1.3-§ San’at markazlari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishning mezonlari, o‘rni va shakllantirish usullari.
Tarix xotirasi xalqning, jonajon o`lkamizning, davlatimiz hududining xolis va
haqqoniy tarixini tiklash milliy o`zlikni yangilashni, ta`bir joiz bo`lsa, milliy
iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g`oyat muhim o`rin tutadi. Tarix millatning
haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va
jasoratlari
tarixiy
xotiramizni
jonlantirib
yangi
fuqarolik
ongini
shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda.
Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma`naviy jasoratni, diniy
dunyoqarash bilan ma`naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy
bilimdonlikni o`zida mujassam etgan buyuk arboblar ko`p bo`lgan. Imom at
Termiziy, Imom al Buxoriy, Hoja Bahovuddin Naqshbandiy, Xoja Ahmad
Yassaviy, Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug`bek,
Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko`plab buyuk ajdodlarimiz milliy
madaniyatimizning rivojlanishiga ulkan xissa qo`shdilar, xalqimizning milliy
iftixori bo`lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizitsiyasi taraqqiyotiga
qo`shgan buyuk xissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma`lum. Madaniyat va
san`at, uning rivojlanish jarayoni tarixini bilish o`qish va o`rganish – bu bizning
kelajak dunyoviy tafakkurimizning qay darajada bo`lishligini belgilab beradi. Shu
o`rinda avloddan –avlodga afsona sifatida o`tib kelayotgan bir haqiqatni kiritib
ketsak zarar qilmaymiz. Hayotdagi kamchiliklar, ziddiyatlarni bartaraf etishda,
zamonaviy sharoitni hisobga olgan holda, tarbiyachilarda larda aniq axloqiy
tarbiya kriteriyalarini, ishlab chiqish va ularni jalb etish qoidalarini
takomillashtirish kerak. Estetik va badiiy fanlararo aloqalarning hayotiy
murakkabligi hamda hayotiy yashash yo`lini fikrlab ko`ra bila oladigan
o`quvchilarni tarbiyalash, amaliy ish jarayonida bilim berishni qayta qurish tubdan
ko`rib chiqishni talab etadi.
Axloqiy madaniyatni yuqori darajada shakllantirish uchun ijodiy tasavvurni
takomillashtirish lozim bo`ladi. Ijodiy kengqamrovli tasavvur qila olish
25
qobiliyatiga ega bolalarga tasviriy san`at alifbosiga to`g`ri yo`naltirishni yo`lga
qo`yish kerak. Tasviriy san`at inson hayotida, uning axloqiy tarbiyasiga ta`sir
etuvchi muhim omillardan biridir. Insonning his qilish, san`at obyektidan hissiy
lazzatlanish xususiyatlarini shakllantirishda – san`atning yo’naltiruvchi asosiy
kuchini ko`ramiz.
V.A.Suxomlinskiy – bolalar tarbiyasi to`g`risida juda ko`p foydali fikrlar
berib ketgan. Bolalarni hissiy tarbiyalash estetik-axloqiy madaniyatli etib
tarbiyalash go`zallikni seza olish, qabul qilish bilishni shakllantirish kerak.
Jismoniy va ilohiy go‘zallikni his qilish tasavvur qilish haqida ham o`ylab ko`rilsa
maqsadga muvofiq bo`lar edi. Qilgan ishidan zavqlanish, san`atni tushunish va his
qilish, hamda bolalarni san`at asarlarini sevishga o`rgatish, tabiatni muhofaza
qilish tabiatdan zavq olish kabi hislatlarni takomillashtirish lozim. Har bir odam
go`zallikni ko`ra bilish, his qilishi, zavqlana olishi ma`naviy tarbiyaning asosidir
8
.
Insonning intilishi uning dunyoqarashini shakllantiradi. Ma`naviy tarbiyada
tasviriy san`atning tutgan rolini hech bir narsa bilan almashtirib bo`lmaydi.
Tushunib yetish, his qilish orqali turli xil obrazlarni yaratamizki bu siymolar inson
yuragiga diliga yo`l topadi. Aqlini taajjubga soladi. Badiiy didning o`sishi,
ma`naviy qoniqish hosil qilishga, inson dunyoqarashining shakllanishiga sharoit
yaratadi. Ijtimoiy ko`tarinkilik, shaxsning ma`naviy-ma`rifiy bilimini, hayotda
tutgan o`rnini belgilab beradi.
San`at asarlarini chuqur tushunish, fikrlash undan qoniqish hosil qilish –
insonning fikriy doirasiga didiga bog`liq. Ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlab odam
o`zining mustaqil fikrlashi, idrok qilishi, tabiat xodisalaridan o`z manfati yo`lida
foydalana bilishi orqali inson qifasini egallaydi. Hozirgi kunda ham inson dunyoni
chuqur bilmay turib tabiatdagi biron bir voqeani yoki hodisani to`g`ri talqin qila
olmasligi bor gap. Demak insonga chuqur dunyoviy bilimlar doimo va har lahza
zarurdir.
Ijtimoiy yuksalish uchun odam zotiga hamisha juda katta bilim, kuch-quvvat
8
“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining takomillashtirilgan Davlat o‘quv dasturi. T.: 2022 5-6 b
26
kerak bo`lsa, go`zallikni tushunish uchun idrokiy tasavvur lozim bo`ladi.Inson
doimo yuqori darajadagi tushuncha va didga ega bo`lmog`i hamda bolani shunday
yo`nalishda tarbiyalamog`i shart. Bu esa odamning eng yuqori yutuqlaridan biridir.
Keling, tasviriy san`at fani pedagogikasi masalalariga yaqinroq qaytaylik.
Tasviriy san`at asari muallifi muhitni, orzu qilgan obrazni yaratish, go`zallikni
paydo qilish uchun uni avval tasavvur etmog`i va so`ng tasvirlamog`i lozim. O`z
ustida tinimsiz mehnat qilgan musavvirgina o`zi orzu qilgan ko`nikmani
shakllantira oladi. Bola bilish orqali har tomonlama rivojlanadi, olam butunligini
tushunib yetadi. Go`zallikni sevish, uni his qilish darajasiga erishadi.
Go`zallik nima? Insonning hayotiy turmush tarzida, axloqiy va ijtimoiy
hayotida, ma`naviy chehrasining tabiiy shakllanishida aks etadigan holatlar
tizimida – ma`naviy tarbiyaning asosiy kotegoriyalari sifatida aks etadi.
Go`zallikni ko`ra bilish, his qilish, did bilan baho berish - hissiy ko`nikma hosil
qilishga olib keladi. Narsalarning bir-biriga bog`liqligi, ovozlarning tabiat bilan
uyg`unlashib ketishi, ranglarni o`zaro uzviy ohangdorligi – go`zallik negizidir.
Inson ichki dunyosining mukamalligi didining yuksakligi – shaxsni hissiy
go`zallikka intiluvchan etib tarbiyalaydi. O`zaro muloqatda ham odamlarning
ma`naviy yetukligi, faolligi tufayli – inson ijtimoiy hayotning yaratuvchisi
deyishimizga asos bo`ladi.
San`atda – go`zallikning ro`yi-rost barq urishi uning aks etishi insonning
yaratuvchanligiga bog`liq. Go`zallik o`quvchilar shaxsining – shakllanishida ham
muhim rol o`ynaydi. Badiiy ko`nikma bilish bilan uzviy bog`liq holda
shakllanadi. Badiiy boylikni tushunish turli tasodiflar tufayli turli yo`sinda
o`sadi. Bir-biriga bog`liq holda rivojlanadi. Hayot esa bir-biriga ta`sir etuvchi
kuchlar orqali davom etadi va yuksaladi. Go`zallik – insonni hissiy junbushga
keltirsa atrof muhitga bo`lgan ishtiyoqini oshirsa tabiiy voqealarni tahlil qilishga
undasa demak go`zallikni o`zining sirli kuchi bilan inson ruhiga ta`sir
ko`rsatmoqda deb tushunish kerakShu kuch go`zallikni his etib-yanada go`zalroq
san`at asarini yaratishga ilxomlantiradi.
27
- Bola ko`rganini qiladi degan xalqimizda maqol bor – demak bola oilada
maktabda ma`naviy tarbiyaning asosini oladikim – bu ta`lim umrining oxiriga
qadar ta`sir etish mumkin. Ma`naviy tarbiya asosi esa go`zallikni, atrof-muhitni
sevishga o`rgatadi. Yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantiradi.Badiiy asarlarni
sevish, tushunish, avaylab – asrash ijodiyotga intilish kabi hislatlarning
debochasiga asos solinadi.
Ma`naviy tarbiya – bu hissiy did va aqliy ko`nikma hosilidir.
Estetika – go`zallik manbaidir, to`g`ri tushunish, to`g`ri xursand bo`lish,
san`atning hayotdagi o`rnini ko`ra bilishdir – degan Aristotel. Ma`naviy did -
insonda go`zallikni his qilish, sezish qobiliyatining negizidir. Shaxsning axloqiy
tarbiyasi – ma`naviy tarbiya bilan uzviy bog`liqdir. Insonda mudrab yotgan
hissiyotni uyg`otish – ma`naviyatning asosidir. Butun ish faoliyati davrida to`g`ri
mo`ljalda ish olib borish – go`zallikni his qilish manbai hisoblanadi.
Tashabbuskorlik hayotda o`ziga ishonch, hayotga bo`lgan muhabbat, olam
go`zalligini his qilish, haqiqatni yolg`ondan farq qila olish, go`zallikni
xunuklikdan farqlay olishlik kabi hislatlarning takomillashuvida san`at asarlarini
o`rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
-Inson bitta non, suv bilan tirik emas balki uning hayotda barkamol yashashi
uchun ma`naviy boyligi, dunyoqarashi, didi ham zarurdir. Inson hayotda baxtli
yashash uchun mayda-chuyda narsalarning bo`lishi yetarli emas. Hayotda har bir
narsani o`z o`rni bor. Maktabgacha yoshdagi bolalarga yetarlicha e’tibor
bermasligimiz natijasida irodasi bo`sh, ma`naviy noyetuk, go`zallikni ko`ra
olmaydigan,
hissiyotsiz,
didsiz
shaxslarni
shakllanib
qolishiga
sabab
bo`lmoqda. Aqlan - zaif, qahri - qattiq, atrof- muhitga beparvo, ota-onasiga
bemehr, qallob, shafqatsiz, o`z shaxsidan boshqa shaxslarni past ko`radigan, turli
oqim va aqidalarga ishonuvchan, dinga ko`r-ko`rona ishonuvchan –manqurtlar
yetishib chiqishiga yordam beradi.
Ular shiddatli hayot oqimiga tayyor emas, o`z manfatini ko`zlavchilar bo`lib
qoladilar. Ularni san`atga, go`zallikka yo`naltirish bu jamiyatimizning kelajagi
28
ishonchli qo`llarga o`tishi uchun asosiy ko`prik vazifasini o`taydi. Bu o`rinda
bog’cha tarbiyachisining hissasi beqiyosdir.
Go`zallik bu – takrori yo`q gavhardir.
Uni ko`ra bilishning ilk g`unchasi –san`atdir.
tabiat go`zallikni yaratuvchi bog`bon.
umumbashiriyat go`zallik ila tirik va to`la-to`kis hamohang yashaydi
Go`zallik doimo ko`z oldimizda, uni biz har lahzada ko`rishimiz his qilishimiz
mumkin lekin bu holatni his qilib sezish hammaga ham nasib
etavermaydi. Olamda xunik narsaning o`zi yo`q, hamma narsa chiroylidir. Uni
qanday qabul ko`ra olishga bog`liqdir
9
. Chiroyni, go`zallikni ko`ra bilishlik,
qalbdan sezish, zavqlanish, lazzatlanish – bu ma`naviy didimizga, axloqiy
dunyoqarashimizga bog`lik. Rassom odamni, hayvonat olamini tasvirlar ekan
uning tuzilishini hamda tasvirlash metodikasini mukammal bilmog`i lozim.
Metodika so`zi grekcha bo`lib, "tadqiqot" yo`li bilish, usul ma`nolarini beradi.
Pedagogikada o`qitish metodlari deganda, talabalarni bilim, mahorat va
malakalarini oshirishda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoviy
bilimlarni chuqur egallashida tarbiyachilarning qo`llagan ish metodlari - usullari
tushuniladi.
Oliy ta`lim muassasalarida ta`limning turli usullari qo`llaniladi. Masalan:
o`quv, o`quv turi, rejasini dasturi va ta`lim prinsiplari, o`quv tarbiyaviy ishlarning
maqsad va vazifalari muhim ahamiyatga egadir.
Respublikamizda ro`y berayotgan o`zgarishlar barcha sohalardagi kabi bo`lajak
tarbiyachilar zimmasiga ham o`ta ma`suliyatli vazifalarni yuklaydi.
Tarbiyachining kasbiy xususiyatlari borasida to`xtalganda shuni ta`kidlash
lozimki, u eng avvalo o`z kasbining jonkuyari, uni dildan sevadigan, o`z ishiga
ijodiy va ilmiy yondoshadigan shaxs bo`lmog`i ta`lab etiladi. Bu shaxsda yangi
bilimlar va ilg`or tajribalariga chanqoqlik, muhimi unda tashkilotchilik,
9
Tasviriy san`atga oid atashamarning izohli lug`ati T 1994.
29
kuzatuvchanlik,
qat`iylik
va
insoniylik
xususiyatlari
yaqqol
sezilib
tursin. Tarbiyachi tasviriy san`atdan maxsus bilim va malakalar bilan
qurollanmasdan turib Tarbiyachilikni bajara olmaydi yoki tarbiyalanuvchi
yoshlarga tabiat go`zalligini, ona Vatanimizning tarixini, milliy merosimizning
tarixini ta`riflab bera olmaydi, hamda o`z kasbiga qiziqtira olmaydi.
Bugungi talaba, bo`lajak pedagog, o`zbek xalqining hamda o`tmishi bor
bo`lgan Markaziy Osiyo xalqlarning amaliy va tasviriy san`at borasidagi noyob
namunalarini o`zlashtirgan bo`lishi va to`laligicha tarbiyalanuvchi yoshlarga
ulashmog`i ayni davr talabidir. Shu sababli bo`lajak tarbiyachi-pedagoglarga
quyidagi talablar yuklanadi :
-O`zlari ta`lim berishi lozim bo`lgan o`smir va yoshlarga san`at sirlarini,
madaniy meros namunalarini har tomonlama o`rgatish;
-Ayni yangilanish, rivojlanish davrida yosh avlodni bilimdon, yaratuvchan,
yuksak madaniyatli va mustaqil mamlakat taqdiri uchun ma`sul shaxslar qilib
tarbiyalash;
-Ulug`vor bunyodkorlik ishida malakali, g`ayratli o`qituvchilar yoshlar
peshqadamlik qilmoqlari uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori
malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash ;
-Tarbiyalanuvchilarni san`at yo`nalishi buyicha ijodkorlikka yetaklash, layoqat
sezilganda esa astoydil o`rgatish uchun maxsus to`garaklarga jalb etish :
-Tarbiyalanuvchi va yoshlarga nafis san`at sirlarini o`rgatish borasida o`z ustida
doimo izlanish, talabalar faoliyatini rivojlantirib, to`g`ri va asosli shakllantirish
uchun pedagogik qoidalar asosida tajribalar olib borish :
- Turli davr, turli xalklarga mansub tasviriy san`at asarlarini mushohada qila
olmog`i va uni tushunish sirlarini yoshlarga ulashish uslublariga ega bo`lish,
tasviriy san`at insonni shakllantirishdagi muhim va ishonchli vositalardandir,
bunday imkoniyatni xar bir mashg`ulotda qo`llash uchun yangicha uslub va
mumkin bo`lgan usullarini ishga solish hamda amalda qo`llay olish mahoratini
o`rgatish: Zamon talabi bilan dars va mashg`ulotlarni noan`anaviy dars rejalari
30
bilan o`tkazish: Jahon andozalariga xos yangi texnologiyalarini o`rganib,
mashg’ulotda qo`llay olish mahoratini egallashi kerak.
Yuqorida zikr etilgan talablarni o`zida mujassam etgan har qanday
tarbiyachiga kelajak avlodimizni ishonib topshirsak bo`ladi. Estetik tarbiya
jarayonida kishining qarashlari, hissiyotlari, didi hamda ideallari shakllanadi bu
shakllanish mafkuraviy tarbiya, ijodiy fikrning rivojlanishi bilan mustahkam
bog`langandir. Estetik tarbiya kishini olijanob, go`zal hamda insonparvarlik
harakatlariga moyil qiladi. Fizika – matematika fanlari doktori, professor
A.A.Kitaygorodskiy, shunday yozadi: Turli- tuman ko`rinishlarga ega bo`lgan
go`zallikni tushunish va sevish insonning ma`naviy boyishi uchungina emas, balki
uning yaxshi ishlashi uchun ham kerakdir. Inson qaysi sohada ishlamasin, u
adabiyotchi va matematik, geograf yoki ximikmi, u nafosat va go`zalliklarni ko`ra
olishi va tushuna olishi kerak. Har bir bolani hayotda, davlatimizning moddiy va
ma`naviy rivojlanishida faol ishtirok etadigan qilib tayyorlash uchun unga faqat
bilim berib tarbiyalashgina kamlik qiladi, uning shaxsiy qobiliyatini rivojlantirish,
yangilik yaratishni o`rgatish, go`zallik qonuni bo`yicha yashash va ijod qilishni
shakllantirish lozim. Hayot go`zalligini ko`rishga intilish insonni olijanob
qilib tarbiyalaydi, uning kundalik ishini estetik rohat-farog`at manb`aiga
aylantiradi. Bolalar ko`nglida go`zallik va yuksak g`oyalar hissini uyg`otishga
da`vat etishda tarbiyachini o`rni g`oyat kattadir. Bolalar ma`naviy didini
rivojlantirish uchun tarbiyachi, avvalo, ularning e`tiborini hayotdagi go`zallikka
qaratishga, go`zallikni payqash, his etish, qabul etish, huzurlanish, quvonishga
o`rgatish kerak. Did insonning tug`ma xususiyati emas. U rivojlantiriladi,
bog’chada uni takomillashuviga yordam beruvchi birinchi inson tarbiyachidir.
Tarbiyachi bolalarga tabiatning rang-barang olamini, rang-birang shakllarini
ko`rsatadi. Tabiat go`zalligi, ochiq havoda o`tkazilgan kunlar haqida xotiralar, ular
hayotda ko`rib baxri-dillarini ochilgan, tasvirlash qiyin bo`lgan gulzorlarning
ranglari - ularning ko`nglini shodixondon etgan, hayajonlantirgan narsalarning
xotirasi uzoq vaqtgacha tarbiyalanuvchi qalbida saqlanib qoladi. tarbiyalanuvchilar
31
naturadan manzara, daraxt shoxlari, yaproqlar, gullargning rasmini chizar ekanlar,
ularning shakllarini o`rganar ekanlar, tabiatga, uning shakl va ranglari naqadar boy
va turfaligiga amin bo`ladilar, tabiatdagi go`zallikka, voqea-hodisalarga mehr-
muhabbatlari osha boradi.
Tarbiyalanuvchi rasm chizayotgan vaqtida buyumning formasi, ularning
shakliy qurilishi, proporsiyasi, bo`shliqdagi holati, rangi, uning och-to`qligi,
materialining qandayligi e`tibor bilan o`rganiladi, shu bilan ularni yanada
samaraliroq, ko`p tomonlama, teran va aniq xis etishga ko`nikib boradi. Tasvir
chizishga o`rganish o`zaro bog`liq bo`lgan ikki masalani hal qiladi:
tarbiyalanuvchining
ko`rish
qobiliyatini
o`stiradi,
hamda
tasvirlayotgan,
ko`rayotgan narsa haqidagi tasavvurini oshirib uni chuqurroq anglab
yetishga o`rgatadi.
Tarbiyalanuvchilarning ko`rish qobiliyatini o`stirish deganda biz ulardagi bir
maqsadga qaratib yo`naltirilgan kuzatishni tarbiyalashni: buyum va xodisalarini
o`zaro taqqoslash, o`xshashlik va tafovutni aniqlash, ularning shakl va uslubiga
qarab turkumlashtirishga o`rgatishni tushunamiz. Hozirgi kundagi rasm o`rgatish
metodikasi birdaniga kelib, shakllangan emas, bunga qadar mazkur metodika
shakllanishi va murakkab taraqqiyot yo`lini bosib o`tdi. Respublikamizda tasviriy
san`atni o`rgatish metodikasining shakllanishida mahalliy olimlar, metodistlarning
qator izlanishlari, o`quv qo`llanmalarning ahamiyati juda katta o`rin tutadi. Badiiy
pedagogika metodika sohasidagi so`ngi yutuqlari ko`rsatilgan va talabalarni
pedagogik faoliyatga tayyorlash, ularni metodik bilim va mahoratlar bilan
qurollantirish o`qitish san`atini egallashiga yordam berishni o`ziga asosiy maqsad
qilib qo`ygan. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan o`quv-tarbiyaviy vazifalarni amalga
oshirishga dastur asosida o`qitiladigan tasviriy san`at mashg`ulotlari narsaning
asliga qarab tasvir chizish; xotira va mavzu asosida tasvir chizish ; dekarativ
amaliy san`at va haykaltaroshlik : San`atni idrok qilish kabi turlarda olib boriladi.
Quyida biz tasviriy san`at faning turlarini ko`rib chiqamiz.
Tarbiyachi mashg’ulotlarda bolalarni dars mavzusiga aktivlashtirish uchun
32
dars mavzusining mazmuni, hayotdagi ahamiyati va uni chiqish qoidalari
tushuntirishi zarur. Ba`zida tarbiyachilar tasviriy mashg’ulotlarni tashkil etish
uchun bolalarga mashg’ulot mavzusi yuzasidan savollar berib, unga berilgan
javoblarni to`ldirish kabi vositalardan foydalaniladi.
Tarbiyalanuvchilar faoliyat va faoliyatdan tashqari vaqtlarda mustaqil ravishda
bajarayotgan ishlari vositasi bilimga, malakaga, ijodiy ko`nikmaga ega bo`ldilar,
tarbiyachining vazifasi tarbiyalanuvchilarning mustaqil ishlariga yordam berishi,
rag`barlantirish metodi asosida ilhomlantirish, yutuq va kamchiliklarni
o`z vaqtida ko`rsatish, ularni o`z kuchiga ishonchini mustahkamlashida
rahbarlik qiladi. Mashg’ulot jarayonida har bir individual xususiyatlari bilan bir-
biridan
farq
qiladigan
turli
yoshdagi
yoshlar
bilan
ish
olib
boriladi. Tarbiyalanuvchilar orasida ko`rib turgan narsalarni to`g`ri tasvirlay
oladigan xotira asosida qiynalmay rasm chizadiganlar bilan bir qatorda, oddiy
tasvirga qarab nusxa ko`chirishga ham qiynaladiganlar uchraydi. Bu borada biz
ba`zi tarbiyalanuvchilarning ko`rish qobilyatining sustligi, rang sezmasligi kabi
boshqa hollarini hisobga olishimiz kerak.
Guruhda o’zlashtirishi past bo’lgan bolalarga "Kuchli" biladigan bolalarni
biriktirib qo`yish ham yaxshi natija beradi. Tarbiyalanuvchilarning tasviriy
faoliyatini aktivlashtirishda, ayrim tarbiyalanuvchilar bilan yakka tartibda
munosabatda bo`lish va unga pedogogik ta`sir o`tkazish ham katta ahamiyatga ega.
Narsaning o`ziga qarab rasm chizish o`tiladigan tasviriy san`at mashg`ulotlarining
asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Bu mashg`ulot jarayonida tarbiyalanuvchilarning
narsa va hodisalarning kuzata bilish qobiliyatlari rivojlanadi, xotiradan va
tafakkurdan rasm chizish malakalari ortadi, narsalarning fazodagi holatlarini
aniqlay bilish, ularning hajmi, shakli, rangini, shu`la-soyasi yordamida tekislikda
tasvirlash tushunchalari o`sib boradi. Hayot go`zalligini ko`rishga intilish insonni
olijanob qilib tarbiyalaydi, uning kundalik ishini estetik rohat-farog`at manb`aiga
aylantiradi. Bolalar ko`nglida go`zallik va yuksak g`oyalar hissini uyg`otishga
da`vat etishda tarbiyachini o`rni g`oyat kattadir. Bolalar ma`naviy didini
33
rivojlantirish uchun tarbiyachi, avvalo, ularning e`tiborini hayotdagi go`zallikka
qaratishga, go`zallikni payqash, his etish, qabul etish, huzurlanish, quvonishga
o`rgatish kerak. Did insonning tug`ma xususiyati emas.
Kuzatish jarayonida bolalarlar narsalarning o`lchovlarini o`zaro solishtiradilar,
ular o`rtasidagi farqni taqqoslash yo`llari bilan topadilar. Narsaning o`ziga qarab
rasm chizish jarayonida o`quvchilarga odam, hayvon shuningdek qushlar
turkumining o`lchov nisbatlari, umumiy o`lchovlar: kalla, qo`l, oyoq, tos va
boshqa plastik anatomiya haqida tushunchalar beriladi. Bundan tashqari faktura
haqida ma`lumot berib boriladi, masalan, yuzi gadir-budir bo`lgan narsalar
bilan bir qatorda yuzasi yaltiroq bo`lgan shisha yoki sirli narsalarning shakli
chiziladi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash tizimining samarali ishlashiga
erishishni ta’minlash uchun Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilada ularning
keng qamrovli faoliyatini ta’minlaydigan pedagogik sharoit yaratish zarur.
Buning uchun oilada onalar bolalari bilan jiddiy shug’ullanish kerak bundan
tashqari tarbiyachilar bilan muloqatda bo‘lib turishlari kerak bu esa bolalarda
atrof-olam hamda undagi voqea va hodisalarni anglash ko‘nikmalarini tarkib
toptirish vositasida ularning maktab ta’limiga tayyor bo‘lishlarini, bu jarayonda
lozim bo‘ladigan sobitqadamlik, g‘oyaviylik, o‘rtoqlari, tengdoshlariga do‘stona
munosabat, ularni tushunish, mehnatsevarlik kabi ma’naviy-axloqiy sifatlarni
rivojlantirishga yordam beradi. Hozirgi kundagi rasm o`rgatish metodikasi
birdaniga kelib, shakllangan emas, bunga qadar mazkur metodika shakllanishi va
murakkab taraqqiyot yo`lini bosib o`tdi. Respublikamizda tasviriy san`atni
o`rgatish metodikasining shakllanishida mahalliy olimlar, metodistlarning qator
izlanishlari, o`quv qo`llanmalarning ahamiyati juda katta o`rin tutadi.
Shuningdek, chizilayotgan narsani o`ziga o`xshatib, ifoda etish talab
etiladi. Narsaning o`ziga qarab rasm chizish darsi jarayonida har bir o`qituvchi
mavzuga oid tasviriy san`at asarlarini keltirib unda qanday tasviriy vositalardan
foydalanganligi, uning kompozitsiyasi, asardagi ranglarning moslashuvi haqida
chizilayotgan narsalarni taqqoslab ko`rsatsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
|