Termiz davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi matematika o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha raqamli uslubiy ta’minot



Yüklə 15,75 Mb.
səhifə23/85
tarix24.10.2023
ölçüsü15,75 Mb.
#160229
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85
Matematika o\'qitish metodikasi MAJMUA

2. Masalani qisqa yozish malakasi. Masala matni ustidaog‘zaki ishlagandan keyin uning mazmunini matematik atamalar tiliga o‘tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini belgilash kerak (rasmlar, chizmalar, sxemalar, jadvallar).
3. Qisqa yozuv bo‘yicha har bir son nimani ko‘rsatishini tushuntirish va masala savolini takrorlash.Shuni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining tahlii ham amalgaoshiriladi. Aslini aytganda, qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatan ham masala shartining qisqa yozuvi o‘quvchilar xotirasiga tayanch bo‘lib, son ma’lumotlarni tushunish vaajratish imkonini beradi, shu bilan birga ularning ratsional yozilishi masalada nima berilgan va nimani izlash kerakligini bayoniy tushuntirish imkonini yaratadi.
4.Sodda masalalarni yechishdaamal tanlashni asoslab berish va murakkab masala tahlilini amalgaoshirish, so‘ngra yechish rejasini tuzish malakasi. Oldin sodda masalani yechishdaamal tanlash masalasini qarab chiqishga to‘xtalamiz. Bu malaka birinchi sinfdan boshlab tarkib topa boshlaydi, ikkinchi va uchinchi o‘quv yillarida yanada rivoj toptiriladi, ya’ni ba’zi tanish masalalarga nisbatan amal tanlash ishini bajarish asosi o‘zgartiriladi.
5.Yechimni bajarish uni o‘qituvchi talabiga mos qilib rasmiylashtirish va masala savoliga javob berish malakasi. Sodda masalalardan boshlaymiz. Soddamasalani arifmetik usul bilan ham, algebraik usul bilan ham yechish mumkin. Bu o‘rinda masalalarni arifmetik usul bilan yechish haqidagina so‘z boradi, masalani algebraik usulda yechish keyinroq alohida qaraladi.




Masalalar ustida ishlash rejasi

1.

Masalani o‘qib chiqing, masalada nima haqida gap borayotganini o‘zing tasavvur qiling

2.

Masalada nima ma’lum va nimani topish kerakligini aniqlab oling. Agar masala matnini tushunib olish qiyin bo‘lsa, uni qisqa yozing (yoki masalaga oid chizma tayyorlang).

3.

Qisqa yozuv bo‘yicha har bir son nimani ko‘rsatishini tushuntiring va masala savolini takrorlang

4.

O‘ylab ko‘ring, masala savoliga birdaniga javob berish mumkinmi, agar mumkin bo‘lmasa, nega? Oldin nimani, keyin nimani bilish mumkin? Masalani yechish rejasini tuzing.

5.

Yechishni bajaring va javobini yozing.

6.

O‘z yechimingizning to‘g‘riligini tekshirib ko‘ring.

7.

O‘zingizga qiziqarli savollar bering va ularga javob bering.
6.Masala yechimini tekshira olish malakasi.Masala yechimining tekshirish quyidagi usullarda qo‘llaniladi:
a) olingan javob bilan masala sharti o‘rtasida moslik o‘rnatish;
b) teskari masala tuzish va yechish;
v) masalani boshqa usullar bilan yechish;
g) javobning chegaralarini aniqlash (javobni chamalash);
d) grafik tekshirish.

Yüklə 15,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin