2.2-§ Maktabga tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarini milliy qadriyatlar
asosida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning tamoyillari va omillari.
Ma’lumki, tasviriy san’at insonni mehnatga, tafakkur qilishga, ijodga,
go‘zallikni his qilishga chorlaydi. Kuzatishlar va ilmiy tadqiqotlar, tasviriy san’at
yoshlarga faqat ilm-tafakkur, go‘zal estetik ideallami beribgina qolmay, insonning
eng muhim jihatlarini, ya’ni kuzatish, ko‘rish, idrok qilish hamda
tafakkur,
tasavurlarini
rivojlantiradigan
asosiy
vosita
ekanligini
isbotlamoqda. Tarbiyalanchilar tasviriy san’at mashg‘ulotlarida xilma-xil narsalar
bilan tanishib, uning katta-kichikligi, shakli, undagi xunuk va chiroyli elementlarni
aniqlaydilar, narsalar shaklini idrok etadilar, rang va tuslarini o‘rganadilar.
Narsa shaklini idrok etish bilan birga, uni tahlil qilib, ong faoliyati asosida
naturani tasvirga aylantirib, uni qog‘ozga joylashtiradilar. Shundan so‘ng natura
tasviri daftar yuzasiga tushiriladi. Lekin bu jarayon juda murakkab bo‘lib, uni
sog‘lom, rivojlangan bolagina uddasidan chiqa oladi. Bu jarayonda bolaning fikri
chalg‘isa, shakl aniq chiqmaydi, rang topilmaydi. Shu boisdan bu faoliyatni faqat
sog‘lom, ya’ni fiziologik va psixologik jihatdan to‘la rivojlangan bolagina amalga
oshira oladi. Tasviriy san’at mashg‘ulotlarida bolaning ko‘rish a’zolari
takomillashib boradi. Chunki har bir mashg‘ulotda narsalarni e’tibor bilan
kuzatish va ularni idrok etish o‘rgatilib, bolaning diqqat-e’tiborini bir nuqtaga
qaratish malakasi ham beriladi. Shuningdek, tasviriy san’at mashg‘uloti
o‘quvchilarni e’tiborli, zehn bilan faoliyat ko‘rsatishga, barcha his-tuyg‘ularini
jamlagan holda, o‘zida bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlalarni ishga solishga
o‘rgatadi. Binobarin, tasviriy san’at mashg’ulotlari tarbiyalanuvchilarni har
tomonlama rivojlanishida asosiy omillardan biri xisoblanadi.
Tasviriy san’at mashg’ulotlari orqali bolalarda ko’pab qobiliyatlarni
shakllantirishimiz mumkin. Shuningdik tasviriy san’at orqali bolalarda vatanga
bo’lgan muhabbat hamda milliy qadiryatlarimizni ularni ongiga singdirishimiz
mumkin. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari -
ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda to’tgan xolda,
44
tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy
va nazariy muloqatida namoyon bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni
umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda uning mohiyatini tushunib yetish
kerak. Qadriyatlar o’zining mohiyatiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi. Jumladan,
inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi.
Inson yuq joyda biron narsaning qadr qimmati haqida so‘zlash
bema’nilikdir. Shuning uchun ham inson qadr qimmatini e’zozlash, uning
turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog’lig’ini
saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishini tashkil
etadi. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub o’zgarishlarning, islohotlarning barchasi
kishilar hayoti to‘q, boy, go‘zal bo‘lishi, inson o‘zini chinakam erkin his etishi, o‘z
mehnati natijasining, o‘z taqdirining, o‘z mamlakatining egasi bo‘lishini
ta‘minlashga qaratilgandir. Kishining qurshab turgan cheksiz ko‘p narsa va
hodisalar, shu jumladan, milliy ma‘naviyat ichidan ham, muayyan shaxs yoki
ijtimoiy guruh, yoki konkret millat, yohud butun insoniyat uchun alohida
ahamiyatga, qadrga ega bo’lganlari qadriyat deyiladi. Milliy qadriyatlar deb,
muayyan xalqning rasm-rusumi, an’anasi, fazilatlari, axloq va odobi, yashash tarzi,
bayramlari, shu xalqning aksariyat qismi tomonidan e’zozlanishga loyiq bo‘lgan
inshoatlar, milliy kiyimlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, ro‘zg‘or tutishlari aytiladi.
Masalan, o‘zbeklarning mehnatsevarligi, mehmondo‘stligi xushxulqligi va
muloyimligi, g‘ayratli va itoatgo’yligi, turli toifadagi odamlar bilan o‘zaro
inoqlashib ketishligi, kechirimliligi, mulohaza va tafakkur bilan ish ko‘rishi,
tinchliksevarligi o‘zbek milliy qadriyatlari bo‘lib hisoblanadi. Biz Tarbiyachilar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarni o‘z
milliy qadriyatlarini to’laqonli aglashga va qadriyatiga bo‘lgan muhabbatni
shakllantirishimiz
kerak
12
. Buning uchun biz hamma maktabgacha yoshdagi bolalarga qiziq bo’lgan
12
Musayev.N. Oilada bola tarbiyasining psixologik xususiyatlari. – Maktab va hayot jurnali, 2005 yil, №3,
18-19 betlar.
45
metodlardan foydalangan holda mashg’ulotlarni tashkil qilish orqali ularni
qadryatlarga
bo‘lgan
qiziqishini
oshirishimiz
mumkin.
Buning
uchun
tarbiyachining zimmasiga juda kata mas’uliyat yuklanadi.
Barchamizga yaxshi ma'lumki, har bir davlatning barqaror taraqqiyoti hamda
rivojlanishi inson omiliga, xususan, yosh avlodning ilmiy, ijodiy va ma'naviy
salohiyatiga bog’liq. Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi muammolari dеyarli barcha
mamlakatlar uchun umumiy masaladir. Yoshlar tarbiyasi mavzusi bo‘yicha
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Sh.Mirziyoеv BMT Bosh Assamblеyasi
72- sеssiyasida shunday dеdi: “Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun
insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil
etmoqda.Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson
bo’lib kamolga еtishi bilan bog’liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z
salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi
“virusi” tarqalishining oldini olish. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab
quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya hilish borasidagi ko‘p
tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, dеb hisoblaymiz.
O‘zbеk xalqining asriy an'analari, jumladan, tarbiya sohasidagi an'analari
ajdodlarimizning tabarruk dini bilan bog‘liq. Yoshi kattalarga salom bеrish, ularni
hurmat qilish, yoshi kichiklar va kuchsizlarni avaylash, ilm olish va kasb
o‘rganishga da'vat, halol mеhnat qilishga chaqirish, qo’shnilar bilan xushmuomala
bo’lish kabi an'analar o’zbeklar oilalarida, ularning dinga munosabatlaridan qat'iy
nazar, yoshlarga singdirib kеlingan. Yoshlar tarbiyasida islom ma'rifatining muhim
o’rnini e'tiborga olib, O‘zbеkiston Rеspublikasining Prеzidеnti Sh.M.Mirziyoеv
2017-2018-yillarda qator g’oyalar va tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan, Samarqand viloyatida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot
markazi, Tеrmizda Imom Tеrmiziy ilmiy tadqiqot markazi va Toshkеntda
O‘zbеkistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil qilish to’g’risida davlat
rahbari
va
Vazirlar
Mahkamasining
tеgishli
qarorlari
habul
46
qilindi. Ajdodlarimizning bеbaho ilmiy-ma'rifiy mеroslarini o’rganishdan tashqari,
ushbu muassasalarning asosiy vazifasi yoshlarni buyuk va shonli o’tmishga hurmat
hamda iftixor bilan qarash, ulug’ ajdodlarga munosib avlod bo’lishga, ilm va
ma'rifat olishga intilish ruhida tarbiyalashdan iborat.
Bunung uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan
tarbiyalanuvchilarimizni
yuksak
manaviyatli
qilib
tarbiyalashimiz
kerak. Davlatimizda bo’layotgan o’zgarishlarni yoshlargi tushuntirishimiz kerak.
Buning uchun har xil ko’rgazmali qurollardan, rasmlardan foydalanib ulug’
siymolarimizni rasmlarini chizdirish orqali bolalarda ajdodlarimizga va milliy
qadryatlarimiga bo’lgan muhabbatni shakllantirishimiz mumkin. Maktabgacha
ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlarining milliy shakllarini
rivojlantirish maktabgacha ta’lim tashkiloti oldiga qo’yilgan muhim
vazifalardandir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari
- ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda to‘tgan
xolda, tarbiyachilarning tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro
amaliy va nazariy muloqatida namoyon bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida
tarbiyalashda uning mohiyatini tushunib yetish kerak. Qadriyatlar o’zining
mohiyatiga ko’ra bir necha turga bo‘linadi. Jumladan, inson va uning hayoti eng
oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biron narsaning qadr qimmati haqida
so’zlash bema’nilikdir. Shuning uchun ham inson qadr qimmatini e’zozlash, uning
turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog’lig’ini
saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishini tashkil
etadi. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarning, islohotlarning barchasi
kishilar hayoti to‘q, boy, go’zal bo‘lishi, inson o‘zini chinakam erkin his etishi, o’z
mehnati natijasining, o‘z taqdirining, o‘z mamlakatining egasi bo’lishini
ta’minlashga qaratilgandir. Maktabgcaha ta’lim tashkilotlarida yosh avlodlarimizga
el-u yurt, xalq, millat va Vatan manfaatlarini anglash, ularning shon-shuxratini
yanada oshirish, ilm-u fanni va madaniyatini, ajdodlarimiz boy merosini,
47
tarixi,
dini
va
qadriyatlarini
o‘rganish,
munosib
baholash
borasidagi
tarbiyachilarimizning faoliyatlari katta axamiyatga ega.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda,
milliy ma’naviy, etnik qadriyatlarni yoshlar ongiga samarali singdirishda
maktabgacha ta’lim tashkilotida milliylik va milliy ma’naiy qadriyatlar uyg‘unligi
mavzusida olimlar, yozuvchi va shoirlarning xayoti va ijod yo‘liga oid bo’lgan
videofilmlarni qo‘yib ko’rsatib borsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunungdek
nafaqat o‘zimizni milliy qadriyarlarimizni balki boshqa millatlarni ham
qadriyatlarini o’rgatib borsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Albatta, har bir xalq o‘z
milliy qadriyatlari qobig‘idagina o’ralib qolmasligi kerak. Boshqa millatlarning
qadriyatlarini o’rganish hamma vaqt ham taraqqiyotning omillaridan biri bo‘lib
kelgan. Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir ko’rsatmasin, har bir
millat uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo’li va mezoni milliy qadriyatlar
bo’lib qoladi. Biron millatning yaxshi urf odatlari, marosimlari qachonki boshqa
millat ruhiga, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina Shu mıllat
hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo‘ladi.
Har bir xalq qadrlagan narsa yoki hodisa, birinchi navbatda, uning milliy
ma’naviyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Milliy qadriyatlar ham qandaydir o‘zgarmas
hodisa emas. Millat taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy
hayotning takomillashib borishi, yashash va mehnat qilish Sharoitlari o‘zgarishi
bilan milliy qadriyatlar ham rivojlanib borishiga imkon yaratiladi. Maktabgacha
ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, bu yosh
avloddan milliy g‘oya asosidagi tafakkur , chuqur bilim va ixtisoslikni talab
qilmoqda. Uning negizi milliy qadriyatlarimizdir. Qadriyatlar haqida gap ketar
ekan bizning mamlakatimiz uch ming yillik tarixga ega mamlakat bo‘lib bizning
qadriyatlarimiz uzoq yillardan beri ajdodlaridan avlodlarga o’tib kelayotgan
qadriyatlar xisoblanadi
13
.
13
Otaliyeva U.N‖Bola tarbiyasida oila va bog‘cha hamkorligi‖ 2004y 89-90 b
48
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida
tarbiyalashda o‘zbek oilalarida, jamoatchilik o‘rtasida bola tarbiyasini amalga
oshirishda katta tajriba bor. Bu tajriba asrlar davomida sinovdan o‘tib, milliy
qadriyatga aylanib ketdi. Bu qadriyatlar bolalarda mehnatsevarlik, insonparvarlik,
halollik, ota-onani, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish, kamtarlik kabi
xislatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Milliy pedagogikaning bu boradagi merosi
ham buyuk qadriyatdir. Shu sababli ham o‘zbek yoshlari o‘zining tarbiyasi,
mehnatsevarligi, kattalarga hurmat e’tibori, kamtarligi, andishaliligi, halolligi bilan
ajralib turadi shuning uchun biz maktabga yoshdagi bolalarda bu kabi qadriyatlarni
yoshligidan shakillantirib borishimiz kerak. So‘ngi yillarda yoshlarning ko’pchiligi
uyali
aloqa
telefonlarini
ko‘p
o‘ynayotganligini
oqibatida
yoshlarni
psixologiyasida o‘zgarishlar kuzatilmoqda bu o’zgarishlarni oldini olishimiz uchun
maktabgacha yashdagi bolalarni tarbiyasiga jiddiy e’tibor berishimiz kerak. Buning
uchun tarbiyachilar bolalarni mashg’ulotga qiziqtirishi talab etiladi mashg’ulotni
bir hil tarizda olib bormasdan kar kuni o’tilayotgan mashg’ulotiga yangilik kiritib
borishi va mashg’ulotni qiziqarli o‘tishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarga
mashg’ulot o’tish vaqtida ularni ongiga milliy qadriyatlarimizni singdirib boorish
kerak bo’ladi buning uchun bog‘cha tarbiyalanuvchilarini Ona vatanga bo‘lagan
muhabbatini shakllantirishimish uchun ularni tabiyat qo’yniga sayohatga olib
chiqishimiz hamda milliy qadriyatlarimizni bolalar tushunadigan usulda
tushuntirishimiz kerak.
Misol uchun milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan ota-onaga bo’lgan
hurmatni shakllantirishimish uchun tarbiyalanuvchilarga ota-nasi oldidagi burch va
vazifalarini tushuntirishimiz kerak. Biz bilamizki maktabgacha yoshdagi bolalarni
fikri tarqoq bo‘ladi diqqatini bir joyga jamlay olmaydi shu sababli ularga bunday
jiddiy va mas’uliyatli vazifalarni tushuntiriash tarbiyachiga qiyin tuyilishi mukin
buning uchun tarbiyachi sahnalashtirish orqali ya’ni bolalarni o‘zlarini
ota-ona rollarini ijro ettirib tushuntirsa bola rolga kirishib ketadi va bolalarni
xotirasida yaxshi qoladi. Tarbiyasi og‘ir bo’lgan bolalarga ko’proq ota rolini ijro
49
etish topshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi chunki ota rolini ijro etish davomida
bola epezod jarayonidagi bolasiga g‘amxo‘rlik qiladi va rol jarayonida ota-onalar
uchun quloqsiz bolalarni tarbiyasi bilan shug‘llanish qanchalik qiyin ekanligini his
qiladi va o‘zlari bunday bo‘lmaslikka harakar qilishadi
14
.
Bundan tashqari o‘zbek millatini boshqa millatlar hurmat qiladigan
qadriyatlaridan biri mehmondo‘stlik qadiryatlarini ham yoshlarimizga maktabgach
yoshdagi davrdan boshlab ularga tushuntirishimiz kerar. Shu o‘rinda tabiiy savol
tug’ladi maktabgacha yoshdagi bolalarga bunday qadriyatlarimizni qanday qilib
tushuntirishimiz kerak hammamizga ma’lumki maktabgacha yoshdagi bolalar
didaktikm o’yinlarga qiziqadi aynan didaktik o‘yinlardan foydalangan holda
tarbiyalanuvchilarga mehmondo’stlik qadriyatlarini singdirishimiz mumkin.
Buning uchun jamoaviy o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Shunungdek guruhda tarbiyalanayotgan bolalarni ikki guruhga bo‘lib
olamiz va ularni psixologiyasi hamda qobiliyatlarini hosobga olgan holda rollarni
bo’lib beramiz rollarni bo’lib berganimizdan so’ng ularga rollarini qanday o’ynashi
kerakligini tarbiyachi tushuntirib o‘tishi kerak barcha tushuntirish ishlari
tugagandan so’ni tarbiyalanuvchilar mehmon-mehmoh sahna ko’rinishini ijro
etadilar. Bu sahna ko’rinish davomida tarbiyalanuvchilar o‘zlari ijro etayotgan
roliga kirishib ketadilar va rol davomoda ularning ongida muhmondo’stlik
qadriyati singib boradi va tayyorlov gurugi tarbiyalanuvchilari mehmonga qanday
munosabatta bo’lish kerakliga hamda ularni qanday mehmon qilish dasturxonga
qanday nozi-nematlardan qo‘yish kerakligi shakillanib boradi.
Buning uchun tarbiyachilar bolalarni mashg’ulotga qiziqtirishi talab etiladi
mashg’ulotni bir hil tarizda olib bormasdan kar kuni o’tilayotgan mashg’ulotiga
yangilik kiritib borishi va mashg’ulotni qiziqarli o‘tishi kerak. Yuqorida
takidlangan metodlardan farqli ravishda maktabgacha yoshdagi tayyorlov guruhi
14
Qodirova .F.R, Toshpo’latova.Sh.,.Kayumova.N.M, A’zamova.M.N “Maktabgacha pedagogika”
Tafakkur” 2019. 120-121 b
50
tarbiyalanuvchilarida mehmondo’stlik qadriyatlarini nafaqat sahna ko‘rinishi orqali
balki o’sha jarayonni rasmlarini chizdirish orqali ham rivojlantirishimiz mumkin
rasm chizganda bolalarni ko‘pgina qobiliyatlari rivojlanadi ularni diqqati, xotirasi,
sinsomotirikasi, kuzatuvchanligi, hamda ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi.
Milliy qadriyatlar - murakkab ijtimoiy ruhiy hodisa bo‘lib, u millatning
o’zligi, dini, madaniyati, tarixi, urf odatlari, an’analarini, jamiki ma’naviy
boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Har
bir ruhan sog‘lom kishida o‘z qadr qimmatini saqlash, o‘zini hurmat qilish tuyg‘usi
mavjud. Har bir millatda ham xuddi shu holatni ko‘ramiz. Millatlarning o‘z o‘zini
anglash jarayoni takomillashgan sari millatni manfaatlar ham, milliy qadriyatlar
ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi. Milliy qadriyatlarning e’zozlanishi va
kuchayib borishi zinhor milliy hudbinlikka, manmanlikka, o’ziga ortiqcha baho
berishga olib kelmasligi kerak Shuning uchun ham bu masalada xushyorlik,
nazokat, insof, diyonat, sofdillik talab qilinadi. Zotan, milliy qadriyatlarning o‘zi
ayni paytda, mintaqaviy yoki umuminsoniy qadriyatlarning uzviy qismi sifatida
namoyon bo‘ladi. Qadimdan bir ma’naviy ruhiy iqlimdan nafas olib kelgan
xalqlarimiz tariximizning, ayniqsa, bugungi mas’uliyatli davrida aql, zakovat va
shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g‘urur talab etadigan bir pallada yana ham
yaqinroq, yana ham mehr-oqibatliroq bo‘lishlari lozimligini hayotiing o‘zi taqozo
qilmoqda. Mintaqaviy qadriyatlar turkumiga Markaziy Osiyoda yagona iqtisodiy
hududni tashkil qilish, orol muammolarini xal etish, ekologik xavfsizlikni
ta’minlash, mintaqamizda yashovchi xalqlarni tibbiy, ijtimoiy jihatdan himoyalash,
boy tarixiy, ma’naviy merosimizni avaylab asrash qabilar kiradi.
Barchamizga ma’lumki so’ngi yillarda qo’shni davlatlarimizda bo’lib o’tgan
noxush vaziyatlarni hammasini tagida o’z vatanini sevmaslik va o’zining milliy
qadriyatlarini hurmat qilmaslik yotibdi shuning uchun ham zamonni o’zi bizdan
xushyor bo’lishni talab qilmoqda. Bugungi kunda biz yoshlarga umuminsoniy
qadriyatlarni chuqur o‘rgatishimiz kerak. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va
mintaqaviy qadriyatlardan mazmuni jihatdan chuqur va keng bo‘lib,
51
umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar,
elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlariga muvofiqdir. Shuni ta’kidlash
kerakki, jahondagi birorta xalq va millat o‘zidan boshqa xalq va millatlardan,
umuman jahon sivilizatsiyasidan mutlaqo ajralgan, alohida madaniyatga
ega emas. Millatlar boshqa xalqlarning madaniy ma’naviy yutuqlaridan
foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. Shu sababli, barcha xalqlarning ijtimoiy
iqtisodiy, madaniy ma’naviy rivojlanishi, tarixi bir biri bilan chambarchas
bo‘lib ketgan.
Bugungi kunni zamonaviy tarbiyachisi davlarimizning iqtisodiyoti, mada-
niyati va ma’naviyatining oldinga qarab rivojlanishiga, axloq, odob, urf-odat
negizlarida komil insonni tarbiyalashga, mustaqil Respublikamizni har tomonlama
ravnaq toptirib, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shishga astoydil hizmat qiladigan
qadriyatlarni yoshlarimizni ongiga singdirishi kerak. Bunday qadriyatlar fan tilida
progressiv qadriyatlar deyiladi. Aksincha, jumhuriyatimizning oldida turgan
ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy. madaniy, ma’naviy muammolarni hal etishga tusqinlik
qiladigan hodisalar reaksion qadriyatlar deyiladi. Shuning uchun bugungi kunni
zamonaviy tarbiyachisi har kunlik o’tiladigan mashg’ulotga qattiq tayyorlanishi
kerak. Har kunlik o’tiladigan mashg’ulotni bolalarga tushunarli metodlardan
foydalanib o’tib berishi kerak. Tarbiyachi har kunlik uchrashuvga alohida
tayyorgarlik ko‘rib tarbiyalanuvchining mashg‘ulot tayyorlaydigan xonasi, uydagi
xo‘jalik ishlariga ishtiroki, nimalarga ko‘proq qiziqadi, kun tartibi singari
masalalar bo‘yicha fikr yuritishi zarur. Umuman olganda qadriyatlarni keng va tor
ma’noda tushunishimiz mumkin. Misol uchun insonni yashab turgan moddiy
muhit bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar.
Qadriyatlarning bu turiga iqlim sharoiti, tabiat go‘zalliklari, milliy-davlat
ahamiyatiga molik bo‘lgan zoparklar , tabiatning inson yashashi, mehnat qilishi
uchun zarur bo‘lgan sharoit va imkoniyatlari kiradi. Tabiiy muhit sharoiti va
imkoniyatlari ham inson ehtiyojlari, yashash imkoniyatlari bilan taqozolangan
taqdirdagina qadriyat, deb baholanadi. Shu ma’noda olib qaraganda, tabiat
52
sharoitlarini qadriyat deb qarash unga ma’lum maqsad va manfaat asosida
yondashayotgan inson tomonidan berilgan bahodir. Tabiatning inson manfaati
asosida o‘zlashtirilgan, o‘zgartirilgan qismi ham qadriyatdir. Bu kabi moddiy va
ma’naviy qadriyatlarni bolalarimizga tushuntirish uchun
maktabgacha
yoshdagi bolalarni moddiy merosimiz bo‘lgan madaniy ob’ektlarga olib
borishimiz kerak. Olib borishni imkoni bo’lmagan taqdirda madaniy ob’ektlarni
foto suratlarini ko’rsatishmiz yo bo’lmasa video rolliklarini ko’rsatsak yoshlar
milliy qadiriyatlarimizga bo’lgan qiziqish va qadriyatlarimizga bo’lgan muhabbat
bilan ulg’ayadi. Qadriyatlarga xolisona yondoshish, ulardan ijtimoiy, tarbiyaviy
masalalarni hal etishda samarali foydalanish hozirgi kundagi ko‘plab dolzarb
muammolarni hal etishning muhim shartidir. Qadriyatlar masalasi falsafiy
ta’limotlarda katta o‘rin tutishi ham ularning shu jihatlari bilan taqozo
qilinadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar ruhda
tarbiyalashni faqat mashg‘ulot jarayonlarida amalga oshirib bo‘lmaydi.
Davlat
ta’lim standartlarida qadriyatlar haqidagi bilimlar bugun ta’lim muddatimobaynida
va uning hamma shakllarida berilishiga alohida ahamiyat berilgan. Shunday ekan,
har bir yoshni ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishda badiiy adabiyotni
o’qishga ishtiyoq uyg’otish, qo’shiq aytish, raqs tushish, rasm chizish malakalarini
tarkib to’tirish, rang tasvirlar, musiqa asari, tarixga qiziqtirish muhim ahamiyatga
ega. Bu jarayon maktabgach ta’lim tashkilotlaridan tashqari joylarda ham olinb
borilishi kerak tarbiyalanuvchilar uyda bo’lganlarida ham Ota-onalari milliy
qadriyatlarini bolalarga o’rgatib borishlari mumkin bunda har kuni bolalar kechgi
ovqatga o‘tirganlarida ovqatlanish odobini o‘rgatib borishlari kerak. Bunda
ovqatlanishdan oldin qo’llarini yuvishi kerakligi, ovqatlanishni birinchi bo’lib
kottalar boshlashi kerakligi bolalarning tarbiyasiga jiddiy qarashlari kerak, unga
ma’naviy bilimlarini oshirishga yordam berishlari zarur. Eng avvalo, bolada o‘z
oilasiga, ota-onasiga, opa-singil, aka-ukalariga mehr-muhabbatli bo‘lishini
o‘rgatish, keyinchalik bu tuyg‘uni qo‘ni-qo‘shni, mahalla, tuman, shahar
miqyosiga ko‘tarib, ona vatanga cheksiz muhabbat hissini uyg‘otish lozim.
|