Tur: Echis carinatus Schneid-Qum charxiloni(qum efasi)
Charxilon uncha katta bo'lmaydi. Tanasining uzunligi 86, dumi qisqa — 7,5 sm gacha boradi. Usti qo'nqir-kulrang yoki qum rang bo'ladi. qiyshiq
23
joylashgan yon tangachalari orqadagilariga qaraganda to'qroq bo'ladi. Orqasida
ko'ndalang yoki oq, ko'ndalangiga cho'ziq doqlari bor. Ular qirralari orasida ilonizi yo'l qosil qilib joylashgan. Och rangli doqlardagi ba'zi tangachalarning cheti qoramtir qo'nqir yoki qora bo'ladi. Boshining ustida butsimon naqshi bor. Bu ilon joyida turgan qolda charx urib aylanadi va bu vaqtda yon tangachalari bir-biriga ishqalanib charx toshi kabi o'ziga xos tovush chiqaradi. Shuning uchun ham unga charx ilon degan nom berilgan.
O'zbekistonda charxilon Termiz atroflara va Qorasuv hamda Surxondaryodagi soq tuproqli cho'llarda juda ko'p. Bu erda bahorda bir kun davomida 30 taga yaqin ilon uchratish mumkin. Surxondaryo vodiysi bo'ylab Sho'rchi va Bobotog’ tog’ etaklari atroflarigacha tarqalgan. Qoraqalpoqistonning janubiy rayonlarida va Qizilqum cho'lida ancha kam uchraydi. Bu ilon asosan sog’ tuproqli va qumli cho'llar, daryo vohalaridagi jarliklar, ko'hna xarobalarda yashaydi. Goho u quruq yon bag’irlarda yashaydi.
Qishlagandan keyin fevral oyidayoq ko'rina boshlaydi. Issiq kelgan yillari ko'pincha qishning o'rtalarida, yanvarda chiqadi. Bahorda (mart-aprel) va kuzda (oktyabr-noyabr) ular ko'pincha inlari yonida isinib yotadi. Yozda faqat tunda aktiv yashaydi. Yosh charxilonlar chayon, chigirtka va mingoyoqlarni yeydi. Kattalari kemiruvchilar, baqalar, kaltakesaklar (dasht agamalari, tez kaltakesak, gekkon), suvilon va o'qilonlarni yeydi.
8-rasm. Qum charxiloni – echis carinatus schneid
24
Iyulning oxiri — avgust oyining boshlarida urg’ochilari 3 tadan 15 tagacha
uzunligi 10—20 sm bo'lgan tirik bola tug’adi — tutqunlikda yaxshi yashamaydi. Ilgari bu ilonlar Toshkent hayvonot bog’ida odatda 3—4 oydan keyin nobud bo'lar edi, hozir esa ikki yilgacha yashaydi.
Charxilonning chaqishi juda og’ritadi. Zahari qonning shaklli elementlarini buzadi. Bundan tashqari burundan, quloqdan va tananing shilliq qavatidan qon ketishi mumkin. Ba'zan ilon chaqqan odam uchinchi kuni halok bo'ladi. Odatda u bir oy va hatto bir yarim oy davolanib yotadi.
Dostları ilə paylaş: |