2.3 Makrotsikllarda mashg‘ulotlar jarayonining tuzish metodikasi
Makrotsikllarning umumiy strukturasi va turlari.
Mashg‘ulot makrotsikllarining tuzish metodikasi birinchi navbatda mashg‘ulotda qo‘yilgan asosiy vazifaga bog‘liq bo‘lib, bu vazifani mashg‘ulot jarayonida bajariladi. Ko‘p yillik tayyorgar-likning birinchi bosqichida (bu bosqichning asosiy vazifasi har tomonlama gormonik jismoniy rivojlanish asosida samaradoroq tayyorgarlik uchun texnik va funksional (ko‘nikma va malakalarni) tuzish mashg‘ulot makrotsikllarining tuzilishi sportchi o‘zini individual imkoniyatlarini maksimal ravishda amalga oshirish bosqichida tuziladigan makrotsikllardan prinsip jihatidan farq qiladi. Ko‘p yillik tayyorgarlikning 1 - 2 bosqichlarida mashg‘ulot jarayonini yillik makrotsikllar asosida tuziladi. Bunda sportchi tayyorgarligining hamma tomoni paralel rivojlantiriladi. Ayrim xollardagina (qachonki tayyorgarlikning malum bir tomo-nini takomillashtirishga etibor berilish kerak bo‘lganda, yaqqol ko‘rinib turgan kamchiliklarni tuzatganda) sportchining texnik, taktik, jismoniy psixik tayyorgarligining vazifalari hal etiladi.
Keyinchalik qachonki yuqori sport ko‘rsatkichlariga erishish uchun va musobaqalarda yaxshi qatnashish uchun sportchilarga o‘zlari-ning individual imkoniyatlarini maksimal holda ishlatish vazifa-si qo‘yilganda mashg‘ulotlar makrostrukturalari ancha murakkab (har bir xolatda konkret aniqlashgan) xarakterda bo‘ladi.
Mikrotsikllarning davom etishi va tuzilishi ko‘pgina fakt-orlar bilan belgilanadi. Bu faktorlar ichida birinchi navbatda sport turining maxsus xususiyatlarini va sport mahoratini tashkil etuvchi asosiy qonuniyatlarni: sportchining aniq musobaqalarga (masalan, Yevropa, dunyo olimpiya birinchiliklariga) tayyoragarlik ko‘rishi zarurligini: sportchining individual adaptatsiya qilish imkoniyatlarini, tayyorgarlik strukturasini, o‘tilgan mashg‘ulot mazmunlarini aytib o‘tish kerak. Mashg‘ulotning makrostrukturasida har xil makrotsikllar ajralib chiqadi. Bu makrotsikllar (to‘lqinsimon bo‘lib) goh pasayib goh ko‘tarilib bir necha oydan 4 yilgacha davom etishi mumkin.
4 yillik makrotsikllar olimpiada o‘yinlariga rejali ravish-da tayyorgarlik ko‘rishni tashkil etish uchun tuziladi. Bunday holda makrotsiklning har bir yillik bosqichining mazmuni va vazifasi orqali vazifalarning bajarilishiga qaratilgan.
Sport musobaqalari taqvimini doimiy ravishda kengayib borishi 3-4 ta makrotsikllarnish kelib chiqishiga olib keldi. Bu musobaqa taqvimiga ko‘pgina xal qiluvchi musobaqalar bo‘lib ularni o‘tkazish vaqti ko‘rsatilgan. Sport musobaqalarinn tabora ko‘payib borishi sport tayyorgarligi uchun material bazasini yaxshilashga olib keldi.
Manej, voletrek, qishki stadionlar, ko‘pgina suv xavzalari-ning qurilishlari paydo bo‘lishi ko‘pgina sport turlarini yilning faqatgina malum vaqtida - mavsumda o‘tkazilishidan xolos etdi. Mana shunday qilib velosportda (trek), yengil atletikada 2 ta yillik makrotsikl, suzishda 2-3 ta yillik makrotsikllar kelib chiqdi.
Shuning bilan birga yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun uzoq va keskin musobaqa faoliyatini va shuningdek tayyorlanish uchun uzoq vaqtni talab etuvchi sport tu'rlarida (velosportda shosse, marofon) 1 ta yillik makrotsiklni saqlash talab etiladi. Ayrim sport turlarida 2 yillik sikllar rejalashtirishi mumkin. Bu yangi va o‘rta mukammal dasturlarni o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq (figurali uchishda, sport gimnastikasida konki uchishda), lekin bunday sikllarnint har xil bosqichlarida sportchilar eski dastur bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etishi mumkin. (N.Ozolin, 1984 y).
Sport o‘yinlarida kalendarning o‘ziga xos xususiyatlari yil mobaynida mashg‘ulotlarning qay tarzda o‘tilishini kerakligini malum qilib qo‘ydi, yillik mikrotsikllar bilan bir qatorda (futbol, xokkeyda) yarim yillik mashg‘ulot makrotsikllari xam mavjuddir (basketbolda, suv polosida).
Mashg‘ulotlarni yillik makrotsikllar asosida tuzish chang‘i uchish, biatlon, tog‘ chang‘isi, bobsley, yelkanli sport, eshkak eshish kabi sport turlari uchun xarakterlidir.
Yillik mashg‘ulotni 1 ta makrotsikl asosida tuzilsa 1 siklli, 2 ta makrotsikl asosida tuzilsa 2 siklli, 3 ta makrotsikl asosida tuzilsa 3 siklli mashg‘uldotlar deyiladi. Har bir makrotsiklda uchta: tayyorgarlik, musoboqa va o‘tish davrlariga bo‘linadi.
Mashg‘ulot jarayonini 2 va Z siklli tuzishdan «ikkilangan» va «uchlangan» deb ataladigan variantlardan ko‘proq foydalani-ladi. Bunday xolatlarda 1 va 2; 2 va 3 makrotsikllar orasidagi o‘tish davri rejalashtirilmaydi. Oldingi makrotsiklning musobaqa davri eca navbatdagi makrotsiklning tayyorlovchi davriga o‘tadi. Agar bir yilda 2 ta yoki undan ko‘p makrotsikllar rejalash-tirilsa ular bir - birlaridan mazmuni va davomiyligi jihatidan yil mobaynida mashg‘ulot jarayonini tuzish varianti bilan ajraladi. Masalan: yuqori klassli sportchilarni tayyorgarligining 3 siklini rejalashtirishda 1-mikrotsikl baza hosil qilish xarak-terida bo‘ladi, yani sportchilar tayyorgarligining kompleks ravishda bo‘lishi, va asosiy musobaqalarga nisbatan past musobaqa-larda qatnashishlarini nazarda tutadi. 2-mikrotsiklda mashg‘ulot jarayoni ko‘proq mutaxassislikka yaqinlashtirib yilning asosiy musobaqalarida qatnashishga qaratilgan bo‘ladi. 3-mikrotsiklda eng yuqori ko‘rsatgichlarga erishish maqsad qilib qo‘yiladi. Mashg‘ulot musobaqa yuklamalari maksimal kattalikgacha yetkaziladi. Tayyorgarlik davrida asosiy musobaqalarda yaxshi qatnashish uchun mustahkam funksional baza quriladi, tayyorgarlikni har xil tomonlari rivojlantiriladi va davr ikki bosqichga bo‘linadi: umum tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik bosqichlariga. Musobaqa davrida - tayyorgarlikning har xil tomonlari yanada rivojlantiriladi va integral tayyorgarlik taminlanadi. Bu davrda musobaqalar o‘tkaziladi va shu musobaqalar yordamida keyingi asosiy musobaqalarga tayyorgarlik boradi. O‘tish davri - mashg‘ulot va musobaqa davridagi yuklamalardan so‘ng navbatdagi makrotsiklga tayyorgarlik uchun jismoniy va psixik potensiallarni tiklashga qaratilgan.
Tayyorgarlikni bosqichlarggi va davrlarni davomiyligi va mazmunlari alohida makrotsikl meyorida (mobaynida) ko‘pgina faktorlar bilan aniqlanadi.
Bu omillardan biri sport turining maxsusligi bilan bog‘liq;
- musobaqa faoliyati, shu sport turi musobaka tizimini taqoza etgan sportchilar tayyorgarligining tuzilishi bilan;
- boshqa omillar ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlari har xil sifatlarni rivojlantirish qonuniyatlari bilan;
- sport musobaqasi taqvimi, musobaqa oldidan sportchilarga qo‘yiladigan vazifalar bilan;
-sportchilarni individual, morfologik va funksional xususi-yatlari, mashg‘ulot xususiyatlari individual sport taqvimi bilan: tayyorgarlikni tashkil qilish (markazlashtirilgan) tayyorgarlik yoki ma’lum joylar sharoitida iqlim sharoiti, texnik saviyasi va boshqalar bilan bog‘liqdir.
Bu faktorlarning har xilligi mashg‘ulot jarayoni yo‘nali-shining makrotsikllar, davrlar, bosqichlar va ularni kichik tashkil etuvchilarni tuzilishlarini belgilaydi.
N.G.Ozolin shunday deb yozadi: mashg‘ulot jarayoni mazmunini yo‘nalishi davrlarini aniqlaydi. Mashg‘ulot jarayonini davr va bosqichlarga, mashg‘ulot jarayonini rejalashtirishga tayyorgarlik mazmunining vazifasi va vaqti bo‘yicha effektiv joylashtirishga (rasmiylashtirishga) yordam beradi,
Makrotsikllar tuzilishini aniqlovchi ko‘pgina faktorlar va ularning oxirgi ko‘rsatgichiga erishishdagi tutgan o‘rinlari makrotsikllarda mashg‘ulot jarayoni tuzilishini xaddan tashqari murakkablashtiradi. Masalan; mashg‘ulot jarayonini moslashishlar tuzish qonuni-yatlari asosida tuzishga intilish, faqatgina sport mashg‘ulotini anik vazifalari xal qilingandagina yetarli natija ko‘rsatadi deb hisoblardi. Mashg‘ulot makrotsikllarini tuzish asosida yetgan sport mashg‘uloti umum qonuniyatlariga bunday yondoshish, ko‘pgina sport turlarida mashg‘ulot jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan metodologik xato hisoblanadi. Mashg‘ulot yuklamalarini ayrim mashg‘ulotlarda va makrotsikllardagina bitta yo‘nalishda bo‘lishini ta’minlamasdan, salkam butun tayyorgarlik bosqichlari davomida ham mashg‘ulot yuklamalari bir yo‘nalishi. Bunday ko‘rsatmalar texnik - taktik harakat arsenallarini, psixologik vazifalarini chegaralagan holatda jismoniy tayyor-garligiga nisbatan past sport turlarida alohida qo‘llanishi mumkin, lekin siklik xarakterdagi o‘yinlarda, yakka bellashuv-larda, murakkab koordinatsion sport turlarida qo‘llash to‘g‘ri kelmaydi.
Sport turi ko‘p yillik tayyorgarlikning bosqichlariga shug‘ullanuvchilar kontingentiga bog‘liq xolda makrotsiklda turli davr va etaplar keng diapazon asosida tebranishi mumkin. Masalan; suzishda, yengil atletikada va boshqa sport turlarida siklik xarakterdagi sport turlarida musobaqa davrining davomiyligi (yoki ikki uch siklli rejalashtirilgan davrlarda) sport o‘yinla-ridagi musobaqa davriga nisbatan 1.5, 2.5 marta kam bo‘lishi mumkin.
_________________
6. Ibrohimov O‘.I, Jumayev Z. Trenerlik kasbi.-T, 2006 “Zar qalam” nashriyoti 2006, 29-b
Yilning ma’lum vaqtidagina mavsumda o‘tkaziladigan sport turlari yil mobaynida o‘tkaziladgan sport turlaridan tayyorgarlik davrini uzoq muddatliligi musobaqa davrini qisqa muddatliligi bilan farq qiladi.
Ko‘p yillik tayyorgarlikni boshlang‘ich bosqichi, shuningdek bazani tayyorgarlikni oldingi bosqichiga tayyorgarlik davrini uzoq muddatliligi bilan ajralib turadi. Musobaqa davri ancha qisqa va anik, ko‘rsatilmagan yuqori sinf sportchilarida buning tes-karisi bo‘lib, tayyorgarlik davri qisqartirilgan, musobaqa davri esa yilning ancha qismini egallaydi. Mashg‘ulot jarayonini tuzishda mashg‘ulotning malum bir siklliligiga rioya qilish zarur
Dostları ilə paylaş: |