Tarqalishi. O‘rta va Sharqiy Yevropa, Qrim, Kavkaz, Qozog‘istonda, O‘rta Osiyoning shimoliy-g‘arbiy qismlarida, Oltoyda uchraydi. O‘zbekistonda Toshkent viloyatining Chirchiq va Sirdaryo vodiysida, Tyan-Shan tog‘lari yon bag‘irlarida keng tarqalgan. Toshkent sharoitida cho‘llarda, qamishzorlarda, sho‘rxok yerlarda, sholipoyalar
atrofida, ko‘l va daryo qirg‘oqlaridagi qalin o‘tlar orasida yashaydi. Tur: V. ursine gadyuga-Dasht zaxarli qora ilon
Sirdaryo bo'ylarida ko'pincha uncha katta bo'lmagan ilon — dasht zaharli qora iloni uchrab turadi. Tanasining uzunligi 55 sm cha, dumi qisqa 4-6 sm. Usti qo'ng’irsimon-kul-rang, orqa cho'qqasi bo'ylab to'q rangli egri-bugri yo'li bor, ba'zan u uzuq-uzuq yoki dog’lardan iborat bo'ladi. Gavdasining yonlari to'q rangli, odatda keskin ajralib turmaydigan dog’lar bilan qoplangan, bu yerdagi tangachalarining chetlari ochroq.
Respublikamizda Chirchiq vodiysida Xo'jakentdan Chinozgacha bo'lgan joylarda, Sirdaryo vodiysida Xovosdan pastroqda ko'proq, Chotqol tizma tog’larida Parkent, Chimyon va Xumson yaqinida esa kamroq uchraydi. Daryo vohalaridagi
12
jing’il va sho'ra o'tlar ko'p o'sadigan ko'llarning qirg’oqlarida, sholipoyalar
marzalarida ko'proq yashaydi. Kemiruvchilarning iniga kirib yashirinadi. Tog’lardagi yaproqli o'rmonlar zonasida kam uchraydi.
Qishlab chiqqandan keyin odatda mart oxirlarida paydo bo'la boshlaydi. Dastlabki vaqtlarda kunduzi aktiv yashaydi. May oyining boshlarida faqat ertalab, hali issiq tushmasdan ko'zga tashlanadi, yozda esa faqat kechasi chiqadi. Hasharotlar (chigirtka) bilan, shuningdek kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi.
Tur: R. lineolatus Brandt-O‘q ilon
Morfologiyasi. Uzunligi 125 sm keladi. Gavdasining usti qumga o‘xshash sarg’ish yoki och kulrang bo’lib, ustida qator yoilari bor. Gavdasi ingichka, bo‘yi uzun va boshi kichkinadir. Yon tomonidan ikkita qora chiziq tortilgan. Gavdasining ustidagi va yon tomonlaridagi chiziqlari orasida sariq tusli naqshlari bor. Yanoq qalqoni bitta, ko‘zi uchta ustki lab qalqoniga tegib turadi. Qornining oldingi qismi sariq, orqa qismi esa oq rangda, unda kulrang-jigarrang xollari bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |