Termiz davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi matematika o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha raqamli uslubiy ta’minot



Yüklə 15,75 Mb.
səhifə13/85
tarix24.10.2023
ölçüsü15,75 Mb.
#160229
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85
Matematika o\'qitish metodikasi MAJMUA

1 m

1 m 1 sm
Kubning qirrasi 1 m. U qirrasi 1 sm bo‘lgan kubchalarga ajratiladi. Jami kubchchalar yonma-yon qo‘yilsa, qanday o‘lchamdagi to‘g‘ri burchakli parallelepiped hosil bo‘ladi?




Kitob javoni, g‘isht va gugurt, choy, konfet qutilari, sinf xonasi, ... to‘g ‘ri burchakli parallelepi­ped haqida tasavvur beradi. To‘g‘ri burchakli parallelepiped tasvirlangan.
U 6 ta to‘g‘ri to‘rtburchak bilan chegaralangan. Ular to‘g‘ri burchakli parallelepipedning yoqlari deyiladi.
ABCD va A1BC1D1, ADD1A1 va BCC1B1, ABB1A1 va DC C1D1- qarama-qarshi yoqlar deyiladi. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning qarama-qarshi yoqlari o‘zaro teng. ABCD va AlB1CiDl to‘g‘ri to‘rtburchaklar to‘g‘ri burchakli parallele pipedning asoslari (ostki va ustki), qolgan yoqlar esa yon yoqlar deyiladi. Yoqlarning kesishishidan hosil boigan kesmalar to‘g‘ri burchakli parallelepipedning qirralari deb ataladi. Qirralar kesishgan nuqtalar to‘g‘ri burchakli parallelepipedning uchlari deyiladi. To‘g‘ri burchakli paralle­lepiped 6 ta yoq, 12 ta qirra, 8 ta uchga ega. Bitta uchdan chiquvchi 3 ta qirra to‘g‘ri burchakli parallelepipedning o‘lchamlari — bo‘yi (a), eni (b) va balandligi (c) bo‘ladi. To‘g‘ri burchakli parallelepiped barcha yoqlari yuzining yig‘indisi uning sirtini tashkil qiladi. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning sirti yuzi S = 2ab +2ac + 2bc = 2(ab + ac+ be) ga, uning barcha qirralari uzunliklari yig‘indisi esa l = 4(a + b + c) ga teng. Bu tengliklarning to‘g‘riligi rasmlardan ko‘rinib turibdi. Hamma qirralari o‘zaro teng bolgan to‘g'ri burchakli parallelepiped kub deyiladi. Kubning hamma yoqlari kvadratdir. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning har bir uchidan uning uchta qirrasi chiqadi. 2- rasmda A uchidan chiquvchi qirralar uzunligi a, b va с harflar bilan belgilangan. Bu qirralar mos ravishda to‘g‘ri burchakli parallelepipedning eni, bo‘yi va balandligi deb ataladi. Shunday qilib, har qanday to‘g‘ri burchakli parallelepiped uch o‘lchamga: а - eni, b - bo‘yi va с - balandligiga ega. Hamma qirralari teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped kub deb ataladi (3- rasm).
Ravshanki, kubning hamma yoqlari bir-biriga teng bo‘lgan kvadratlardan iborat bo‘ladi. Qirrasi a teng bo‘lgan kubning sirti yuzi S=6a2ga teng. Barcha qirralari uzunliklari yig‘indisi esa, l=12a formulaga asosan, rasmda to‘g‘ri burchakli parallelepiped va kubning yoyilmalari ko‘rsatilgan.

1) To‘g‘ri burchakli parallelepiped deganda nimani tushunasiz? Kub deganda-chi? Ulaming shakllarini chiza olasizmi? 2) To‘g‘ri burchakli parallelepiped nechta yoq, nechta qirra va nechta uchga ega?


Choyning qalin qog‘ozli qutichasini (yoki biror qutichani) qirrasi bo‘yicha kesing va yoyilmasini hosil qiling.
O‘lchamlari: 1) a - 5 sm, b = 4 sm, с - 6 sm;

  1. a= 2- sm, b= 3 sm, c=4 sm;

  2. a- 3- sm, b= 2- sm, c=1- sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning barcha qirralari yigindisi va sirti yuzini toping.

Kubning qirrasi uzunligi: 1 sm ga; 2) 5 sm ga; 3) 10 sm ga; 4) - sm ga teng. Kub sirti yuzini va barcha qirralari yig‘indisini toping.
Rasmda bir xil o‘lchamli oynalardan yasalgan ikkita akvarium tasvirlangan. Qaysinisiga oyna ko‘p ketgan?






Yüklə 15,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin