Termiz davlat pedagogika instituti


II-Bob MASHG‘ULOTLAR JARAYONINI REJALASHTIRISH



Yüklə 111 Kb.
səhifə5/10
tarix28.03.2023
ölçüsü111 Kb.
#90690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishim

II-Bob MASHG‘ULOTLAR JARAYONINI REJALASHTIRISH
2.1 Mashg‘ulot mikrotsikli
Shu bosqichdagi tayyorgarlik vazifalarini kompleks ravishda yechishni taminlaydigan, bir necha kunlar ichida o‘tkaziladigan mash-g‘ulotlar seriyasidir, mikrotsikllarni davom etishi 3 - 4 kundan 10 - 14 kungacha. Ko‘pincha hayotda bir haftalik (7 kunlik) mikrotsikl haftalik kalendari bilan mos kelib shug‘ullanuvchilariing umumiy rejimi-ga qo‘shilib ketadi. 7 kun davom etadigan mikrotsikllarni ko‘pin-cha xaftalik sikl deyiladi. Boshqacha ko‘p yoki kam kun davom etadigan mikrotsikllarni xar xil variantlarda, shu jumladan shaxsiy musobaqa davrining aloxida kerakli joylarida, o‘tkaziladigan musobaqani davom etishiga qarab tuzilishi modellashtiriladi. Masalan: agar qilich-bozlik va sport gimnastikasidan quyidagi sxema bo‘yicha musobaqa o‘tkazilganda qilichbozlik 1 - kun shaxsiy musobaqa 2 - kun komandalar musobaqasi, 3 - kun final.
Sport gimnastikasi 1 kun majburiy dastur. 2 kun erkin dastur. 3 kun ko‘p kurash finali, 4 kun ko‘pkurashnipg ayrim turlari finali. Bu ko‘rinishda esa mikrotsikl shu sxemani o‘zgartirmasdan takrorlashi shart. Mikrotsikllar kamida ikki: kumilatsion (yig‘uvchi), (u yoki bu darajadagi charchash bilan bog‘lik), hamda qayta tiklovchi, mashg‘ulotlar xarakterida tuzilgan fazodan iborat bo‘ladi.
Mikrotsikllarning minimal davom etish vaqti 2 kun. Yuklama olish kuni va qayta tiklash kuni bo‘ladi. Ko‘pincha bu fazalar mikrotsikl ichida takrorlanib, har bir mikrotsikl qayta tiklash fazasi bilan tugallanadi.
Qayta tiklash fazasi hamma vaqt ham mikrotsiklni tugalla-masligi uning ichida qaytarilishi ham mumkin. Mashg‘ulotlar mazmunining ketma - ketligi esa tayyogarlik davriga, vazifasiga va qanday mikrotsikl bo‘lishiga bog‘liq.
Katta bo‘lmagan shiddatda bajariladigan, katta hajmdagi ish tez - tez qayta tiklashni talab qilmaydi, balki yuqori shiddatda katta hajmli ish bajarish mashg‘ulotga qayta tiklashni tez - tez kiritishni talab qiladi.
Mikrotsiklni tuzishda oldingi va keyingi mashg‘ulotlarni qaysi tomonga yo‘naltirilganligi hisobga olinishi kerak.
1. Mikrotsikl va tezkorlik - kuchlilik sifatla-rini optimal ish qobiliyati oshgan kunlardagina qo‘yib tuzishni prinsipial ravishda talab qiladi. Shuning uchun chidamlilikka quyidagidan katta talab, tezkorlikdan keyii qo‘yiladi. Katta yuklamadan keyin, ko‘nincha organizmni qayta tiklash uchun 24 soat vaqt talab qiladi.
Aniqroq qilib aytganda, organizmda tezkorlik va chaqqonlik va tezkor kuchlilik sifatlarini tarbiyalash, hamda mashqlar texnikasini takomillashtirgandan keyin o‘rtacha 2 - 3 kundan keyin: Aerob imkoniyatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘u-lotdan keyin o‘rtacha 5-7 kundan keyin tiklanadi. Masalan: tezkor kuchlilikni tarbiyalashga qaratilgan mashg‘u-lotni katta yuklamali mashg‘ulotlar oldida o‘tkazish shart.
2. Sport formasiga kirgan yuqori malakali sportchilarda 1-2 razryadli sportchilarga qaraganda 1,5-2 marta tez tiklanishi mum-kin.
Individual qobiliyatiga qarab tezkor-kuchlilik mashqlaridan keyin 24-72 soatda, chidamlilikdan keyin 48-120 soatda tiklanadi. Shuning uchun shaxsiy musobaqa davridagi mikrotsikldagi yuklama shunday taqsimlanishi kerakki musobaqa ish qobiliyatini yuqori fazasiga to‘g‘ri kelsin. Bu esa optimal yuklama orqali 2-3 kun oldin hosil qilinadi.

________________


4. Goncharova O.V Yosh sportchilarni tayyorlash./-T,2018 43-b

Yüklə 111 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin