Termiz davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi matematika o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha raqamli uslubiy ta’minot


Bir yil davomida fasllarning taqsimlanishini doiraviy diagrammada tasvirlang. Har bir fasl rangini alohida ranglarda ko‘rsating. 11



Yüklə 15,75 Mb.
səhifə51/85
tarix24.10.2023
ölçüsü15,75 Mb.
#160229
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   85
Matematika o\'qitish metodikasi MAJMUA

10. Bir yil davomida fasllarning taqsimlanishini doiraviy diagrammada tasvirlang. Har bir fasl rangini alohida ranglarda ko‘rsating.
11. Fan olimpiadasiga tayyorgarlik qilish uchun 60 ta masala tanlab olindi. Mubina bu masalalarning yarmini, Olimjon esa to‘rtdan uch qismini yechib bo‘ldi. Kim ko‘p masala yechgan va nechta ko‘p?
Uyga topshiriq. Mavzuga doir masalalarni ishlab kelish.


7- AMALIY MASHG‘ULOT: SIMMETRIYA TUSHUNCHASI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI
(2 soat)


Mashg‘ulot maqsadi: Simmetrik shakllar. Simmetriya o‘qlarini topish. Ko‘pyoq modellari va ularning elementlari bo‘yicha amaliy ko‘nikma hosil qilish.
Mashg‘ulot jihozi: Boshlang‘ich sinflar uchun DTS, dastur, darsliklar, kalendar reja.
. Amaliy ishlash uchun topshiriqlar:
1.Mavzu haqida qisqacha ma’lumot.
2.Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
3.Uyga topshiriq.
Mavzu haqida qisqacha ma’lumot.
Kundalik hayotda simmetriyaga juda ko‘plab duch kelamiz. Daraxt barglari shakli, kapalak qanotlari uning tanasiga nisbatan joylashuvi va inson a’zolarining tanaga nisbatan joylashuvi va hokazolar simmetriyaga yorqin misol bo‘ladi.
Boshqa ko‘pgina matematik tushunchalar singari, shakllarning simmetriyasi tushunchasi ham atrofni o‘rab turgan dinyo (tabiat) ob’ektlarini kuzatish natijasida paydo bo‘lgan. Masalan, o‘simliklar va tirik organizmlar tasvirlarini ko‘zdan kechirib (bu tasvirni tekis shakl deb hisoblash mumkin), ularning ko‘plari yuqori darajadagi aniqlikda biror simmetriyaga ega ekaniga ishonch hosil qilish mumkin. Masalan, daraxt barglari kapalaklar va qor uchqunlari o‘qqa nisbatan simmetriyaga egadir.

Aytib o‘tganimizdek, bunday simmetriyani har joyda ko‘rishimiz mumkin. Masalan, yashayotgan joyingizdagi chiroyli qurilgan imorat, tosh yotqizilgan maydon yoki kafel bilan bezatilgan devorga ahamiyat bering.


Agar siz qadimiy me’morchilik obidalarini ko‘zdan kechirsangiz, ularning chiroyi undagi shakllarning uyg‘unligi hamda ma’lum qonuniyat asosida takrorlanishida namoyon bo‘lishini sezishingiz mumkin. Vatanimizda bunday obidalar behisob. Ularning qadimiylaridan biri esa Amir Temur muzeyidir.
Bunday simmetriyaga ega bo‘lgan shakllar simmetrik shakllar deb ataladi. Bu simmetriyani hosil qiluvchi qonun esa simmetriya deb ataladi.
Simmetriya – geometriya fanining bir qismi bo‘lib, uni to‘la o‘rganish uchun chuqur matematik bilimlarga ega bo‘lish lozim. Biz esa uning boshlang‘ich tushunchalari bo‘lgan “O‘qqa nisbatan simmetriya va markaziy simmetriya” bilan tanishamiz.


Yüklə 15,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin