Termiz davlat pedagogika instituti



Yüklə 150,5 Kb.
səhifə2/10
tarix06.10.2022
ölçüsü150,5 Kb.
#64639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Рекреация геог фан дастури

Postrekvizitlar:
Fan tugallanganidan so’ng, talabalar “Rekreatsion geografiya asoslari” bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’l ishi lozim.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-Mavzu: Rekreatsion geografiyaning predmeti, metodi va vazifalari hamda uning boshqa fanlar bilan aloqalari.
Fanning ob’ekti, predmeti, tadqiqot metodlari, asosiy vazifalari. Fanning rivojlanish tarixi va rivojlanish bosqichlari. Uning fanlar tizimida tutgan o’rni, aloqador fanlar bilan bog’liqligi. Fanning asosiy tushunchalari va qonuniyatlari.
2-Mavzu: Rekreatsiyaning siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, ekologik jarayonlar bilan bog‘liqligi.
Rekreatsiyaning ob’ektiv ijtimoiy qonun va qonuniyatlar asosida rivojlanib borishi. Har bir tarixiy davrlarda rekreatsiyaning rivojlanishini boshqaradigan o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy qonun va qonuniyatlarning harakat qilishi. Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, ularning har biriga xos ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari. Tabiiy rekreatsion resurslarni iqtisodiy baholash muammosi, Rekreatsion resurslarni atrof -muhitni oqilona boshqarish asosi sifatida iqtisodiy baholash. Rekreatsiya ehtiyojlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy omillari.
3-Mavzu: Umumiy, guruhli va individual (yakka tartibdagi) rekreatsion iste’molning o‘zaro bog‘liqligi.
Ommaviy dam olish ehtiyojlari: moddiy, ijtimoiy, ma'naviy, biologik, faoliyat, muloqot va bilish ehtiyojlari. Guruh dam olish ehtiyojlari: shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, fabrikalar va muassasalar jamoalari, oliy o'quv yurtlari, maktablar va oila. Shaxsiy dam olish ehtiyojlari: dunyoni tushunishda qulay tabiiy muhit, sog'liq, boshqa odamlar bilan muloqot qilish, ko'ngil ochish, charchoqni yo'qotish, ijodiy faoliyat, o'zgaruvchan faoliyat ehtiyojlari


4-Mavzu: Rekratsion iste’molni tadqiq etishning yo‘nalishlari va metodlari.
Rekreatsion ehtiyojlar tushunchasi va dam olish uchun talab. Shakllanish va rivojlanish omillari, turizmda marketing tadqiqotlari. Ehtiyojlar tushunchasiga yondashuvlar. Iqtisodiy va psixologik yondashuv. A. Maslou bo'yicha ehtiyojlar piramidasi.


Yüklə 150,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin