Termiz davlat universi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə13/19
tarix22.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#119711
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
nnnnnnnnnnnnnnnnnnnnnn

Biologiyasi va ekologiyasi. Dengiz sathidan 1000m balandlikkacha bo‘lgan joylarda: tog‘larda, yantoq, galofit va efemer o‘simliklar o‘sib yotgan gil tuproqli cho‘llar, saksovul va boshqa butalar o‘sadigan qumliklar, daryo yaqinidagi jarliklar va xarobaga aylangan imoratlarda hayot kechiradi. Sharoit qulay bo‘lgan yerlarda 1 ga yerda 7 ta individ uchrashi mumkin. Bu ilon yerdagi har xil teshiklar va kovaklar, kemiruvchilar ini, toshlar orasi va qoyatoshlar yorig‘ida yashaydi. Yoz faslida kun issiq bo‘lganidan pana joylarga yashirinadi. Oktabr oyida qishki uyquga ketadi. Quyosh chiqib turgan qish kunlari kunduzgi vaqtlarda kulcha bo‘lib, oftobda isinib yotadi. Surxondaryo viloyati sharoitida qum charxiloni fevralning ikkinchi dekadasida qishki uyqusidan uyg‘onadi.
Fevraldan iyungacha kunduzgi paytlarda, yozda esa tunda faol bo‘ladi. Sichqonsimon kemiruvchilar, mayda qushlar, qurbaqalar, baqalar, ayrim hollarda boshqa ilonlar va kaltakesaklar bilan oziqlanadilar. Yosh charxilonlar esa umurtqasizlar: skolopendralar,
chayonlar, chigirtkasimonlar, qo‘ng‘izlar va kaltakesaklarni yeydi. Juftlashish mart-aprel oylarida bo‘lib o‘tadi. Charxilonning urg‘ochisi iyul-avgustda urg‘ochisi uzunligi 10-16 sm keladigan 3-16 ta bola tug‘adi. Tinch holatda harakatlanganda bu ilon boshini yon
tomonga tashlab, yon tomoni bilan harakat qiladi. Bezovtalangan ilon bir joyda turib gavdasini sirtmoqqa o‘xshab qayishtiradi, bunda sirtmoqlari bir-biriga qattiq ishqalanadi, natijada charx toshiga o‘xshash tovush chiqadi. Shuning uchun ham unga charxilon deb nom berilgan. Boshini biroz yuqoriga ko‘targan holda

25
dushmanini chaqib olishga qulay fursat poylab, birdaniga hujumga tashlanishi



mumkin.


Tarqalishi. Shimoliy va Sharqiy, Shimoli-G‘arbiy Afrika, Arabiston Yarimoroli, Eron, Iroq, Afg‘oniston, Pokiston, Kaspiy dengizi sharqidan Orol dengizigacha bo‘lgan hududlarda, Turkmaniston, Tojikistonda uchraydi. O‘zbekistonda Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida, Qizilqum sahrosida uchraydi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin