Termiz davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi matematika o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha raqamli uslubiy ta’minot



Yüklə 15,75 Mb.
səhifə16/85
tarix24.10.2023
ölçüsü15,75 Mb.
#160229
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85
Matematika o\'qitish metodikasi MAJMUA

3.To’g’ri burchak. To’g’ri burchak tushunchasi bilan oldindan tanishsiz.
Bir shakl ikkinchisiga qachon teng bo’ladi degan savolga javob beraylik.



Agar bir shaklni ikkinchisining ustiga ular o’zaro joylashadigan qilib qo’yish mumkin bo’lsa, bunday shakllar teng deyiladi.

Varaqni AO va OB nurlar ustma-ust tushadigan qilib buklang. So’ng varaqni oching. Buklash chizig’i yoyiq burchakni ikkita teng qismga ajratganini ko’rasiz. Bu qismlarning har biri to’g’ri burchakdir. Chizmada to’g’ri burchak, odatda, kvadratcha bilan ko’rsatiladi.



25-rasm 26-rasm

Yoyiq burchakning yarmiga teng bo’lgan burchak to’g’ri burchak deyiladi. (26-rasm)



  • AOC va BOC – to’g’ri burchaklar. Ular teng: varaqni OC chiziq bo’ylab buklasak, BOC va AOC ustma-ust tushadi.

Quyidagi tasvirlangan burchaklarning: 1) uchini; 2) tomonlarini ayting. Shu burchaklarni yozing va o’qing.



Ushbu rasmda tasvirlangan burchaklarni yozing. Qaysi nur bu burchaklar uchun umumiy tomon bo’ladi?



Uchburchakning uchta burchagi kesib tashlansa, nechta burchakli shakl hosil bo’lishi mumkin? Mos rasmlarni chizing.
Kvadratning 4ta burchagi kesib tashlansa, nechta burchakli shakl hosil bo’lishi mumkin? Mos rasmlarni chizing.
30, 45, 60, 90 gradusli burchaklarni transporter yordamida o’lchash.
Burchakni o’lchash. Transporter

1.Burchaklarni o’lchash.


Yoyiq burchakning 180dan bir qismi 1 gradus deb ataladi va kabi belgilanadi. Burchakning o’lchov birligi sifatida bir gradus olinadi.


To’g’ri burchak yoyiq burchakning yarmiga teng bo’lgani uchun uning gradus o’lchovi 180° : 2 = 90° bo’ladi.


Burchakning 1° dan kichik bo’lgan o’lchov birliklari ham bor. Ular minut va sekund deb ataladi.
1° = 60' (60 minut, «'» - minut belgisi).
1' = 60" (60 sekund,«"» - sekund belgisi). 1 ° = 3600 ".
Gradus o’lchovlari bir xil bo’lgan burchaklar o’zaro teng deyiladi. Tog'ri burchakdan kichik burchak o’tkir burchak deyiladi. O’tkir burchakning gradus o’lchovi 90° dan kichikdir.
To’g’ri burchakdan katta, ammo yoyiq burchakdan kichik burchak o’tmas burchak deyiladi.
Quyidagi rasmlardan qaysi birida o’tmas burchak tasvirlangan?





2. Transporter. Burchaklar maxsus asbob – transporter yordamida o'lchanadi. Burchaklarning transporter yordamida qanday o’lchanishi rasmda ko’rsatilgan. BOC=90°; POK=40°; FOD=120°.






Yüklə 15,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin