Termiz davlat pedagogika instituti magistratura bo’limi


II BOB YUZASIDAN XULOSALAR



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/24
tarix25.06.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#135080
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Botirov Sardor Soatmuratovich 111111111 (78(1) (1)

II BOB YUZASIDAN XULOSALAR 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy maqsad va 
vazifalari bolalarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va maktabga 
tayyorlash, ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyati, intilishi va ehtiyojlari milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda rivojlanishni 
ta'minlash, ularni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ma'rifiy-madaniy 
tarbiyasida tabarruk dinimiz imkoniyatlari, buyuk ma'naviy-ma'rifiy mеrosimizdan 
foydalanish birinchi masala darajasiga olib chiqish hozirgi kunni dolzarb 
masalalaridan biri bo’lib turibdi. Shuning uchun tarbiyachi har bir mashg’ulotida 
bolalarga 
milliy 
qadiriyatlarimizni 
singdirib 
borishi 
kerak. 
Milliy 
qadiriyatlarimizni tarbiyalanuvchilarga singdirish uchun zamonaviy metodlardan 
foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi bundan tashqari bolalarni o’zlarini tarixiy, 
madaniy, modiy obidalarimizga olib borsa bolalar tarixiy obidalarimizni o’z 
ko’zlari bilan ko’rsa ularning xotirasida yaxshi qoladi hamda o’z tarixiga qiziqa 
boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar juda qiziquvchang bo’ladi bu yoshdagi 
bolalarni biz tarbiyachilar qiziqtira olsak ularda mudrab yotgan qobiliyatlarni 
ertaroq uyg’onishiga sababchi bo‘lamiz.
Biz faoliyat jarayonlarini to‘g‘iri olib borsak bolalarda badiiy-ijodiy 
qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, 
ertaklar, she’rlar to‘qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Endi ular 
o‘zlarining ishlarini baholaydigan bo‘lib qoladilar Bu ayniqsa, ular qo‘g‘irchoq 
teatri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha qilganlarida aniq namoyon
bo‘ladi. Bolalarda ijodiy faoliyatni shakllantirishda rasm chizish yaxshi samara 
beradi. Chunki rasm chizdirish orqali bolalarda diqqati, xotira, kuzatuvchanlik, 
sabr, ijodkorlik, kreativlik va shu kabi ko’plab malakalarini shakillantirishimiz 
mumkin. Xulosa qilib shuni aytish lozimki, san’at markazlari orqali maktabgacha 
yoshdagi 
(tayyorlov 
guruhi) tarbiyalanuvchilarini ko’plab qobiliyatlarini 
rivojlantirishimiz mumkin.


64 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin