Termiz davlat universi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə16/19
tarix22.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#119711
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
nnnnnnnnnnnnnnnnnnnnnn

Biologiyasi va ekologiyasi. Tog‘ va tog‘ etaklarida, tog‘ etaklaridagi cho‘l va sahrolarda, daryo vodiylaridagi jarliklarda, to‘qayzorlarda, suv qirg‘oqlarida, bog‘ va tokzorlarda yashaydi.1 ga maydonda 4 ta individ uchraydi. Dengiz sathidan 1500 m balandlikkacha bo‘lgan joylarda tarqalgan. 0 ‘zbekiston sharoitida

28
qishki uyqusidan mart oxirlari va aprel boshlarida uyg‘onadi, ba’zan bir joyda



to‘planib to‘da hosil qiladi. Gavdasi og‘ir va qo‘pol bo‘lishiga qaramasdan, ko‘pchilik holatda daraxtlarga chiqadi. Erta bahorda va may oyida kunduzgi paytlarda oftobda isinib yotadi. Yozda havo isib ketganligi tufayli kemiruvchilarning eski ini, qoyalar osti yoki toshlar orasiga kirib oladi. Agar qorni to‘q bo‘lsa, yozda 2-3 kun davomida yotgan joyidan aslo tashqariga chiqmaydi. G‘urrak, karqunoq, qizilishton kabi qushlar, ko‘rsichqon, qumsichqon, qo‘shoyoq kabi sutemizuvchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Uzumzorda yashaydigan vakillari pisib turib, uzumlarni yeyishga kelgan qushlarni ovlaydi. Juftlashishi aprel va may oylarida bo‘lib o‘tadi. Yoz oxirida 15-20 ta tuxum qo‘yadi. Tuxumlari 35-45 kunda rivojlanadi. Ayrim hududlarda urg‘ochisi 15 - 20 ta uzunligi 24 sm bo‘lgan bola tug‘adi. Soni kamayib ketganligidan muhofaza qilinadi.
Tarqalishi. Shimoliy-G‘arbiy Afrika, O‘rta yer dengizi orollari, Suriya, Falastin, Arabiston yarim oroli, Kavkaz, Turkiya, Iroq, Afg‘oniston, Belujiston, Pokiston, Shimoliy va G‘arbiy Hindiston, G‘arbiy Tojikiston va Qozog‘iston janubida uchraydi. O‘zbekistonda Xovos atrofida, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan. Zaharlanish manzarasi. Odatda bevosita xavf bo‘lganda yoki uning izidan borganda hujum qilishi mumkin. Ko‘lvorilonni chaqishi odam uchun xavfli, o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa odam o‘lishi mumkin. Zaharlanish manzarasi qora ilonsimon uchun xos bo‘lib, zahar kiritilgan joyda og‘riq, gemorragik shishlar bilan boradi, og‘ir holatlarda ushbu shishlar juda katta bo‘lishi mumkin. Chaqish joyida odatda to‘qimalar nekrozi kuzatiladi. Holsizlik, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, nafas olishning qiyinlashishi, qon ivishini buzilishi, hattoki DVS-sindrom, qon ketishi, muhim hayotiy a’zolarni (yurak, buyrak) shikastlanishi kuzatiladi. Ko‘lvor ilonlar chaqishidan qishloq xo‘jalik va uy hayvonlari ko‘proq talafot ko‘radi.
Birinchi yordam. Antidot sifatida «Antigyurza» zardobi yoki ilonlarga qarshi polivalent zardob qo‘llaniladi. O‘z-o‘zini davolash mumkin emas. Ushbu ilon chaqqanda darhol malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak.

29
Zaharning kimyoviy tarkibi va ta’sir mexanizmi. Zaharda quyidagi



fermentlar: proteinazalar, L-aminokislotalar oksidazasi, fosfolipaza A2, fosfodiesteraza, 5-nukleotidaza, gialuronidaza va boshqa fermentlar, shuningdek, A O‘O bo‘ladi.
Zahar proteolitik faol bo‘lib, 75% serin proteinazalari va 25% metalloproteinazalardan tashkil topgan. Zaharning deyarli barcha gemorragik faolligi serin proteinazalari hisobiga bo‘ladi. Shuning uchun «Antigyurza» zardobiga serin proteinazalari ingibitorini kiritish antigemorragik faollikni ikki marotaba oshib ketishiga olib keladi. Kininogenaza Mr=35000-37 000 va pH 10 bo‘lgan termostabil glikoproteindir. Zaharni saqlashda uning fermentativ faolligi pasayadi.
Zaharning sichqonlar uchun toksikligi venaga kiritish uchun 0,34 mg/kg ni, qorin uchun 2,1 mg/kg ni, teri osti uchun esa - 4,8 mg/kg ni tashkil qiladi. Zaharlangan hayvonlarda AB pasayishi reflektor mexanizmlar bilan birgalikda autofarmakologik reaksiyalar: bradikinin, beta-endorfm va boshqalarning ajralishi hisobiga sodir bo'ladi. Zahar ta’sirida tomir ichi gemolizi rivojlanadi, gemoglobinning kislorodni bog‘lash xususiyati pasayadi, bu esa to‘qimalar gipoksiyasiga olib keladi. Ko‘lvorilon zahri bilan
zaharlanishda DVS-sindrom rivojlanishiga qon ivishi tizimini X faktoriga faollovchi ta’siri sabab bo‘ladi. Bu effektni geparin bilan to‘xtatish mumkin, mazkur usul esa terapevtik ahamiyatga ega. Zahar bilan zaharlanish patogenezida endokrin tizimning shikastlanishi ham muhim rol o‘ynaydi. Subletal miqdorlarda zahar radiohimoyalovchi ta’sirga ega.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin