V. LABORATORIYAMASHG’ULOTLAR BO’YICHA KO’RSATMA VA TAVSIYALAR
((Laboratoriya mashg‘ulotlari), (Seminar mashg‘ulotlari), (Mustaqil ta’lim), (Kurs ishi) o‘quv rejada ko‘rsatilgan turi (nomi) bo‘yicha yoziladi) Laboratoriya mashg’ulotlarida ma’ruzada bayon qilingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, fan bo’yicha olingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va bilish qobiliyatlarini o’stirish, nazariy o’qitish jarayonida egallangan bilimlarning amaliyotga tadbiq etilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ma’lumotlari yordamida mavzuga oid bilimlarni mustahkamlash va ko’nikmalar shakllanishiga erishish ko’zda tutiladi. Zamonaviy pedagog texnologiyaning interfaol usullari yordamida o’tkazilgan laboratoriya mashg’ulotlarida asosiy maqsad – talabalarning faol ishlashi va mustaqil fikrlashi, o’zini o’zi baholash va boshqalarning fikrlarini hurmat qilish, mustaqil ishlash hamda guruhda ishlash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Laboratoriya mashg’ulotlar universitetning “Axborot texnologiyalari markazi” dagi maxsus jixozlangan kompyuter sinflarida o’tkaziladi. Laboratoriya mashg’ulotlar ikki akademik guruhga bo’linib ikkita o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi lozim. Fan mavzulari bo’yicha Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishda maxsus dasturiy vositalaradan foydalanish tavsiya etiladi.