugashi bilan uning natijalariga xulosa beradi va talabaga umumiy tavsifnoma (xarakteristika) beradi.



Tashkilot tomonidan talaba amaliyotiga berilgan taqrizda quyidagilar yoritilishi kerak:

  • talaba tomonidan dastur asosida amaliyotning va kalendar rejasining bajarilishi va sifati, amaliyot natijasining bahosi;

  • talaba tomonidan kasbiy tayyorgarlik va shaxs sifatida o’zini ko’rsata bilishi, uning tayyorgarlik darajasi; talabaning kasbiy tayyorgarligi ilmiy izlanishdagi intilishi to’g’risida xulosa ham beriladi.


Yüklə 241,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin