Termiz davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi matematika o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha raqamli uslubiy ta’minot


MA’RUZA-3 MAVZU: BURCHAK TURLARI, BURCHAKLARNI O’LCHASH



Yüklə 15,75 Mb.
səhifə15/85
tarix24.10.2023
ölçüsü15,75 Mb.
#160229
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85
Matematika o\'qitish metodikasi MAJMUA

MA’RUZA-3
MAVZU: BURCHAK TURLARI, BURCHAKLARNI O’LCHASH
Reja:

  1. Yoyiq burchak. Burchak gradusi.

  2. 30, 45, 60, 90 gradusli burchaklarni transporter yordamida o‘lchash.

  3. Burchak simmetriyasi.

  4. Simmetriya o‘qlarini topish.

5. Ko‘pyoq modellari va ularning elementlari

Tayanch iboralar: Grafik, ob’ektlar, diagrammalar, jadvallar, yoyiq burchak, burchak gradusi, gradusli burchak, transporter, o‘lchash.

Yoyiq burchak. Burchak gradusi.
1. Burchak tushunchasi. Aziz o’quvchi! Sizlarning geometriya bilan ilk bor tanishuvingiz boshlang’ich sinflardanoq boshlangan.
Daftaringiz sahifalarida kesma, to’g’ri chiziq, siniq chiziq, uchburchak, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak shakllarini chizgansiz. Bu shakllarning hammasi geometrik shakl (figura)lardir.
Daftaringiz, kitobingiz varog’i, deraza oynasi, sinf doskasi, stolning usti, tinch turgan ko’ldagi suv sathi tekislik haqida tasavvur beradi.
Daftaringizga 24-rasmni chizib oling.
Rasmdagi OA va OB nurlar umumiy O uchga ega. Ular tekislikni (daftaringiz varag’ini) ikki qism (soha) ga ajratadi – rasmda ular turli rangga bo’yalgan. Bu qismlarning har biri burchak deyiladi.

O nuqta burchakning uchi, OA va OB nurlar burchakning tomonlari deyiladi. belgi burchak belgisidir.
Burchakni uning uchiga qo’yilgan harf bilan belgilash mumkin: 0. Ayni shu burchakni uchta harf bilan belgilasa ham bo’ladi: AOB (yoki BOA). Bunda burchakning uchiga qo’yilgan harf o’rtada yoziladi.
O’qilishi: “AOB burchak” yoki “O burchak”.
Qaralayotgan burchak, odatda, yoycha bilan belgilanadi:
2. Yoyiq burchak. Varaqqa AB tog’ri chiziq chizing. Unda O nuqtani belgilang. Shunda to’g’ri chiziq umumiy O uchga ega bo’lgan ikkita nurga ajraladi. To’g’ri chiziq tekislikni ikkita qismga ajratadi. Shu qismlarning har biri yoyiq burchakdir (25-rasm).

Tomonlari to’g’ri chiziqni tashkil qiluvchi burchak yoyiq burchak deyiladi.


Yüklə 15,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin