Termiz davlat pedagogika instituti


Sportchilarning nazariy bilim va ko‘nikmalari



Yüklə 111 Kb.
səhifə3/10
tarix28.03.2023
ölçüsü111 Kb.
#90690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishim

1.1 Sportchilarning nazariy bilim va ko‘nikmalari
Avvalo xar bir sportchi uzi muntazam shug‘ullanayotgan sport turi qoidalarini bilishi shart va lozim. Chunki har qanday vaziyatda xam musobaqalarni olib borish jarayonlarida mazkur sport turi qoidalari sportchining bellashuvlarni olib borish taktikasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Trenerlar tomonidan sportchilarga doimiy ravishda nazariy bilimlar berib borilishi lozim. Yuqoridagilar bilan bir qatorda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda yuklamalarning kurashchilar organizmiga ijobiy ta’sir etishi bilan salbiy ta’sir etishini ham yoddan chiqarmaslik zarur. Bunda yuklamalar tuzilmasining aniq tarkibini belgilash uchun Kerimov.F.A va Taymurodov Sh.O ning tavsiyalaridan foydalanish zarur:
a) anaerob — alaktat mashqlar (energiya ta’minotining kreatfosfat manbaini rivojlantiruvchi): davomiyligi—8s, shiddati - maksimal (200 ur/ min gacha va yuqori);
b) anaerob—glikolitik (energiya ta’minotining glikolitik manbalarini rivojlantiruvchi): davomiyligi — 0,3 dan 0,5 min gacha, shiddati — submaksimal (186 ur/min gacha);
v) anaerob—aerob: mashqlar davomiyligi — 1 min gacha, shiddati — katta (174 ur/min gacha);
g) aerob mashqlar: davomiyligi — 2 dan 3 min gacha, shiddati - sust (150—156 ur/min).
Tezkorlik sifatlari, ya’ni anaerob — alaktat va anaerob — glikolitik mashqlarni biz kuzatayotgan kurashchilar 3-4 marta takrorlashdan so‘ng optimal (daraja) chegara (R<0,001) buladi.
Bunday yo‘nalish rejimida mashqlar davimiyligi 8-10s dan oshmasligi lozim (kreatinfosfat energiya ta’minotini rivojlantirish uchun optimal davomiylik 6—8s. ga yetadi).
Maksimal shiddat rejimidagi kirish bilan 8-10 s ichida maxsus yuklama tarkibi quyidagicha: tik turishda tashlashlarni kamida 6—7 marta bajarish lozim. Tanaffus vaqti 1—2s, keyin tashlash seriyasini davom ettirish zarur. Bitta yondoshishda tashlashlarni 4—6 seriyada bajarish.
Anaerob — glikolitik yo‘nalishdagi mashqlarni (bajarishda quyidagi xollarda) bir marta takrorlashdan keyin ta’minlanadi (R<0,005). Mashqlar o‘rtasidagi dam olish vaqti 0,5 min. gacha optimal davomiylikda 1—2 min.ni tashkil etadi (R<0,001).
Mashqlarning bitta seriyasidagi takrorlashlar soni 12—16 marta.
Kurash mashg‘ulotlari uchun quyidagi (tezkor meyorlash) yuklamalar meyorlandi.
Anaerob—alaktat ixtisoslashtirilgan yuklamalar uchun mashqlarni 6 qismgacha takrorlash, davomiylishi 10 s dan oshmaydi (R<0,01).
Anaerob — glikolitik yuklama mashqlari 4 seriyagacha takrorlash.
Aralash yuklama mashqlarini 2—3 seriya takrorlash.



Yüklə 111 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin