Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti «agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar» kafedrasi



Yüklə 241,51 Kb.
səhifə3/10
tarix21.12.2023
ölçüsü241,51 Kb.
#188667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tuzatilgan buxgalteriya Амалиёт дастури 4 курс

Hisobot ximoyasi

  • Malaka hisobot himoyasi paytida talaba amaliyot davrida amalga oshirilgan ishlari to’g’risida, xulosa va takliflarini; hisobot materiallari tarkibi va tahlilini; u tomonidan qabul kilingan xulosalarni va uning samaradorligini qisqacha tushuntirib, slaydlar asosida asoslaydi va hisobot bo’yicha qo’shimcha savollarga javob beradi.

  • Ma’ruza uchun 10-15 daqiqa vaqt ajratiladi, talabaning bajargan ishlariga, og’zaki javobiga, tahliliy xulosalariga va takliflariga komissiya tomonidan baho beriladi. Shular bilan birga bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobidagi tahlillarni ham himoya qiladi.

Ma’ruzachiga baho berishda u tomonidan rasmiylashtirilgan hisobot tarkibi va mazmuni, amaliyot rahbari va tashkilot tomonidan biriktirilgan rahbarning xulosasi, kundalik va boshqa hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishi hisobga olinib, har bir komissiya a’zosi o’z bahosini qo’ygandan keyin komissiya raisi tomonidan baholar umumlashtirilib, yakuniy baho e’lon qilinadi.
Amaliyot natijalari bo’yicha baho qaydnomaga va talaba reyting daftarchasiga qo’yiladi. Amaliyot bo’yicha dastur bajarilmasa va talaba tomonidan hisobot himoya qilinmasa talaba rektor bo’yrug’iga asosan talabalar safidan chetlashtiriladi.


TALABANING MALAKA AMALIYOTI MAZMUNI.

Malaka amaliyotining nazariy asosi bo’lib, 5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’quv jarayoni davomida talaba tomonidan o’rganilgan quyidagi tayanch fanlari “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Menejment nazariyasi”, “Qishloq xo`jaligi menejmenti”, “Xorijiy fermerlik ish tajribasi”, “Bojxona ishi”, “Agrar bozorni boshqarish”, “Biznes rejalashtirish”,“Mehnat iqtisodiyoti”, “Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish”, “Statistika” va ishchi o’quv rejasida ko’rsatilgan boshqa fanlar hisoblanadi.




Korxona, tashkilot va muassasalarda (ob’ektlarda) malaka amaliyotini o’tash bo’yicha dastur






Yüklə 241,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin