Termiz davlat pedagogika instituti magistratura bo’limi


-§ Bolalarni milliy qadriyatlar asosida ijodiy qobiliyatlarini



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/24
tarix25.06.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#135080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Botirov Sardor Soatmuratovich 111111111 (78(1) (1)

1.2-§ Bolalarni milliy qadriyatlar asosida ijodiy qobiliyatlarini 
shakllantirishning amaliy xususiyatlari. 
 
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari
ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda to‘tgan xolda, 
tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy 
va nazariy muloqatida namoyon bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni 
umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda uning mohiyatini tushunib yetish 
kerak. Qadriyatlar o‘zining mohiyatiga ko’ra bir necha turga bo‘linadi. Jumladan, 
inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biron 
narsaning qadr qimmati haqida so’zlash bemanilikdir. Shuning uchun ham inson 
qadr qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy 
saviyasini rivojlantirish, sog‘lig’ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz 
siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Shu bilan birga, bu keng 
jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan 
umummilliy masaladi.
Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo 
hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir» degan 
chuqur ma’noli so‘zlarini eslayman. Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari 
asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, 
hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va 
dolzarb ahamiyat kasb etadi”. Istiqlol yillarida mamlakatimizda milliy tarbiyani 
amalga oshiradigan o‘quv muassasalari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborni kuchaytirish eng muhim va 
jiddiy masalaga aylandi.
So‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko‘lami va 
mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz biz ko‘zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech 
kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning 
ma’naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratdi, desak, hech qanday xato 
bo‘lmaydi. Xulosa qilib aytganda, milliy tarbiya har qanday jamiyat va mamlakat 


18 
hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Chunki, uning o‘sishi va taraqqiyoti 
uchun moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib 
borishi lozim. Buning uchun yosh avlod ushbu boyliklarni yaratishda o‘z 
ajdodlaridan yuqoriroq darajaga ko‘tarilmog‘i darkor. Yoshlarni ham jismoniy, 
ham ma’naviy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalashda zamonaviy meditsina, pedagogika, 
psixologiya fanlari tavsiyalarini har qaysi oilada joriy qilish ayniqsa zarur. Har bir 
oila, ota-ona, eng avvalo, bola timsolida shaxsni ko‘rishi, uning uchun shaxsga 
tegishli barcha huquq va erkinliklar ta’minlashi borasida o‘zining mas’ul ekanligini 
doimo his etib turishi nihoyatda muhim. Milliy tarbiyada milliy g‘oyaga, milliy 
g‘ururni yuksaltirishga xizmat qiladigan timsollar, ramzlarning har biri – katta bir 
darslik, kuchli tarbiya vositasi hisoblanadi.
Bundan tashqari, buyuk ajdodlar tavallud sanalarini nishonlash ham 
ma’naviy va tarixiy ahamiyatga ega. Bunday marosimlarni o‘tkazish orqali yoshlar 
yangi qadriyatlar asosida tarbiyalanadilar, ular qalbiga tarixni anglash va qadrlash, 
o‘tmishga hurmat bilan yondashish, ularni asrab-avaylash, shu xalqqa mansubligi 
bilan g‘ururlanish tuyg‘ulari singdiriladi. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub 
o‘zgarishlarning, islohotlarning barchasi kishilar hayotini go‘zal bo‘lishi, inson 
o‘zini chinakam erkin his etishi, o‘z mehnati natijasining, o‘z taqdirining, o‘z 
mamlakatining egasi bo’lishini ta’minlashga qaratilgandir.
5
Kishining qurshab turgan cheksiz ko‘p narsa va hodisalar, shu jumladan, 
milliy ma’naviyat ichidan ham, muayyan shaxs yoki ijtimoiy guruh, yoki konkret 
millat, yohud butun insoniyat uchun alohida ahamiyatga, qadrga ega bo’lganlari 
qadriyat deyiladi. Milliy qadriyatlar deb, muayyan xalqning rasm-rusumi, an’anasi, 
fazilatlari, axloq va odobi, yashash tarzi, bayramlari, shu xalqning aksariyat qismi 
tomonidan e’zozlanishga loyiq bo’lgan inshoatlar, milliy kiyimlar, uy-ro‘zg‘or 
buyumlari, ro‘zg‘or tutishlari aytiladi. Masalan, o‘zbeklarning mehnatsevarligi, 
mehmondo‘stligi xushxulqligi va muloyimligi, g‘ayratli va itoatgo’yligi, turli 
5
Denyakina L.M. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarishdagi yangi yondashuvlar. M .: Yangi 
maktab, 2008 .-- 96 b.


19 
toifadagi odamlar bilan o’zaro inoqlashib ketishligi, kechirimliligi, mulohaza va 
tafakkur bilan ish ko‘rishi, tinchliksevarligi o‘zbek milliy qadriyatlari bo‘lib 
hisoblanadi. Barchamizga yaxshi ma'lumki, har bir davlatning barqaror taraqqiyoti 
hamda rivojlanishi inson omiliga, xususan, yosh avlodning ilmiy, ijodiy va 
ma'naviy salohiyatiga bog‘liq.
Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi muammolari dеyarli barcha mamlakatlar 
uchun umumiy masaladir. Yoshlar tarbiyasi mavzusi bo’yicha O’zbеkiston 
Rеspublikasi Prеzidеnti Sh.Mirziyoеv BMT Bosh Assamblеyasi 72- sеssiyasida 
shunday dеdi: “Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi 
eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda.Sayyoramizning 
ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga еtishi bilan 
bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi 
uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g’oyasi “virusi” tarqalishining oldini 
olish. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, uning huquq va 
manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish 
lozim, dеb hisoblaymiz. O‘zbеk xalqining asriy an'analari, jumladan, tarbiya 
sohasidagi an'analari ajdodlarimizning tabarruk dini bilan bog’liq. Yoshi kattalarga 
salom bеrish, ularni hurmat qilish, yoshi kichiklar va kuchsizlarni avaylash, ilm 
olish va kasb o’rganishga da'vat, halol mеhnat qilishga chaqirish, qo’shnilar bilan 
xushmuomala bo’lish kabi an'analar ozbeklar oilalarida, ularning dinga 
munosabatlaridan qat'iy nazar, yoshlarga singdirib kеlingan.
Yoshlar tarbiyasida islom ma'rifatining muhim o’rnini e'tiborga olib, 
O‘zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti Sh.M.Mirziyoеv 2017-2018-yillarda 
qator g‘oyalar va tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, Samarqand viloyatida 
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Tеrmizda Imom Tеrmiziy ilmiy 
tadqiqot markazi va Toshkеntda O‘zbеkistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini 
tashkil qilish to‘g‘risida davlat rahbari va Vazirlar Mahkamasining tеgishli 
qarorlari habul qilindi. Buyuk ajdodlarimizning bеbaho ilmiy-ma'rifiy mеroslarini 
o‘rganishdan tashqari, ushbu muassasalarning asosiy vazifasi yoshlarni buyuk va 


20 
shonli o‘tmishga hurmat hamda iftixor bilan qarash, ulug‘ ajdodlarga munosib 
avlod bo‘lishga, ilm va ma'rifat olishga intilish ruhida tarbiyalashdan
iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarining 
milliy shakllarini rivojlantirish maktabgacha ta’lim tashkiloti oldiga qo‘yilgan 
muhim vazifalardandir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari - 
ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda to’tgan xolda, 
tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy 
va nazariy muloqatida namoyon bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh avlodlarimizga el-u yurt, xalq, 
millat va Vatan manfaatlarini anglash, ularning shon-shuxratini yanada oshirish, 
ilm-u fanni va madaniyatini, ajdodlarimiz boy merosini, tarixi, dini va 
qadriyatlarini o’rganish, munosib baholash borasidagi tarbiyachilarimizning 
faoliyatlari katta axamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy 
qadriyatlar asosida tarbiyalashda, milliy, ma’naviy, etnik qadriyatlarni yoshlar 
ongiga samarali singdirishda maktabgacha ta’lim tashkilotida milliylik va milliy 
ma’naiy qadriyatlar uyg’unligi mavzusida olimlar, yozuvchi va shoirlarning xayoti 
va ijod yo’liga oid bo’lgan videofilmlarni qo’yib ko’rsatib borsak hamda 
olimlarning poterteritlarini ko‘rsatib ularni suratini chizdirsak maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Albatta, har bir xalq o’z milliy qadriyatlari qobig‘idagina o‘ralib 
qolmasligi kerak. Boshqa millatlarning qadriyatlarini o’rganish hamma vaqt ham 
taraqqiyotning omillaridan biri bo’lib kelgan.
Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir ko’rsatmasin, har bir 
millat uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo‘li va mezoni milliy qadriyatlar 
bo‘lib qoladi. Biron millatning yaxshi urf odatlari, marosimlari qachonki boshqa 
millat ruhiga, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina Shu mıllat 
hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo’ladi. 
6
Har bir xalq qadrlagan narsa 
yoki 
hodisa, 
birinchi 
navbatda, 
uning 
milliy 
ma‘naviyati 
bilan 
6
“ Maktabgacha pedagogika” Sh. Sodikova. Toshkent – 2013 68-69 b 


21 
bog‘liq bo‘ladi. Milliy qadriyatlar ham qandaydir o’zgarmas hodisa emas. Millat 
taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning 
takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish Sharoitlari o‘zgarishi bilan milliy 
qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratiladi. Maktabgacha ta‘lim 
yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bu yosh avloddan 
milliy g’oya asosidagi tafakkurni, chuqur bilim va ixtisoslikni talab qilmoqda.
Shuningdek bugun yetishib chiqayotgan yosh kadrlar chuqur bilim va 
ko’nikmaga ega bo’lishi kerakligini davrni o’zi talab qilmoqda. Buning uchun 
shosh tarbiyachilar amaliy va nazariy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak 
ajdodlarimizni boy tarixini, madaniyatini, urf-odatlarini yosh avlodga yetkazib 
berishi kerak. Umuman olganda, yoshlarning etnik qiyofasi millatning bugungi 
milliy tarbiyasi, mentaliteti, madaniyatining o‘zaro dialektik munosabati vositasida 
shakllanadi. Ma’naviy jihatdan yaxshi tarbiya olgan shaxs o‘z aqli, o‘z tafakkuri, 
o‘z mehnati, o‘z mas’uliyati bilan ongli ravishda, ozod va hur fikrli inson bo‘lib 
yashaydi. Markaziy Osiyoda yashab, ijod qilgan qomusiy olimlar, buyuk 
ajdodlarimiz, XIX asr va XX asr mutafakkirlari va pedagoglarining ta’lim-tarbiya 
xususida aytgan nazariy fikrlari, pedagogik nazariyalari hozirgi kunda ham o‘z 
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Zamonaviy pedagogikada ulardan foydalanish o‘z samarasini beradi. 
Yuqorida oilada bola tarbiyasi yuzasidan berilgan nasihatlardan hozirgi 
tarbiyachilar o‘z tajribalarida foydalansalar va bugungi yangi ilmiy qarashlar bilan 
bog‘lab yondashsalar, shak-shubhasiz yaxshi natija olish mumkin. Demak, oilada 
inson tarbiyasi, uning hayotda o‘z o‘rnini aniqlashi, shaxsni yashashga o‘rgatish 
jamiyat faoliyatining muhim sohalaridan bo‘lib kelgan. Tarbiyaning ijtimoiy 
vazifasi shaxsni biror bir faoliyatga o‘rgatishdan iborat. Tarbiyaning umumiy 
yo‘nalishlari qadim zamonda vujudga kelgan va rivojlangan. Tarbiyaning umumiy 
tamoyillar asosida olib borilishi o‘ziga xos xarakterga ega. Shunday ekan, ota-
onalar ham butun davlatimiz bilan birgalikda oilada farzandlarini tarbiyalashda 
milliy qadriyatlarimiz tarbiya jarayonida samaradorlik omili ekanligini anglab, uni 


22 
yangi shakl va metodlar bilan bog‘lab qo‘llasalar, farzandlar qalbi, 
psixologiyasidagi tushunchalarni hozirgi davr tushunchalari bilan hamohang 
bog‘lab borsalar, ayni muddao bo‘ladi.
O‘zbek xalqi o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid ulkan ma’naviy merosini yaratib
insoniyatning ko‘plab avlodlarini insonparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, 
mardlik, odoblik kabi umuminsoniy qadriyatlar va yaxshi fazilatlar ruhida 
tarbiyalab kelmoqda. Ayniqsa, xalq tomonidan yaratilgan qomusiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan «Pandnoma»lar, xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida yaratilgan, xalqimiz 
yuragiga yaqin bo‘lgan buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Al-Farobiy, Abu 
Ali ibn Sino, Imom al-Buxoriy, At-Termiziy, Amir Temur, Yusuf Xos Hojib, 
Alisher Navoiy, Bahovuddin Naqshband, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo 
Ulug‘bek, Sa’diy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Ahmad Donish, 
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi o‘nlab buyuk shoir va 
mutafakkirlar qoldirgan nodir va durdona asarlarida ko‘p e’tibor berilayapti. Bu 
mutafakkirlarning, maktab va oilada bolani xushxulq, axloqiy va har tomonlama 
kamol topgan qilib tarbiyalash haqidagi qarashlari o‘ziga xosligi bilan ajralib 
turadi. Ular yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga, ilmni puxta 
egallashlariga alohida e’tibor bilan qarab, mehnat bilan topilgan boylik baxt 
keltirishini, ilmli kishi xor bo‘lmasligini aytib o‘tadilar.
Buyuk mutafakkirlar o‘zlarining ijodlarida o‘quvchi-yoshlarni odobli 
bo‘lishga, halol mehnat qilishga, ota-onaga mehribon bo‘lishga, halol mehnat bilan 
yashashga da’vat etadilar. Abu Ali ibn Sino o‘zining pedagogik qarashlarida 
jamoadan, jamiyatdan ajralib tarbiya topgan bolaning baxtsiz bo‘lib qolishi, inson 
oilada dunyoga kelgani bilan jamiyatga aloqadordirligini ta’kidlaydi.
7
Al-Farobiy 
fikricha: «Insonning va jamiyatning g‘alabaga erishuvi, yaxshilikni qo‘lga kiritishi, 
axloqiy va aqliy yo‘nalishga erishuvi inson va jamoaning o‘z qo‘lidadir» degan 
fikrlarni aytgan. Tarbiyaning asosi maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga 
7
Dilova N.G. (2021). Sharq allomalarining ilmiy merosi – uchinchi renesans uchun katta imkoniyat. Science and 
Education. Vol. 2, Issue 10, 506-514 betlar 


23 
oshiriladi. Bog’chalarimizda ta’lim-tarbiya olayotgan tarbiyalanuvchilarni 
yuqorida ko‘rsatilganlardek qilib tarbiyalash uchun avlod-ajdodlarimiz yaratgan 
boy ilmiy-madaniy merosimizni keng va har tomonlama o‘rganishimiz, 
o’tilayotgan mashg’ulotlarimizni mazmun va mohiyatini chuqur o’rgatishimiz
kerak. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, shu bilan birga 
maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiya berishning bosh maqsadlaridan 
yana biri, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy g’ururni 
shakllantirishdir. Milliy urf odatlarni maktabgacha ta’lim 
muassasalari 
tarbiyalanuvchilari qalbiga singdirishdan maqsad: bolalar qalbiga sevish va 
faxrlanish, g’ururlanish tuyg‘sini shakillantirish hisoblanadi. Negaki milliy g’urur 
xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, o‘z ona tiligaasoslangan. Shu bois
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni 
shakllantirishning mavjud holati o’rganilishi lozim.
Shunday ekan, biz tarbiya jarayonida inson shani, g’ururi, uyati, or-nomusi va 
uni asrash, himoya qilish yosh avlodga o‘rgatishimiz, hamda oldimizga asosiy 
maqsad qilib qo’yishimiz kerak. Bugungi yosh avlodimiz o’z taqdirini chinakkam 
egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos milliy qadiryatlarni sohibi sifatida
Odob-ahloqimiz namunasi sifatida ish tutadilar. Shu bois xalqimiz o’zligini 
anglab mustaqillik poydevorini tobora mustaxkamlab bormoqda. Har bir 
davlatning istiqboli, xalqning farovonligi, osoyishta bo’lishi yosh avlod umidli 
o’g’il qizlariga bog‘liq. Chunki ertangi kun ular qo‘lida. Umuman olganda, 
yoshlarning etnik qiyofasi millatning bugungi milliy tarbiyasi, mentaliteti, 
madaniyatining o‘zaro dialektik munosabati vositasida shakllanadi. Ma’naviy 
jihatdan yaxshi tarbiya olgan shaxs o‘z aqli, fikrli inson bo‘lib yashaydi. Markaziy 
Osiyoda yashab, ijod qilgan qomusiy olimlar, buyuk ajdodlarimiz, XIX asr va XX 
asr mutafakkirlari va pedagoglarining ta’lim-tarbiya xususida aytgan nazariy 
fikrlari, pedagogik nazariyalari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotgani yo‘q. 


24 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin