2.2 Mashg‘ulot mezotsikllarini tuzilishi Mashg‘ulot mikrotsikllari, mashg‘ulot jarayonlarining 3 dan 6 haftagacha davom etadigan jarayonidir. Mashg‘ulot jarayonini mezotsikllar asosida tuzish shu davrdagi tayyorgarlikni, mashg‘u-lotdagi yuklama dinamikasini ta’minlash, vosita va metodlarni maqsadga muvofiq ravishda qo‘llash sportchiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishni, organizmni qayta tiklash jarayoni bilan qo‘shish natijasida kerak bo‘ladi. Jismoniy sifatlarni va qobiliyat-larini rivojlantirishiga qaratiladi.
Mezotsikllarning tiplari ko‘pincha tortuvchi, bazali tayyorgarlik nazorat, musobaqa oldi va musobaqa mezotsikllari bo‘ladi.
Tortuvchi mezotsikllarni - asosiy vazifasi sportchini, maxsus mashg‘ulot ishlarini
samaradorliroq bajarilishiga asta-sekin kiritilishidan iboratdir.
By esa mashqlarni ishlatish bilan imkoniyatlarni oxiriga qaratilgan tizim va mehanizmlarni darajasini aniqlovchi har xil chidamlik turlarini rivoj-lantirish imkoniyatlari tezkor - kuchlilik va zgiluvchanlik sifatlarini tanlab takomillashtirish. Oxirgi xisobda ishning samaradorligini oxiriga qaratiladigan xarakat ko‘nikmalari va malakalarini tashkil toptirishdan iboratdir.
Bazali mezotsikllarga - organizmni asosiy tizimlarni funksional imkoniyatlarini ko‘tarib, jismoniy sifatlarini tarbiyalash, texnika-taktika, va psixologik tayyorgarlikni takomil-lashtiriladi.
Mashg‘ulot dasturi - har xil bajarilishi bo‘yicha shiddatli mashg‘ulotlardan katta yuklamalardan foydalangan xolda tuziladi,
Tayyogarlik nazorati - mezotsikllarida sportchini oldingi mezotsikllarda erishgan imkoniyatlari sintez qilinadi yoki integral tayyorgarlik amalga oshiriladi. Mashg‘ulot jarayonida ko‘pincha musobaqa va maxsus tayyorgarlik mashqlarini musobaka sharoitiga maksimal ravishda yakinlashtiriladi.
Musobaqa oldi mezotsikllari - sportchini tayyorlash jarayonidagi xatolarni yo‘qotishga texnik imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan. Bu mezotsikllarda asosiy o‘rinni maqsadga muvofiq ravishda psixologik va taktik tayyorgarlik tashkil qiladi. Mezotsikl yuklamali va yuklamaning kamayishi bilan tuzilishi, bu esa o‘z vaqtida adaptatsiya jarayonini, charchashga qarshi turishini samaradarok bajarishga olib keladi,
Musobaqa mezotsikllarini soni va tuzilishi sport turini, sport taqvimini xususiyati, sportchining malakasi va tayyorgarlik darajasi bilan aniqlanadi. Siklik xarakterdagi sport turlarida, asosiy musobaqalar ko‘pincha 1 oydan 2 oygacha davom etadi, bunda bir yoki ikkita musobaqa mezotsikli ishlatiladi, sport o‘yinlarida asosiy musobaqalar 6 - 10 oy davom etadi. Bu vaqt ichida 5 - 6 ta musobaqa mezotsikli boshqa mezotsikllar bilan almashtirilgan holda o‘tkazilishi mumkin. Mikrotsikl va mezotsikllarni qo‘shib olib borish - mezo-siklni oldiga qo‘yilgan vazifasiga qarab, uning ichiga vositalari va yo‘nalishi bo‘yicha,
- tayyorgarlikni ayrim tomonlarini:
- integral tayyorgarligini amalga oshirishni:
- katta yuklamadan keyin o‘tadigan adaptatsiya jarayonini tikla-nishiga sharoit yaratishni o‘z ichiga oladigan mikrotsikllar kiradi.
Mikrotsikllar ichida ko‘rganimizdek organizmning funksi-onal imkoniyatlari tiklanishi bir necha kungacha davom etishi mum-kin edi. Uning uchun keyingi mikrotsikl oldingi yuklamadan qolgan charchashning hisobiga organizmni qayta tiklashga qaratilgan bo‘lishi ham mumkin. Malakali sportchilarni hozirgi kundagi mashg‘ulotlaridagi qizg‘in payti alohida mikrotsikllar yuklamani kutilishi orqali bir mikrotsikldan 2 - mikrotsiklga charchashni ortib borishi bilan xarakterlanadi.
Bu esa, organizmni funksional tizimiga va texnikani mus-tahkamligiga yuqori talab qo‘yadi. Mikrotsikllardagi yuklamani umumiy summasi ko‘p yillik tayyorgarlik davriga bog‘liq. Ko‘p yil-lik tayyorgarlikda, bazali mikrotsikllar ichidagi xaftalik mikro-sikllar yuklamasini umumiy summasini birlashishi amalga oshiri-ladi.
Mikrotsikllarni har xil tiplari ularning yuklamasini umumiy summasini ko‘p xususiyatlarini ham mezotsiklni tipi bilan aniqlanadi haftalik mikrotsikllarni umumiy summasini har xil mezotsikllar tipida birlashtirish yuqori klassifikatsiyali sportchilar tayyorgarligi uchun ham qo‘llaniladi (Platonova V.N.).