3.Simmetriya o‘qlarini topish. Ushbu mavzuni o‘quvchilar turli usullar bilan tanishadilar. Ular tekslikda simmetrik figuralarni qanday hosil qilish ishini simmetrik nuqtalar va figuralar, to‘g‘ri chiziqqa nisbatan simmetriya, figuraning simmetriya o‘qini topish va yasash ishlari o‘rganadilar. Bunda o‘qituvchi ‘’Kapalak’’, ‘’Bantik’’, ‘’Simmetrik harflar’’ ko‘rgazmalarida foydalanib tushuntirish mumkin: Hattoki ‘’Lego‘’ konstruktiridan yasalgan kapalak tasvirlangan.
O‘qituvchi: Diqqat bilan kuzating, xat taxtada kim tasvirlangan.
O‘quvchilar: Bu kapalak.
O‘qituvchi:Keling bu figurani to‘g‘ri chiziq bilan teng ikki qismga bo‘lamiz. Bo‘ingan bo‘laklar haqida nima deyish mumkin?
O‘quvchilar: O‘ng va chap tomonlar bir xil, xuddi oynadagi aksiga o‘xshaydi.
4.Ko‘pyoq modellari va ularning elementlari Ko‘pyoqlik tushunchasi. Ko‘pyoqlarning kesimlari. Chekli sondagi tekisliklar bilan chegaralangan jism ko‘pyoqlar deyiladi.Ko‘pyoqning chegarasi uning sirti deyiladi.Chekli sondagi ko‘pburchaklarning quyidagi shartlarni qanoatlantiruvchi birlashmasi sodda ko‘pyoqli sirt deyiladi.
1.Bu ko‘pburchaklarning ikkita uchi uchun ularning tomonlaridan tuzilgan siniq chiziq majud bo‘lib ,olingan uchlar shu siniq chiziqning uchlari bo‘ladi.
2.Ko‘pburchaklar birlashmasining ixtiyoriy nuqtasi berilgan, Ko‘pburchaklardan faqat birining nuqtasi bo‘ladi,yoki ikkita va faqat ikkta
Ko‘pburchakning umumiy tamoniga tegishli bo‘ladi.
Ko‘pyoqli bo‘rchakning tekis bo‘chaklari vazifasini o‘tovchi birgina ko‘pyoqli uchburchakning uchi bo‘ladi.
Ko‘pyoqli sirtini tashkil qiluvchi Ko‘pburchaklar uning yoqlari deyiladi.
Bu Ko‘pburchaklarning tamonlari ko‘pyoqli sirtning qirralari ,uchlari esa
ko‘pyoqli shakilning uchlari deyiladi.Agar ko‘pyoqli sirtning har bir qirrasi uning ikkita yog‘ga tegishli bo‘ladi, u holda bu ko‘pyoqli sirt yopiq sirt deyiladi.
Yopiq ko‘pyoqli sirt fazoning shu sirtga tegishli bo‘lmagan barcha nuqtalari to‘plamini ikkita qisim to‘plamga ajratadi.Bu qisim to‘plamlardan biri uchun shu qisim to‘plamga tegishli to‘g‘ri chiziqlar mavjud,ikkinchisi uchun esa bo‘nday to‘g‘ri chiziqlar mavjud emas.
Ko‘rsatilgan qisim to‘plamlardan birinchisi ko‘pyoqli sirtning tashqi sohasi,ikkinchisi tashqi sohasi deyiladi.