Termiz davlat universi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə6/19
tarix22.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#119711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
nnnnnnnnnnnnnnnnnnnnnn

Biologiyasi va ekologiyasi. Dengiz sathidan 2600 m balandlikda bo’lgan joylarda: Qoraqum, Qizilqum, Muyunqum sahrolarida, chalacho’llarda, saksovulzorlarda, taqirlarda,
tog‘oldi hududlarida, tog‘ vodiylari va vohalarda yashaydi. Kavkazorti hududlarida qoyatoshlar atrofidagi shuvoqzor va sho‘ra butalari ostida hayot kechiradi. Noyabr o‘rtalarida 7-12 tasi birlashib, «o‘rda» hosil qiladilar va qishki uyquga ketadilar. O‘zbekiston sharoitida u qishki uyqudan erta bahorda, ayrim paytlarda fevralda, Qirg‘izistonda esa aprel boshlarida uyg‘onadi. Qornini yerga berib sudralib yurmasdan, balki yerdan ko‘tarilib buralib yuradi. Bu xilda harakat qilish qizib ketgan qumda bemalol yurishiga imkon beradi. 0 ‘rta Osiyo sharoitidagi sahrolarda kunduz kuni o‘q ilondan boshqa ilonni uchratish qiyin. Kemimvchilar va kaltakesaklar inlari, toshlar orasi, daraxt to‘nkalari osti uning boshpanasi hisoblanadi. Biron sharpani sezib qolsa, qochishga va o‘simliklar orasiga yashirinishga harakat qiladi. O‘q ilon tez harakat etishi, bir joyda qimirlamasdan

13
jim yotishi, rangining yashash muhitiga mosligi o‘zini dushmandan muhofaza etish

belgisidir. O‘ljasini daraxtda o‘tirib poylaydi va unga o‘qdek tashlanadi, gavdasi bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi yoki tiriklayin yutadi. Asosan, kaltakesakchalar, qurbaqalar va agamalar, ba’zan ilonlar bilan ham oziqlanadi. Yirikroq o‘ljasini yutolmay tashlab ketadi, chunki og‘zi kichkina, zahar tishi tishlashga yaramaydi. O‘q ilonning urg‘ochisi iyunda, ayrim hollarda iyulda 3-11 donagacha uzunchoq, bo‘yi 40-55 mm kattalikdagi tuxum qo‘yadi. Iyul va avgustda bolalari tuxumdan chiqadi. Tarqalishi. Kavkaz, Eron, Pokiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston va O‘rta Osiyoda, Janubiy Mo‘g‘uliston, Shimoliy-G‘arbiy Xitoyda keng tarqalgan.
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida uchraydi. Tur: B. trigonatum
Morfologiyasi. Uzunligi 1m gacha yetadi. Katta boshi bo‘ynidan aniq ajralib turadi. Ko‘zlari katta, tungi ilon bo‘lganligi uchun ko‘z qorachig‘i vertikal joylashgan. Gavdasining usti och sariq, qo‘ng‘ir-kulrang yoki sariq-qizg‘ishdir. Orqa tomonida egri-bugri va uzuq-yuluq oq chiziqlari mavjud.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin