1.Ta’rif:Yopiq ko‘pyoqli sirt bilan uning ichki sohasining birlashmasi ko‘pyoq deyiladi. 2.Ta’rif:Ko‘pyoqli sirt va uning ichki sohasi mos ravushda ko‘pyoqning sirti va ko‘pyoqning ichki sohasi deyiladi. 3.Ta’rif:Ko‘pyoqli sirt yoqlari ,qirralari, uchlari mos ravushda ko‘pyoqning yoqlari qirralari va uchlari deyiladi. 4.Ta’rif:Ko‘pyoqning bir yog‘iga tegishli bo‘lmagan ikki uchini birlashturuvchi kesma ko‘pyoqning diogonali deyiladi. 5.Ta’rif:Agar ko‘pyoqning o‘zi uni chegaralovchi tekisliklarning har biridan bir tomonda yotgan bunday ko‘pyoq qavariq ko;pyoq deyiladi .
Qavariq ko‘pburchakning sirti bilan uni chegaralab turgan tekislikning umumiy qismi yoq, ko‘pyoqlarning tomonlari uning qirralari, uchlari esa ko‘pyoqning uchlari deyiladi .Masalan: kub- qavariq ko‘pyoqdir.
6.Ta’rif:Agar ko‘pyoqning barcha yoqlari o‘zaro teng muntazam ko‘pburchaklar va uning barcha , ko‘pyoqli burchaklar yoqlarining soni bir xil bo‘lsa, bunday ko‘pyoq muntazam ko‘pyoq deyiladi.ko‘pyoqning barcha yoqlari yuzlarining yig‘ndisi ko‘pyoqli sirtning yuzi deyiladi. Quyidagi jadvaldan buni yaqqol ko‘rish mumkin:
Muntazam ko‘pyoqlar turlari 1) tetraedr; 2) kub. 3) oktoedr; 4) dodekaedr; 5) ikosaedr;
MA’RUZA-6 MAVZU: ARIFMETIK MASALALAR YECHISHGA O’RGATISH METODIKASI Reja: Sodda va murakkab masalalar. Masala tuzish va uni yechish.
Masala yechishga o‘rgatish bosqichlari va uning mantiqiy asosi. Masalalar turlari va ular ustida ijodiy ishlash.
Tayanch iboralar:masala, arifmetik masala, sodda masala, murakkab masala, 1. Ushbu mavzu bo‘yicha har bir bo‘lajak o‘qituvchining bilim va ko‘nikmalariga talablar: 1. Boshlang‘ich sinflarda matematika bo‘yicha masalalarni yechishga o‘rgatishgaoid dastur izohining asosiy qoidalarini;
2. Boshlang‘ich sinflarda matematika kursida o‘tiladigan oddiy va murakkab masalalarni;
3. Boshlang‘ich sinflarning matematika kursida matnli masalalar funksiyasini,
4. Masalalarni yechishga o‘rgatishgaoid turli xil usullarni (yuzma - yuz suhbat, ko‘rgazmali vositalardan foydalanish);
Shuningdek, har bir o‘qituvchi bilishi kerak:
5. Har qanday masalani o‘quvchilar bilan yuzma - yuz tahlil etishi;
6. O‘quvchilarga masalani turli yo‘llar bilan yechish mumkinligini tushuntiraolishi;
7. Mashg‘ulotning turli bosqichlarida masala yechishning turli yozma shakllaridan maqsadli foydalanaolishi;
8. Masala yechimini tekshirishni turli yo‘llaridan foydalanaolishi;
9. Masalalar yechishni o‘rgatish mashg‘ulotini ishlab chiqaolishi;
10. Boshlang‘ich sinflar uchun matematika kursi bo‘yicha har qanday masalani yechaolishi kerak.