Termiz davlat pedagogika instituti magistratura bo’limi


II.BOB. TAYYORLOV GURUH TARBIYALANUVCHILARINI IJODIY



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/24
tarix25.06.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#135080
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Botirov Sardor Soatmuratovich 111111111 (78(1) (1)

II.BOB. TAYYORLOV GURUH TARBIYALANUVCHILARINI IJODIY 
QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI VA 
METODLARI. 
2.1-§ Maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarini ijodiy qobiliyatlarini
uslubiy jihatdan shakllantirish 
Muhtaram yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev oliy majlisga yo‘llagan 
murojatida “Ilm va ta’limning qadriga yetib, davlatimizda ilm va ta’lim o‘rganish 
bilan muhit yaratilsa, bobolarimizga munosib hayot va kelajakni qura olamiz”-
deya ta’kidlaganlar. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek O‘zbekistonning ertangi 
kuniga ishonchi mustahkamlash, ajdodlarga munosib bo‘lish uchun islohatlarni 
ilmdan boshlash kerak.
Chunki ilmsiz hech bir sohada natija bo‘lmaydi. Sungi yillarda bu boradagi 
muammolarni samarali hal etish, mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini 
tubdan takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi. Shu 
maqsadda qator farmon va qarorlar qabul qilinib, bu boradagi kompleks sa’y-
harakatlar uchun puxta huquqiy zamin yaratildi.Maktabgacha ta’lim, umumiy 
ta’lim va oliy ta’lim tizimi mazmunan va sifat jihatdan yangilanib
bormoqda. Xususan “O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renesans 
davriga poydevor yaratilmoqda”. Bugun cheksiz iftixor bilan ayta olamizki, 
donishmand xalqimizning uzoqni ko‘ra olishi, birdamligi va fidoyi mehnati bilan 
barcha sinovlardan munosib o‘tib kelmoqdamiz. Shu nuqtayi nazardan, bizning 
insoniy qadr-qimmatimizni, g‘urur va sha’nimizni, dinu diyonatimizni, milliy 
davlatchiligimizni tiklab bergan Mustaqillik kuni vatanimizning shonli tarixida 
hamisha eng yorqin sahifa bo‘lib qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil
7-iyuldagi 4-sonli hayat yig‘lishi qaror bilan tasdiqlangan “Ilk qadam maktabgacha 
ta’lim tashkilotining o‘quv dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda 
komptensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, 
unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan ahloqiy me’yor va 


36 
qadryatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish “Men” obrazini 
qurishga bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda 
tutishi belgilab berilgan. Jumladan “Ijodkorlik” sohasidagi o‘quv tarbiyaviy 
faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola quyidagi layoqatlarga ega 
bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan: san’at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi; milliy 
an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok etadi, 
san’atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi; olingan 
bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va 
tatbiq qilish uchun foydalanadi; insonning dunyo o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik 
rolini tushunadi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni ma’naviy-xissiy 
rivojlanishida tasviriy faoliyatning o‘rni katta.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar musiqani badiiy asarlarni diqqat bilan 
tinglaydilar,tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, yomonlikni 
qoralaydilar. Bolada musiqiy va shoirona tinglash qobilyati rivojlanadi. Ularda 
ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san’at asarlariga nisbatan
barqaror qiziqish paydo bo‘ladi. Bolalarda badiiy-ijodiiy qobiliyat rivojlana 
boshlaydi. Kuztayotgan san’at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o‘qilayotgan 
she’rlarning eng nozik tomonlarini ko‘ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy 
asarlaridagi ba’zi she’riy obrazlarni eslab qoladilar va o‘z nutqlarida
ishlatadilar. Tevarak- atrofdagi go‘zallikka, san’atga badiiy o‘yin va faoliyatning 
har xil turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida jamoa 
bo‘lib ishlash malakalarini shakllantirish dolzarb ahamiyatga molik masalalardan 
biridir. Bolalarni tasviriy faoliyat orqali turli ranglar jilosini his qilishga, estetik 
qobilyatlarini o‘stirishga faol chuqur fikrlashga va ko‘tarinki kayfiyatda ishlashga 
o‘rgatib borish muhimdir. Tasviriy faoliyat (rasm, loy ishi, applikatsiya, qurish 
yasash) bolalarda nafaqat qiziqish uyg‘otadi balki ularni o‘rab turgan olamni o‘z 
ishida aks etirishda, olamni ko‘z oldida yaxlit xolda namoyon etishida va umuman 
har tomonlama shakllanishiga (estetik ahloqiy, aqliy) turtki bo‘ladi. Bolalardagi 


37 
fikrlash qobilyatini rivojlantirish uchun badiiy qobilyatning hamma turlaridan ham 
xayolning ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi ta’minlanadi. Bolalarni ijodiy 
maqsad qo‘yishga o‘rgatiladi. Shu orqali u bolalarning o‘ziga xos qobiliyat va 
imkoniyatlarni o‘rganadi. Bolalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga, 
musiqaga xavas juda erta uyg‘onadi. Ammo bu hali bolaning kelajakda qanday 
mutaxassis bo‘lishini aniqlash huquqini bermaydi.
Bolani kelajakda kim bo’lishini biz bolalarni harakatlaridan, nimalarga 
qiziqishidan bilib olsak bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirishda tasfiriy faoliyatni o’rni va ahamiyati juda muhim 
hisoblanadi. Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya — bu tasviriy 
faoliyat turlari bo‘lib, ularning asosiy vazifasi tevarak-atrofni obrazli aks ettirish 
hisoblanadi. Masalan, yozuvchining she’ri va rassomning asari.
Tasviriy faoliyat maktabgacha yoshidagi bolalarni har tomonlama 
tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy faoliyat bolalarni ongli tomondan 
tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Birorta predmetni chizish yoki yasash 
uchun albatta u bilan oldindan tanishish yoki kuzatib chiqish, uning shakli,
katta-kichikligini, qismlarning joylashishi, rangini bilish kerak bo‘ladi. Bolalarda
badiiy-ijodiiy qobiliyat rivojlana boshlaydi. Kuztayotgan san’at asarlari, 
eshitayotgan musiqa asarlari, o‘qilayotgan she’rlarning eng nozik tomonlarini 
ko‘ra biladilar, seza boshlaydilar. 
Bu jarayonda ko‘rish, sezish, qo‘1 harakatlari ishtirok etmay
qolmaydi. Bolalar predmet va hodisalarni kuzatish va ko‘rib chiqish jarayonida 
predmetni katta-kichik guruhlarga bo‘lib , uning shaklini o‘zgartirib, rangini turli-
tumanligi bilan tasvirlaydilar. Shuningdek, tasviriy faoliyat jarayonida bolalar turli 
xil material (qog‘oz, bo‘r, bo‘yoqlar) bilan ularning o‘ziga xos xususiyatlari, ular 
bilan ishlash texnikasi bilan tanishadilar, bu esa bolalarning aqlan o‘sishiga sabab 
bo’ladi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda fikr yuritish operatsiyalari (tahlil, 
sintez, taqqoslash umumlashtirishning rivojlanishiga imkon beradi, bu, o‘z 
navbatida, bolalarning oqilona o‘sishiga olib keladi.


38 
Bu jarayonda bolalarning nutqi rivojlanadi. Sensor tarbiyani amalga 
oshirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati katta
10
. Chunki bolalar predmetlar bilan 
uzviy bog’lanadilar, ularning o‘ziga xos sifatlari, shakli, rangi bilan, katta-
kichikligi bilan tanishadilar, ularning farqini, o‘xshashligini aniqlaydilar, bu esa 
bolalarni sensor tarbiyalashga, ko‘rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. 
Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalaydi.
Chunki bolalar o‘z ishlarida bizning hayotimizda, jamiyatda bo’layotgan 
voqea-hodisalarni aks ettiradilar, ulardan manun bo’ladilar, ta’sirlanadi, 
hayajonlanadilar. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari
boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga
intilish, qiyinchiliklarni yengish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar 
tarbiyalanadi. Bolalar bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlar
tarbiyalanadi. Bolalarda, ishni baholash jarayonida, bolalarni o'rtoqlarining ishga 
nisbatan real munosabatda bo‘lish, to‘g‘ri baholash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining 
ishidan xursand bulish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Tasviriy faoliyat bu 
bolalarni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga 
undovchi faoliyat hisoblanadi.
Bolalarda mehnat ko'nikmalarini o‘stirish, tarbiyalash kerak, faqat 
navbatchilik orqali ba’zi bolalarda emas, balki, har bir bolada. Tasviriy faoliyat 
bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir 
predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish, bu 
estetik sezgining bo‘laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining
rivojlanishi — bu rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq sezish bilan
bog‘liqdir. Bolalar rangni, shaklni, uning xilma-xilligini sezsa yoki his etsa, u 
shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligidan zavq oladi, bahramand 
bo‘ladi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi, ularda predmetga va uning ba’zi 
10
Mа’murоv B.B. Оilаdа sоg‘lоm bоlа tаrbiyаsiG‘G‘ O‘quv qo‘llаnmа. - Tоshkеnt “Turоn zаmin ziyо” 
2014. 131 b. 


39 
sifatlariga nisbatan estetik baho berishga o‘rganadilar. Ularda tasviriy san’at 
asarlarini 
tushunishga, 
ularga 
nisbatan 
his-tuyg‘uni, 
munosabatni
tarbiyalaydi. Tasviriy faoliyat bolalarda badiiy-ijodiy o'stirishda muhim rol 
egallaydi. Bolaning badiiy ijodiy o‘sishi bu obrazli fikr yuritish, estetik idrok 
etishni va obraz yaratishda zarur bo‘lgan malaka, ko‘nikmalarni egallash 
hisoblanadi. Masalan, tabiatga yoki istirohat bog‘iga sayr, ko‘z faslida sayohat 
uyushtirish.
Tarbiyachi bolalarni predmet yoki tevarak-atrofni kuzatishda paydo 
bo‘luvchi estetik his-tuyg‘u orqali, tevarak-atrofga, kishilar mehnatiga to‘g‘ri baho 
berish, vatanga nisbatan muhabbat kabi sifatlarni tarbiyalash mumkin. Bolalarni 
o‘z ishini yana ham chiroyli va yaxshi bajarish, boshqalarga yoqadigan, ularni 
ko‘rganda quvonadigan qilib yaratish bu badiiy, axloqiy tarbiyalashning asosiy 
vazifasi hisoblanadi. Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyat katta 
ahamiyat kasb etadi. Rasm, loy, qurish materiallari bo‘yicha bilim, malakalarini 
egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va mehnat darslarini muvaffaqiyatli 
egallashlariga asos bo‘ladi. Ularni o‘quv faoliyatiga tayyorlaydi: pedagogni 
tinglashga, uning ko‘rsatmalarini bajarishga o‘rgatadi. Oldiga qo‘yilgan vazifani 
hal etishda, uning asosiy va muhim hal etish yo‘llarini izlab topish bu o‘quv 
faoliyatning asosiy sababchilaridan biridir. Tasviriy faoliyat jarayonida o‘z ishini 
nazorat qilib borish, maktabda vazifalarni bajarishda ham rol o‘ynaydi. 
Shuningdek, bola tasviriy faoliyat jarayonida psixologik jihatdan ham tayyorlanib 
boradi. Maktabda qiziqishga xohish, yangiliklarni bilishga intilish, maqsad sari 
intilish, tartibli holda shug‘ullanish va shu kabilar. 
Shunday qilib, tasviriy faoliyat jarayonida olgan malakalar bolalami maktab 
hayotiga tezda kirishib ketishiga asos bo‘ladi. Tasviriy faoliyat bo‘yicha 
maktabgacha ta’lim muassasasi dasturi va maktabda tasviriy san’at dasturi 
bolalarda tevarak-atrofga nisbatan bolalarda estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy 
qobiliyat va badiiy tasvirlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim 
muassasasi mashg‘ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur 


40 
bo‘lgan vazifalar hal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda 
fikr yuritishning tahlil, sintez, takrorlash, aniqlashtirish kabi jihatlari shakllanadi. 
Shuningdek, bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini 
o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysindirishga o‘rganadilar. Maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarda, o'quv faoliyatida zarur 
bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantiradi. Bunday malaka va ko‘nikmalarga: 
topshiriqni tinglash va yodda tutish ma’lum vaqt orasida bajarish, o‘z ishini 
rejalashtirish va baholash, boshlangan ishni oxiriga etkazish, xato va 
kamchiliklarini topish va uni tuzatish, material, ish qurollari va ish joyini tartibli 
saqlash va boshqalar kiradi. Pedagoglaring olib borgan tekshirishlari shuni 
ko'rsatadiki, bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiyaning bunday tuzimi bolalarni 
maktabga tayyorlashga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, psixologlardan
E.A. Labunskiy va boshqalar tomonidan maktab o‘quvchilarining tasviriy 
faoliyatini o‘rganish jarayonlari shuni ko‘rsatib o‘tadiki, maktabda tasviriy san’at 
darslarining tuzilishi, bolalar bog‘chasida olgan bilim, malaka va ko‘nikmalari 
asosida, ularni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat jarayonida bolalar 
asosan amaliy ish bajaradilar, san’at asarlari bilan rasmga qarab
hikoya 
qilish, 
kitobdagi 
illustratsiyalarni 
ko‘rib 
chiqish 
jarayonida
tanishadilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy san’atning turlari
rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlari bilan yanada 
chuquroq tanishadilar. Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyat 
mashg‘ulotlari xilma-xildir. Masalan, rasm, mazmunli dekorativ va loy 
applikatsiya mashg‘ulotlari. Maktabgacha ta’lim muassasalarida barcha 
mashg‘ulotlarga katta ahamiyat beriladi. Maktabda esa tasviriy san’at darslarida 
rasm (naturaga qarab) mavzu asosida va dekorativ turlari o‘tkaziladi.
Bunda predmetli rasm bo‘yicha naturaga qarab rasm chizish o‘quv predmeti 
alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Loy applikatsiya, qurish-yasash bo‘yicha amaliy 
ishlar maktabda qo‘l mexnatiga kiritiladi. Tayyorlov guruhi tasviriy san’at 


41 
dasturining tahlili shuni ko'rsatadiki, predmetli, rasm bo‘yicha o‘quv vazifalari 
ancha murakkab tarzda kiritilishidan tashqari, bolalar bog‘cha dasturi bo‘yicha 
ayrim takrorlash ishlari kiritildi. Tayyorlov guruhida bolalar doira, kvadrat, 
to‘rtburchak, aval kabi tuzilishga ega bo’lgan predmetlami aniqlashga o‘rganadilar, 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar oldiga qo‘yilgan vazifa rasm chizish 
texnikasini egallashdir
11
. Bunga sabab, hamma bolalar bog‘chadan maktabga 
kelmaydilar va shu bois bolalar bilan ishni maktabga kelguncha, tayyorlov guruhda 
olgan bilimlardan boshlash lozim.
Mavzu asosida rasm chizish maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkaziladigan 
mazmunli rasmning davomi sifatida o‘tkaziladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hodisa 
va predmetlami kuzatib, ko‘rib chiqadilar, so‘ng xotiralariga asoslanib, ularni 
chizadilar. 0‘quvchilar ob’ektlar o‘rtasidagi mazmunli bog’lanishlarda uzoqdagi 
predmetlami kichiklashtirib tasvirlaydilar. Dekorativ rasm bo'yicha maktabda 
texnik tartibga doir vazifalar qo‘yiladi, ya’ni naqsh tuzilishi ketma-ketligida tasviri 
bilan birgalikda, yordamchi chiziqlardan foydalanish va o‘z ixtiyorlari bilan xalq 
amaliy-dekorativ san’at elementlaridan foydalanish va san’at haqida o‘tkaziladigan 
dars-suhbat jarayonida o‘rganadilar. Bolalarni tasviriy san’atga o‘rgatish metodlari 
bolalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi.
Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va kichik o'quvchilarning ish 
xususiyatlari o‘rtasida ancha yaqinlik bor. Shuning uchun u yoki bularni o‘rgatish 
metodikasi o‘rtasida ham ko‘p o‘xshashlik bor. Maktabda o‘qituvchining rasmini 
ba’zi bir elementini ko‘rsatish va shu jarayonida tushuntirish tarbiyachining ish 
usullarini ko‘rsatib berishga yaqin turadi. Maktabda ishning ketma-ketligi tartibli 
ko‘rinishda bo‘ladi. Agar tasvirlanayotgan predmetning tuzilishi sodda bo‘lsa, 
tartib tushuntirilgandan so‘ng, o‘chirib tashlanadi. Agar murakkab tuzilishga ega 
bo‘lgan predmet tasvirlansa, o‘qituvchining doskada ko‘rsatib berishi bilan ketma-
ket tasvirlanadi. Tarbiyachi predmetning umumiy konturini qalamning uchi bilan 
11
Majidov J. Maktabda tasviriy san`at bo`yicha o`quv tarbiyaviy ishlarni tashkil etish T.1995. 45-46 b 


42 
yengilgina belgilab chiqadi hamda uning kengligini, balandligini ham ko‘rsatadi. 
So‘ng o‘quvchi predmetining xomaki rasmi bilan naturani solishtirib, uning 
qismlarini, shaklini aniqlaydi, tuzatadi. Ish jarayonida ko‘rsatish va tahlil qilish 
uchun rasmlar to‘plami, bolalar kitobchalaridagi rangli rasmlar, shuningdek, o‘quv 
xarakteriga ega bo‘lgan alohida rasmlardan foydalanadi. Rasm bo‘yicha 
o‘tkaziladigan har bir dars tarbiyacchining suhbatidan va rasmni nimadan boshlash 
kerakligini tushuntirishdan boshlanadi. Ishning amaliy bajarilishiga o‘tishda 
o‘qituvchi bolalarning tartibli ravishda chizish qoida va yo‘llarni
eslatib turadi. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar va kichik maktab o‘quvchilarining 
ishiga yoki rasmiga qo‘yilgan talablar bir-biriga juda yaqin.
Bolalar ishini tahlil qilishda diqqatni predmet proporsiyasi, konstruksiyasi, 
qismlarining bog‘liqligi, rang va kompozitsion tuzilishiga tortish lozim. Shunday 
qilib, boshlang'ich sinflarda ta’lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal 
etilishi, bolalar bog‘chasida olib boriladigan tasviriy faoliyati mashg‘ulotlari bilan 
uzviy ravishda olib boriladi. Bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta’lim 
muassasasida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida katta guruhdagi kuzatishlar bo‘yicha rasm 
chizishga katta e’tibor beriladi, chunki bu narsa bolalarni naturaga qarab rasm 
chizishga tayyorlashda dastlabki bosqich hisoblanadi. Bu narsa bolalarda ko‘rish 
xotirasini rivojlantiradi, ba’zida predmet bolalarda natura sifatida to‘g‘ri tasvirga 
yordam beradi. Maktabda ishning ketma-ketligi tartibli ko‘rinishda bo‘ladi. Agar 
tasvirlanayotgan predmetning tuzilishi sodda bo‘lsa, tartib tushuntirilgandan so‘ng, 
o‘chirib tashlanadi. Ishning amaliy bajarilishiga o‘tishda o‘qituvchi bolalarning 
tartibli ravishda chizish qoida va yo‘llarni eslatib turadi Bolalar guruhdagi olib 
boriladigan tasviriy faoliyati mashg‘ulotlarida, qalamdan erkin foydalanishga o‘z 
harakterini va qo‘l kuchini idora etishga o‘rganadilar. Bu malakani egallash, 
xususiyatlari rivojlanadi. Bolalar turli shakldagi, kattalikdagi, turli proporsiyadagi 
predmetlami chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo‘nalishni 
zarurligiga, harakatini uzunligiga mos ravishda harakatlanishga o‘rganadilar.


43 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin