Adabiyotlat tahlili va metadologiya Sportchilarni tayyorlash texnologiyasining markaziy bo‘limlari qatoriga mashg‘ulot tuzilmasi kiradi. Kerimov F.A ning fikricha, sportchilarni umumiy tayyorlash modeliga uchta asosiy, ya’ni musobaqa faoliyati (MF), tayyorgarlik tomonlari (TT) va organizm imkoniyatlari (OI) kiradi. Musobaqa faoliyati (MF) tuzilmalarini sportchilar organizmining funksional imkoniyatlari bilan, Musobaqa faoliyati (MF) ko‘rsatkichlari bilan birga sportchilar mashqlanganligi tuzilmasining aniq son ifodasi bilan bog‘langanda mashg’ulot jarayonini oqilona tuzish mumkin bo‘ladi. Bu ishlarda Musobaqa faoliyati (MF) birlamchi hisoblanadi. Daminov I.A va Qosimov O‘. R lar ta’kidlaydiki mashg‘ulotlarni boshqarish uning tayyorgarlik yo‘nalishi, optimal hajmi va shiddatini ta’minlash demakdir.
Sport mashg‘ulotining ushbu tamoyili mashg‘ulot yuklamalarining to‘lqinsimon shaklda tuzilishini nazarda tutadi. Yuklamalarning to‘lqinsimon tuzilishi ham nisbatan qisqa, ham mashg‘ulot jarayonining undan uzoq fazalari (bosqichlar, davrlar, sikllar) uchun xosdir. Yuklamalarning to‘lqinsimon tuzilishining uchta asosiy turi ajratiladi:
a) yuklamalarning kichik to‘lqinsimon tuzilishi, bir necha kundan (ko‘pincha haftadan) iborat mashg‘ulot mikrotsikli, deb nomlanadi.
b) yuklamalarning o‘rtacha to‘lqinsimon tuzilishi, u bir nechta mikrotsikllarni (3-6 haftani) o‘z ichiga oladi xamda bitta o‘rta siklni tashkil etadi. U mezotsikl deb nomlanadi.
v) o‘quv mashg‘ulot bosqichlari yoki davrlari uchun yuklamalarning katta to‘lqinsimon tuzilishi, u bir qancha o‘rta sikllarni o‘z ichiga oladi va mashg‘ulot makrotsikli deb nomlanadi.
_____________________ 5. Daminov I. A. Qosimov O‘. R. // Sportchilarni Tayyorlash Texnologiyalari (Engil atletika misolida)// “LESSON PRESS”, MCHJ nashriyoti 2021:.87-b.
Ibrohimov O‘.I, Jumayev Z. Trenerlik kasbi.-T, 2006 “Zar qalam” nashriyoti 2006, 43-b
Kerimov F.A, Umarov M/ Sportda prognozlashtirish va modellashtirish/.-Toshkent, 2018 104-b.
Ishning maqsadi. Mashg‘ulot va o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarida yuklamalarni musobaqa turiga qarab sikllar asosida tuzish.
Tadqiqotning farazi:Faraz qilindiki, sportchilarning texnik-taktik xarakatlarini takomillashtirishda yuklamalarni to‘g‘ri va oqilona tuzishda sikllarni inobatga olib ularning sport natijalari samaradorligini yanada oshiradi.
Ishning yangiligi: Sikllarni inobatga olib tayyorgarlik yuklamalarini tuzilish sportning yo‘nalishiga; sportchining rivojlanish individualligiga; mashg‘ulot jarayonini xususiyatlariga bog‘liq ekanligi
- ko‘p yillik tayyorgarlikni rejalashtirish yuqori sport natija-larini ko‘rsata oladigan chegaralariga qarab ham aniqlanishi va davom etirish
- sportchilarning siklik yuklamarini tuzishning ilmiy metodlarini ishlab chiqish;
- ish davomida sportchilarning jismoniy va texnik ko‘rsatkich o‘zgarishlarini kuzatish.
Ishning amaliy ahamiyati: Ish natijalari quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:
- Ular malakali sportchilar xisoblanib, tadqiqotlar ularning umumiy sport tayyorgarlik darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- ishlab chiqilgan ilmiy metodlaridan mutaxassislar keng miqyosda foydalanishi mumkin.;
Ishning predmeti: Sikllarning mashg‘ulot yuklamalaridagi umumiy ahamiyati, ilmiy metodlari va vositalari.;
Himoyaga chiqariladigan asosiy holatlar.Yuklamalarning sikllarga mos ravishda tuzilishi va uning sportdagi ahamiyatini yoritib berish.