Bilim sohasi: 100000-Ta’lim Ta’lim sohasi: 110000-Pedagogika Ta’lim yo’nalishi: 60111000- Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
Fan/modul kodi RGA1004
O‘quv yili 2022-2023
Semestr 3
Kreditdar 4
Fan/modul turi Majburiy
Ta’lim tili O‘zbek
Haftadagi dars soatlari 4
1.
Fanning nomi
Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)
Mustaqil ta’lim
(soat)
Jami yuklama (soat)
“Rekreatsion geografiya asoslari”
60
60
120
I.Fanning mazmuni Fanni o‘kitishdan maqsad-bo‘lajak o‘kituvchilarni “Rekreatsion geografiya asoslari” fanining nazariy va tarixiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish. rekreatsion geografiyaning predmeti, vazifalari va tadqiqot usullari, rekrealogiyaning asosiy tushunchalari va vazifalari, rekreatsion iste’mol, rekratsion iste’molni tadqiq etishning yo‘nalishlari va metodlari, rekreatsion korxonalar, rekreatsion resurslar, rekreatsion rayonlashtirish, Jahon rekreatsion markazlari geografiyasi haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, mazkur qo‘llanmada Jahon rekreatsion tizimida O‘zbekistonning tutgan o‘rni, O‘zbekistonda turizm va rekreatsion jarayonlarning rivojlanish xususiyatlari, rekreatsiyaning rivojlanishida festevallar, ko‘rgazmalar, xalq bayramlari va sportning ahamiyati to‘g‘risida bilimlar berish va amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifalari – talabalarga “Rekreatsion geografiya asoslari” fanining asosiy mazmuni, rekrealogiyaning asosiy tushunchalari va vazifalari, rekreatsion iste’mol, rekratsion iste’molni tadqiq etishning yo‘nalishlari va metodlari, rekreatsion korxonalar, rekreatsion resurslar, rekreatsion rayonlashtirish, Jahon rekreatsion markazlari geografiyasini tahlil qilish asosida xulosalar chiqarishdan iborat.
“Rekreatsion geografiya asoslari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: Jahon rekreatsion tizimida O‘zbekistonning tutgan o‘rni, O‘zbekistonda turizm va rekreatsion jarayonlarning rivojlanish xususiyatlari haqida bilimga ega bo‘lishi.
Prerekvizitlar: Mazkur fanni o’zlashtirgunga qadar talabalar quyidagi fanlarni o’zlashtirgan bo’lishlari shart: Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun tayyorlangan 8-sinf “Geografiya (O’zbekistonning iqtisodiy va ijtioiy geografiyasi)”, 9-sinf “Geografiya (Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi)”, 10-sinf hamda AL va KHKlarida “Amaliy geografiya”.