Termiz davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi matematika o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha raqamli uslubiy ta’minot


Mavzuga doir didaktik topshiriqlar



Yüklə 15,75 Mb.
səhifə48/85
tarix24.10.2023
ölçüsü15,75 Mb.
#160229
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   85
Matematika o\'qitish metodikasi MAJMUA

Mavzuga doir didaktik topshiriqlar
1. Koordinata burchagi, nuqta koordinatasini o‘rgatish metodikasini tushuntiring.
2. 3-4-sinf matematika darsligidan foydalanib to‘g‘ri burchakli parallelepiped, kub va uning elementlarini o‘rgatish metodikasi haqida yozing.
3. 3-4-sinf matematika darsligidan foydalanib to‘g‘ri burchakli parallelepiped va kubga doir masalalarni topib yeching.
4. 3-4-sinf matematika darsligidan foydalanib to‘g‘ri burchakli parallelepiped, kubga doir didaktik topshiriqlar to‘plamini tuzing.
5. Mavzuga oid ko‘rgazmali qurollar tayyorlang.

1. Eni 24 sm, bo‘yi 32 sm va balandligi 18 sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning qirralari simdan yasaldi. Buning uchun qancha sim ishlatilgan?


2. Qutini 5- rasmda tasvirlangandek qilib bog‘lash uchun kamida qancha ip kerak bo‘ladi?
3. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning o‘lchamlari a, b va c bo‘lsa, uning qirralari uzunliklari yig‘indisini hisoblash formulasini yozing.

4. Qirrasi 3 sm bo‘lgan kublardan 7-rasmdagi parallelepiped yasaldi. Hosil bo‘lgan parallelepipedning eni, bo‘yi va balandligini toping. Bu parallelepiped nechta kubdan tuzilgan?


5. Qirrasi 3 dm bo‘lgan yog‘och kub sirti qizil rangga bo‘yaldi (8- rasm). Shundan so‘ng u qirrasi 1 dm bo‘lgan kubchalarga bo‘lib arralandi.
a) natijada nechta kubcha hosil bo‘ldi?
b) ular orasida nechtasining bir yog‘i, nechtasining ikki yog‘i va nechtasining uchta yog‘i bo‘yalgan bo‘ladi? Hech bir yog‘i bo‘yalmagan kubchalar ham hosil bo‘ladimi?
6. O‘lchamlari 12 dm, 21 dm va 14 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzini hisoblang.
7. Rangli qog‘ozning o‘lchamlari 16 sm va 6 sm. Bu qog‘oz qirrasi 4 sm bo‘lgan kubni yelimlab qoplash uchun yetarli bo‘ladimi?
8. Rangli qog‘ozning o‘lchamlari 12 sm va 8 sm. Bu qog‘oz eni 3 sm, bo‘yi 4 sm va balandligi 5 sm bo‘lgan parallelepipedni yelimlab qoplash uchun yetarli bo‘ladimi?
9. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning o‘lchamlari: a) 6 sm, 9 sm va 13 sm; b) 8 sm, 12 sm va 15 sm; d) 4 sm, 21 sm va 30 sm bo‘lsa, uning sirti yuzini toping.
10. O‘lchamlari 9 dm, 15 dm va 18 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning sirtini bo‘yash kerak. Agar 1 dm2 yuzani bo‘yash uchun 2 g bo‘yoq kerak bo‘lsa, parallelepiped sirtini bo‘yash uchun qancha bo‘yoq kerak bo‘ladi?
11. Eni 12 sm, bo‘yi 25 sm va balandligi 13 sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning qirralari simdan yasaldi. Buning uchun qancha sim ishlatilgan?
12. Qirrasi a ga teng bo‘lgan kub qirralari uzunliklari yig‘indisini hisoblash formulasini yozing.
13. Rangli qog‘ozning o‘lchamlari 12 sm va 7 sm. Bu qog‘oz eni 4 sm, bo‘yi 6 sm va balandligi 2 sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedni yelimlab qoplash uchun yetarli bo‘ladimi?
14. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning o‘lchamlari: a) 3 sm, 6 sm va 7 sm;
b) 11 dm, 13 dm va 13 dm; d) 40 dm, 9 dm va 6 dm bo‘lsa, uning sirti yuzini toping.
15. O‘lchamlari 40 sm, 30 sm va 20 sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped shaklidagi taxta bo‘lagi sirtini bo‘yash kerak. Agar 1 dm2 yuzani bo‘yash uchun 2 g bo‘yoq kerak bo‘lsa, parallelepiped sirtini bo‘yash uchun qanchabo‘yoq kerak bo‘ladi?



Yüklə 15,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin