Kunlar Tayyorgarlik davrining oxiri
Musobaqa davri
Dushanba Gimnastik mashqlar
Gimnastik mashqlar
Seshanba Tezkorlik
Tezkorlik
Chorshanba Tezkor-chidamlik
Tezkor-chidamlik
Payshanba Dam olish
Dam olish
Juma Dam olish
Gimnastika
Shanba Texnika
Musobaqa
Yakshanba Texnika
Musobaqa
Bu maqsadda Polsha xotin - qizlar sprinterlarini mikrotsikl variantiga nazar tashlang. (GANSE materiali).
Mikrotsikllar tuzilishini aniqlovchi shart va sharoitlarga quyida-gilar kiradi.
1. Sportchilar hayotidagi umumiy rejim (o‘qish va mehnat qi-lish faoliyatidagi) va unga bog‘lik bo‘lgan ishchanlik dinami-kasi.
2. Mikrotsikldagi yuklamani umumiy kattaligi mashg‘ulotlar soni va mazmuni.
Bu omillarni ta’sir ko‘rsatishi sport mutaxassisligi hamda tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Masalan: Mashg‘ulotlarning mazmuni, ularning mikrotsikl-dagi soni, yuklamaning xajmi, xar bir sport turida yengil atletikachilarda, gimnastlarda, suzuvchilarda, kurashchilarda, bokschilar va x.kada har xil bo‘ladi.
Bundan tashqari boshlovchi sportchilar va yuqori razryadli sportchilar mashg‘uloti jarayonida xam shunday farqni ko‘rish mumkin.
3.Mashg‘ulot yuklamasi va bioritmik faktorlarga nisbatan javob berish reaksiyasining individual xususiyatlari. Shug‘ullanuvchilar organizmi bir xil xajm va shiddatdagi yuklamaga xar xil javob beradi. Bu esa ularning organizmini xar xil xususiyatlariga bog‘liq. Shunga nisbatan, mashg‘ulot yuklamasiga ham xar xil sportchini organizmi individual moslashish (adaptatsiya ) beradi. NS. Qucherov va boshqalarni ko‘rsatishiga qaraganda mikrotsikl fazalarini xaftalik bioritm fazalari bilan kelishtirish maqsadga muvofiqdir.
1. Mikrotsikllar yuklamasining tuzilishi, siklning ichida o‘zgarishi mumkin, yuklama hajmi siklning yuqori ahamiyatiga qarab chang‘ida balandlikdan sakrovchilarning musobaqa davridagi mikrotsikldagi yuklamaning dinamikasi.
2. Mikrotsikllarning tuzilishi, mashg‘ulot davrlari va bos-qichlarini tuzilishiga qarab, uni qaysi (joyga qo‘yish rejala-shtirladi) jarayoniga borliq. O‘zini shakli va mazmuniga qarab, tayyorgarlik davrining umum tayyorgarlik bosqichidagi mikrotsikl hech qachon shaxsiy musobaqa davridagi mikrotsiklga o‘xshamaydi, Xamma davrlar uchun ishlatiladigan universal mikrotsikl xam bo‘lishi mumkin emas. Mashqlar komplksini asosiy va qo‘shimcha mashg‘ulotlarining tartibini almashtirish, yuklama va dam olishni o‘zgartirish bilan murabbiy mashg‘ulot jarayonining o‘sib borishini va sportchi organizmining yuqori natija ko‘rsatishi uchun tayyorlab boradi.
Mikrotsikllarning turlari va ularning alohida xususiyatlari.
Sport mashg‘ulot jarayonida quyidagi mikrotsikl turi aniq-lanadi;
- tortuvchi
- zarbdor
- yaqinlashtiruvchi
- musobaqa
- qayta tiklovchi
a) tortuvchi mikrotsikllar:- katta bo‘lmagan hajmdagi yukla-malardan tuzilib, sportchi organizmini shiddatli mashg‘ulot-larga kiritilishiga qaratiladi. Bular fundamental davrni 1-(umumtay-yorgarlik) bosqichida ishlatiladi.
b) zarbali mikrotsikllar: - katta hajmdagi yuklamani shid-datli bajarishga qaratiladi, Bularni asosiy vazifasi sport-chilarning organizmi moslashish jarayoning asosiy texnik va taktik, jismoniy ahloqiy, irodaviy maxsus psixologik va integral vazifalarni yechishda yordamlashishdan iboratdir.
Bularni asosiy o‘rni fundamental davrni 2- maxsus tayyorgarlik bosqichi va shaxsiy musobaqa davrlarida ishlatiladi.
v) yaqinlashtiruvchi (modelli) mikrotsikllar-asosiy vazifasi musobaqaga yaqinlashtirishdan iboratdir. Bularni ichki qismida kelguvchi musobaqalarni rejimi takrorlanadi. Murabbiy asosan sportchini mehnat rejimiga, uning organizmini tiklanishiga, dam olishiga, asosiy diqqatini jalb qilib, charchatmasdan musobaqaga olib chiqishi zapyp.
g) qayta tiklovchi mikrotsikllar - bular bilan ko‘pincha zarbali mikrotsikllar seriyasi tugallanadi. Shuningdek shiddatli musobaqa faoliyatidan keyin ham (rejalashtiriladi) rivojlan-tiriladi.
d) musobaqa mikrotsikllari - musobaqada qatnashish. Bu yoki u sport turining dasturiga binoan tuziladi. Mashg‘ulot mikro-sikllarini tuzish uchun quyidagilarni bilish shart.
- sportchini organizmiga, har xil hajmdagi va yo‘nalishdagi yuklama qanday ta’sir ko‘rsatishini.
- yuklamalardan keyin organizmni qayta tiklanish dinamikasi va davom etish vaqtini.
- katta jismoniy yuklamadan keyin qayta tiklanish jarayonni tez-lashtirish maqsadida va o‘rta darajadagi yuklamalarni ishlatish imkoniyati
Mikrotsikllardagi yuklama va dam olishni almashtirish organizmni quyidagi 3 xil tipdagi reaksiyaga olib kelishi mumkin.
a) mashq bilan chiniqqanlikii maksimal rivojlanishiga.
b) mashg‘ulotnini kam samaradorligiga yoki uni butunligicha yo‘qligiga
v) sportchini holdan toyishi yoki madori furishiga
Birinchi tipidagi reaksiya - mikrotsiklga katta va anchagina yuklamali, optimal mashg‘ulot soni kiritib ular o‘zapo ratsional holda hamda kichik yuklamali mashg‘ulotlar bilan almashtirilgan takdirda organizmni reaksiya orqali javob berishga olib keladi.
Ikkinchi tipdagi reaksiya - mikrotsiklga kiritilgan mashg‘ulotlar soni va ularning yuklamasi mashq bilan chiniqqanlik darajasiga kam ta’sir ko‘rsatsa, uchinchi tipdagi reaksiya - mikrotsiklga kiritilgan mashg‘ulotlar ratsional almashtirilmagan taqdirda organizmni tez reaksiya berishiga olib keladi.