Yoyiq burchak. Burchak gradusi. 1. Burchak tushunchasi. Aziz o’quvchi! Sizlarning geometriya bilan ilk bor tanishuvingiz boshlang’ich sinflardanoq boshlangan.
Daftaringiz sahifalarida kesma, to’g’ri chiziq, siniq chiziq, uchburchak, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak shakllarini chizgansiz. Bu shakllarning hammasi geometrik shakl (figura)lardir. Daftaringiz, kitobingiz varog’i, deraza oynasi, sinf doskasi, stolning usti, tinch turgan ko’ldagi suv sathi tekislik haqida tasavvur beradi.
Daftaringizga 24-rasmni chizib oling.
Rasmdagi OA va OB nurlar umumiy O uchga ega. Ular tekislikni (daftaringiz varag’ini) ikki qism (soha) ga ajratadi – rasmda ular turli rangga bo’yalgan. Bu qismlarning har biri burchak deyiladi.
O nuqta burchakning uchi,OA va OB nurlar burchakning tomonlari deyiladi. belgi burchak belgisidir.
Burchakni uning uchiga qo’yilgan harf bilan belgilash mumkin: 0. Ayni shu burchakni uchta harf bilan belgilasa ham bo’ladi: AOB (yoki BOA). Bunda burchakning uchiga qo’yilgan harf o’rtada yoziladi.
O’qilishi: “AOB burchak” yoki “O burchak”.
Qaralayotgan burchak, odatda, yoycha bilan belgilanadi:
2. Yoyiq burchak. Varaqqa AB tog’ri chiziq chizing. Unda O nuqtani belgilang. Shunda to’g’ri chiziq umumiy O uchga ega bo’lgan ikkita nurga ajraladi. To’g’ri chiziq tekislikni ikkita qismga ajratadi. Shu qismlarning har biri yoyiq burchakdir (25-rasm).
Tomonlari to’g’ri chiziqni tashkil qiluvchi burchak yoyiq burchak deyiladi.