Dars — maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. D. muayyan miqdordagi doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir. D. — insoniyat tomonidan minglab yillar mobaynida orttirilgan hayotiy tajribalarni oʻquvchilarga juda qisqa vaqtda oʻrgatishning eng samarali usuli. Taʼlimning D. shakli Turkistonda uzoq zamonlardan buyon qoʻllanilib kelgan. D.ni tashkil etish va uning samaradorligini taʼminlashda oʻqituvchining oʻrni beqiyos boʻlgan. Turkiston maktablarida taʼlimning tashqi shakliy jihatlariga emas, balki mohiyatiga ham eʼtibor berilgan. Chunonchi, oʻquvchilarning tayyorligini aniqlash, ularni guruhlarga ajratishda bolalarning yoshi va maktabda qancha vaqt oʻqiganligiga emas, balki oʻtilgan mashgʻulotlarni nechogʻli oʻzlashtirganliklariga tayanilgan. Turkiston maktablarida taʼlimning D. shakli boʻlganligi bilan mashgʻulotlarni sinfdars tizimi tarzida uyushtirish tajribasi boʻlmagan. Shuningdek, D.ning davomiyligi, predmetlarning oʻrinlashuvi, kundalik mashgulotlarning miqdori singari taʼlimiy chegaralar har bir oʻqituvchining uzi tomonidan belgilangan. D. kad. turkiy maorif tizimida oliy va oʻrta taʼlim boʻgʻinlarini ifoda etgan Madrasa taʼlimida ham asosiy ish shakli hisoblangan. Madrasalarda D. belgilangan muayyan tartib asosida uyushtirilgan. Ayni vaqtda, Madrasa D.larida talabalarning mustaqil oʻzlash-tirishlariga katta eʼtibor qaratilgan. Qad. taʼlim muassasalari uchun D.ning jamoa va individual shakllari krri-shikligi xos boʻlgan. D. taʼlimning jamoa boʻlib amalga oshirilish tarzi sifatida ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, D. maktab yoshidagi bolalarni yalpi oʻqitishni osonlashtiradi, ularni jamoa sifatida tarbiyalashga hissa qoʻshadi, bolalarda ijtimoiy faollik va muomala madaniyatining shakllanishiga koʻmaklashadi. D.da oʻquv mashgʻulotlarining individual, guruhiy va umumsinf shakllari uygʻunlashadi. Har qanday jamiyatda D. jamiyat tomonidan taʼlim oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. D.ning vazifalari taʼlim jarayonining qonuniyatlari va muayyan jamiyatning komil shaxs borasidagi tushunchalari bilan qatʼiylashadi. Yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga koʻra zamonaviy D. oʻquv muassasasining mulkiy mansubligidan qatʼi nazar quyidagi xususiyatlarga ega boʻlishi lozim: taʼlimning tarbiyaviy maqsadlarga boʻysundirilganligi, oʻquvchini komil shaxs sifatida shakllantirishga yoʻnaltirilganligi, ilmiyligi va izchilligi, tarbiyalanuvchining faolligi va mustaqilligini taʼminlashga qaratilganligi, insonparvarlik yoʻnalishiga egaligi, tizimliligi, bilimlarni ongli ravishda oʻzlashtirishga qaratilganligi, amaliy axa-miyatga egaligi va h.k. Zamonaviy taʼlim tajribasida bir D. uchun belgilangan standart vaqt mavjud. Bu vaqt taʼlim muassasalarining tabiati, taʼlimning bosqichlari va oʻquvchilar imkoniyatidan kelib chiqib, 45, 40, 35 va 30 min.ni tashkil etadi. Taʼlim tizimida D. va uy vazifasi munosabatlari oʻta muhim sanaladi. Zamonaviy taʼlim tizimining turli bosqichlarida oʻquvchilarga uy vazifasi berilishi yoki berilmasligi, uning miqdori singari jiqatlar oʻquv muassasalarining nizomlarida aks ettiriladi. Ped. fani va amaliyoti uchun D.ning tarkibi masalasi ham muammoli. Uzoq vaqt davomida har bir D. yangi mavzuning bayoni, uni oʻquvchi xotirasida mustaqkamlash, bilimlarni amaliyotda qoʻllash kabi qismlardan iborat boʻlishi shart deb hisoblab kelingan. Oʻquv jarayoni mantiqan bunday katʼ-iy tarkibni talab etmaydi. D. va maktab tajribasi bu tizimni maʼqullamadi. Oʻquv jarayonida D.ni tashkil etishning oldindan belgilab qoʻyil-magan va hamma uchun majburiy boʻlmagan har xil yoʻllarini qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash hamisha mavzuni mustahkamlashning manbai boʻlib kelgan va bu masalani D. tarkibida alohida koʻrsatishning hojati ham yoʻq. Bir necha D.ni yangi mavzuning bayoniga bagʻishlash, ayrimlarini lab. topshiriklarini bajarishga ajratish ham mumkin. Muhimi, oʻtilayotgan mavzu oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilib, ularda koʻnikma paydo boʻlishi va bu koʻnikmalarni amaliyotda qoʻllab malakaga aylantira bilishlaridir. tarkibi masalasi D.ni tasniflash, yaʼni tipologiya bilan bogʻliq. Pedagogik adabiyotlarda D. mazmunga, didaktik maqsadga, oʻtish yoʻllariga, taʼlim jarayonining xususiyatlari va uning qismlariga koʻra tasnif qilingan. Odatda, D. kirish, yangi bilim berish, mustahkamlash, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qoʻllash, nazorat qilish va aralash kabi turlarga boʻlinadi. Taʼlim tajribasida bir D. jarayonida bir yoki bir necha D. turlari umumlashtirilgan holda ish olib boriladigan aralash D. koʻp uchraydi. D. oʻquv jarayonining yol-gʻiz shakli emas. Turli sinflarda fakultativ mashgʻulotlar, seminar, oʻquv konferensiyalari, bahslar, muammoli D.lar, amaliy ishlar, ustaxonada ishlash kabi D.lar mavjud.