Termiz davlat pedagogika instituti



Yüklə 111 Kb.
səhifə1/10
tarix28.03.2023
ölçüsü111 Kb.
#90690
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishim



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAGISTRATURA BO‘LIMI
21-19 guruh
Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi ”
fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Mashg‘ulot jarayonining mikrotsikl, mezotsikl va makrotsikllarini tuzilishi hamda sport faoliyatidagi ahamiyati
Bajardi: Choriyev S.T
Rahbar: p.f.n. Alimov Q.A


Termiz-2022
Mavzu: Mashg‘ulot jarayonining mikrotsikl, mezotsikl va makrotsikllarini tuzilishi hamda sport faoliyatidagi ahamiyati.
Reja
Kirish………………………………………………………………………… 3
I-Bob SPORT MASHG‘ULOTLOTLARINING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Sportchilarning nazariy bilim va ko‘nikmalari........................................... 7
1.2 Trener va sportchi munosabatlari ............................................................... 8
1.3 Ko‘p yillik tayyorgarlikni davom etishi va uni aniqlovchi omillar............. 9
II-Bob MASHG‘ULOTLAR JARAYONINI REJALASHTIRISH
2.1 Mashg‘ulot mikrotsikli...............................................................................10
2.2 Mashg‘ulot mezotsikllarini tuzilishi...........................................................15
2.3 Makrotsikllarda mashg‘ulotlar jarayonining tuzish metodikasi.................17
Xulosa..............................................................................................................23
Foydalanilgan adabiyotlar.............................................................................25



Kirish
Ishning dolzarbligi Bugungi kunga kelib mamlakatimizda barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya va sport sohasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 2015-yil 4-sentiyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘RQ-394-son (yangi tahririda) Qonunida, jismoniy tarbiya — madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar yig‘indisidan iborat deb bejizga aytilmagan.
Bugungi kunda mashg‘ulot vositalari va tuzilmalarini (sikllarni) tanlashni hamda tayyorgarliklarni rejalashtirishni aniqlab beradi. Biroq tayyorgarliklarni to‘g‘ri rejalashtirish zarurligi to‘g‘risidagi takliflar amalga oshirilmay qolmoqda. Shuning uchun ushbu mavzuni dalzarb mavzu sifatida tanladik.
Tayyorgarlikni optimillashtirish muammosi ko‘p jihatdan uning jismoniy mashqlarda meyorlanishiga bog‘liq. Jismoniy va maxsus mashqlar shiddatini meyorlashda texnik harakatlarni takomillashtirishni bevosita va bilvosita boshqarish metodini orqali amalga oshiriladi. Bevosita boshqarish uslullariga takrorlashlar soni, tezlik, aniqlik, qo‘llaniladigan harakatlar hajmi va boshqa parametrlar to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni so‘z orqali tushuntirish kiradi.
O‘quv-mashg‘ulot jarayoni ko‘p yillik va butun yil davomida amalga oshirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim, har bir kelasi mashg‘ulot ta’siri mashg‘ulot jarayonida oldingi mashg‘ulot iziga ustma-ust tushishi lozim. Bunda oldingi mashg‘ulot ta’sirida yuzaga kelgan kurashchi organizmidagi ijobiy o‘zgarishlar mustahkamlanadi hamda takomillashadi; maxsus mashqlar va umumiy mashg‘ulotlar o‘rtasidagi dam olish, tiklanish hamda mashqlanganlikni o‘stirish uchun yetarlicha bo‘lishi lozim.
Mashg‘ulot jarayoni uzluksizligini tashkil qilishda hamma asosiy musobaqalarning yil davomida to‘g‘ri taqsimlanishi ya’ni sikllarning (mikrotsikl, mezotsikl va marotsikl) to‘g‘ri tanlanishi katta ahamiyatga ega. Odatda ikkita-uchta asosiy musobaqalar ajratiladi, qolgan barcha yordamchi musobaqalar ularga bo‘ysundiriladi va ish shunday taqsimlanadiki, bunda mashqlanganlik asoslari maqsadli va muntazam ravishda yaxshilanishi hamda musobaqa faoliyati ishonchliligining oshishi lozim.
Sportchining yoshi, tayyorgarlik darajasi, shuningdek alohida xususiyatlariga qarab, bu nisbat boshqacha bo‘lishi mumkin. Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligi nisbatlari o‘lchamini aniqlashda, nafaqat uning tayyorgarlik darajsini, balki alohida xususiyatlari: bellashuvni olib borish metodi, harakat malakalarini o‘zlashtirishi, mashg‘ulot yuklamalariga bardosh bera olishi va boshqalarni hisobga olish lozim.
Mashg‘ulot jarayoni uzluksizligini tashkil qilishda hamma asosiy musobaqalarning yil davomida to‘g‘ri taqsimlanishi katta ahamiyatga ega. Odatda ikkita-uchta asosiy musobaqalar ajratiladi, qolgan barcha yordamchi musobaqalar ularga bo‘ysundiriladi va ish shunday taqsimlanadiki, bunda mashqlanganlik asoslari maqsadli va muntazam ravishda yaxshilanishi hamda musobaqa faoliyati ishonchliligining oshishi lozim.
Mashg‘ulot va musobaqa yuklamalarini asta-sekin oshirib borish, shuningdek texnik-taktik tayyorgarlikka bo‘lgan talablarning asta-sekin murakkablashishi o‘smir sportchilarning mashqlanganligini yanada samaralini oshirishga yordam beradi.
Zamonaviy trenerning pedagogik mahorati ko‘p jixatdan mikrotsikllar, mezotsikllar va makrotsikllardagi o‘quv mashg‘ulot yuklamalarining hajmi hamda shiddatini to‘lqinsimon tuzish malakasida namoyon bo‘ladi
___________________

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” gi qonuni.-2015 yil 4 sentiyabr O‘RQ-394-son. // Xalq so‘zi.-2015.- 5 sentiyabr.

8. Kerimov F.A, Umarov M/ Sportda prognozlashtirish va modellashtirish/.-Toshkent, 2018 124-b.

Yüklə 111 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin