Termiz davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi matematika o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha raqamli uslubiy ta’minot


Hаrаkаtgа dоir mаsаlаlаr yechishga o‘rgatish metodikasi



Yüklə 15,75 Mb.
səhifə57/85
tarix24.10.2023
ölçüsü15,75 Mb.
#160229
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85
Matematika o\'qitish metodikasi MAJMUA

Hаrаkаtgа dоir mаsаlаlаr yechishga o‘rgatish metodikasi.
“Hаrаkаt”gа dоir mаsаlа dеb, tаrkibigа hаrаkаtni hаrаkterlоvchi miqdоrlаr, ya’ni tеzlik, vаqt vа mаsоfа kirgаn mаsаlаlаrni аtаsh mumkin. “Hаrаkаt” so‘zi hаr хil tipdаgi mаsаlаrdа: оddiy uchlik
qоidаgа dоir mаsаlаlаrdа, ikki аyirmа bo‘yichа nоmа’lumni tоpishgа dоir mаsаlаlаrdа vа bоshqа хil mаsаlаlаrdа uchrаydi. Аmmо bu mаsаlаlаr hаrаkаtgа dоir mаsаlаlаr turigа kirmаydi. Маtеmаtikа o‘qitish mеtоdikаsidа hаrаkаtgа dоir mаsаlаlаr jumlаsigа hаrаkаtni hаrаkterlоvchi uchtа miqdоr tеzlik, vаqt vа mаsоfа оrаsidаgi bоg‘lаnishlаrni tоpishgа dоir mаsаlаlаr kiritilаdi, bu mаsаlаlаrdа аytilgаn miqdоrlаr yo‘nаltirilgаn miqdоrlаr sifаtidа qаtnаshаdi.
Хususаn, quyidаgi mаsаlаlаr hаrаkаtgа dоir mаsаlаlаr jumlаsigа kirаdi:
а) bir jism hаrаkаtigа dоir hаmmа sоddа vа murаkkаb mаsаlаlаr (bu mаsаlаlаrdа miqdоrlаrdаn biri - tеzlik, vаqt yoki mаsоfа-qоlgаn ikkitаsigа bоg‘liq hоldа qаtnаshаdi);
b) uchrаshmа hаrаkаtgа dоir mаsаlаlаr;
v) ikki jismning qаrаmа-qаrshi yo‘nаlishdаgi hаrаkаtlаrigа dоir mаsаlаlаr;
g) ikki jismning bir yo‘nаlishdаgi hаrаkаtigа dоir mаsаlаlаr (mаsаlаlаrning bu turi bоshlаng‘ich mаktаbdа qаrаlmаydi).
Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
1. 3-4-sinf matematika darsligidan foydalalnib harakatga doir masalalarni toping.
2. Topgan masalalarni modellashtirish yo‘li bilan yeching.
3. Masalaga teskari masala tuzing va uni har xil usullar bilan ishlang.
Amaliy topshiriqlar:
1.Masalalarni jadvalga yozing va yeching:
1) Mototsiklchi 40 km/soat tezlik bilan yurdi. U 2 soatda qancha masofani bosib o‘tadi?



2) Toshbaqa 4 m/min tezlik bilan harakatlandi.U 3 minutda qancha masofani bosib o‘tadi?
3) Toychoq 20 m/min tezlik bilan yurdi. Toychoq10 minutda qancha masofani bosib o‘tdi?
2. Vertolyot 4 soat 200 km/soat tezlik bilan, 2 soat 230 km/soat tezlik bilan uchdi. U shu vaqt ichida qanday masofani uchib o‘tdi? Vertolyot dastlabki tezlik bilan necha kilometr ko‘p masofani uchib o‘tdi?
3. Berilgan masalaga teskari masalalar tuzing, ularni jadvalga yozing va yeching:

4.Mashina tushgacha 2 soat yurdi, tushdan keyin esa shunday tezlik bilan yana 4 soat yurdi. U hammasi bo‘lib 300 km yo‘l yurdi. Mashina tushgacha necha kilometr va tushdan keyin necha kilometr yurgan?


5. Poyezd 316 km yo‘lni o‘tishi kerak edi. U 109 km yo‘lni o‘tdi. Poyezd yana o‘tganidan necha kilometr ko‘p yo‘lni o‘tishi kerak?


6. Agar samolyot 540 km/soat tezlik bilan uchsa, u 3 soatda qancha masofani bosib o‘tadi?


7. Ikki qishloqdan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki piyoda yo‘lga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashdi. Ulardan biri 3 km/soat tezlik bilan, ikkinchisi 4 km/soat tezlik bilan yurdi. Qishloqlar orasidagi masofa qancha? Masalaga teskari masala tuzing.


8. Ikki shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki poyezd yo‘lga chiqdi va 4 soatdan keyin uchrashdilar. Birinchi poyezdning tezligi 50 km/soat, ikkinchisiniki 70 km/soat. Ikki shahar orasidagi masofani toping. Masala turli usullar bilan yechilishini ko‘ring.


9. Bo‘ri va quyon bir vaqtda bir nuqtadan qarama-qarshi tomonlarga yugurib ketdi. Agar bo‘rining tezligi 40 km/soat, quyonning tezligi esa 30 km/soat bo‘lsa, ular 1 soatda birbirlaridan necha kilometr uzoqlashadi?


10. Bir shahardan bir vaqtda ikki sayyoh qarama-qarshi tomonga yo‘lga chiqdi. Birinchi sayyoh soatiga 5 km, ikkinchisi 4 km tezlik bilan yurdi. 5 soatdan keyin ular orasidagi masofa necha kilometrga teng bo‘ladi?
Ye c h i s h r e j a s i :
1. 1 soatdan keyin sayyohlar orasidagi masofa necha kilometr bo‘ladi?
2. 5 soatdan keyin-chi?
11. Stansiyadan ikkita elektropoyezd bir vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda yo‘lga chiqdi. Birinchi elektropoyezdning tezligi 80 km/soat, ikkinchisining tezligi undan 5 km/soat kam. 3 soatdan so‘ng ular orasidagi masofa necha kilometr bo‘ladi?
12. Temiryo‘l stansiyasidan bir vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda ikkita yuk poyezdi yo‘lga chiqdi. Agar birinchi poyezd 50 km/soat va ikkinchi poyezd 40 km/soat tezlik bilan harakat qilsa, 3 soatdan keyin ular orasidagi masofa qancha bo‘ladi?
13. Sayyohlar 65 km/soat tezlik bilan 2 soat poyezdda, keyin esa 40 km/soat tezlik bilan 3 soat avtobusda yurdilar. Shu vaqt ichida ular qancha masofani o‘tganlar?
14. Bir manzildan bir vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda ikki piyoda yo‘lga chiqdi. Birining tezligi 4 km/soat, ikkinchisiniki 5 km/soat. 2 soatdan so‘ng piyodalar orasidagi masofa qancha bo‘ladi?
Uyga topshiriq. Mavzuga oid masalalar ishlab kelish.


Yüklə 15,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin