uchiga joylashgan. Tukchalar tashqi tomondan yelimga o’xshash moddalar bilan bo’ralgan
bo’lib, ular tuproq zarrachalariga birikishiga imkon beradi.
Qoplag’ich to’qimadan keyin joylashgan to’qimalar birlamchi po’stloqdir. Birlamchi po’stloq
ekzoderma, mezoderma, endoderma qatlamlariga bo’linadi. Ekzoderma—birlamchi po’stloqning
eng tashqi qalami bir yoki bir necha qator zich joylashgan yirik hujayralardan tuzilgan. Hujayra
po’sti tezda po’kaklashadi, ichki qismini himoya qilish funktsiyasini bajaradi. Birlamchi
po’stloqning
asosiy qismini tashkil etgan, yupqa keng joylashgan govak hujayralar po’stloq
parenximasi, ya’ni mezodermadir. Mezodermada zapas moddalar-kraxmal, alkaloidlar va boshqa
moddalar to’planadi hamda tukchalar orqali shimib olingan suv va mineral moddalarini markaziy
silindrdagi o’tkazuvchi naylarga o’tkazish xususiyatiga ega bo’ladi. Po’stloqning ichki qavati
endoderma bir qator zich joylashgan o’lik hujayralardan tuzilgan. Hujayralarning ichki po’sty
yog’ochlashgan yoki po’kaklashgan. Endodermaning ksilema naylari qarshisidagi hujayralar
po’sti yogochlashmagan, ular tirik o’tkazuvchi hujayralardir. Moddalar birlamchi po’stloqdan
markaziy sidindr ga shu hujayralar orqali o’tadi, markaziy silindrning tashqi qavati peritsikl
bo’lib, bu qator tirik parenxima hujayralardan tuzilgan. Peritsikl meristerma xususiyatiga ega,
undan yon ildizlar, qo’shimcha kurtaklar va ikkilamchi hosil etuvchi felogen hosil bo’ladi.
Shunga ko’ra peritsikl ildizning hosil qiluvchi qavati deb ataladi. Markaziy silindrni to’ldirib
turgan to’qimalar o’tkazuvchi to’qimalar bular radial naylar bog’lami tipida joylashgan.
Ildizning markazini egallagan qizil nayli to’qimalar birlamchi ksilemadir.
Birlamchi ksilema
naylari chetga qarab nur shaklida tarqalgan. Chekkaga (peritsielga) yaqin naylar mayda,
markazdagi naylar yirik bo’ladi. Birlamchi yogochlik nurlari orasida joylashgan yupqa po’stli
to’rsimon to’qimalar birlamchi floema (lub) to’qimalaridir. Floema va ksilema turli radius
bo’ylab joylashgan. Bular asosiy parenxima to’qimalari bilan bir-biridan ajraladi. Ba’zi
o’simliklar ildizida yogochlik nurlarining markazga yo’nalgan naylari bir-biri bilan
qo’shilishidan ildiz o’zagida yirik naylar joylashgan bo’ladi. Gulsavsar ildizi o’zagida parenxima
hujayralar bo’lib, ularda zapas moddalar to’planadi.
Bir pallali o’ismliklarning ildizi hayotining oxirigacha boshlang’ich tuzilishda bo’ladi. Ikki
pallali o’simliklar yosh maysasining ildizi bir necha kungacha boshlangich tuzilishda bo’ladi,
so’ng unda o’zgarish ro’y beradi. O’zgarish kambiy va fellogen to’qimalarning hosil bo’lishidan
boshlanadi. Ildizda birlamchi floemani birlamchi ksilemadan ajratib turgan asosiy parenxima
hujayralarining bo’linishidan kambiy hosil bo’ladi. Kambiy hujayralari bo’linib, ildizning
chekkasiga ikkilamchi floema, markaziga ikkilamchi ksilema ajratadi. Hosil bo’lgan floema va
ksilema tufayli ildiz yo’g’on tortadi (eniga o’sadi). Ildizda o’zak bo’lmaydi. Ildiz markazida 2-3-
4-6 ta nur shaklida birlamchi ksilema to’planadi. Kambiy hosil bo’lishi bilan bir vaqtda peritsikl
hujayralarining bo’linishidan fellogen yuzaga keladi; fellogen hujayralari bo’linib, ildizning
chetiga po’kak, markaziga felloderma ajratadi. Po’kak sirtida qolgan to’qimalar qo’rib to’kiladi.
Qoplagich to’qima-periderma yuzaga keladi. Boshlangich tuzilishida bo’lgan ildizning markaziy
silindridan ildizning ikkilamchi strukturasi shakllanadi.
Ishni bajarish tartibi. Qovoq ildizining tuzilishini o’rganish uchun 5-6 mm yo’gonlikdagi yosh
ildizdan yupqa ko’ndalang
kesim kesib, suv tomizilgan buyum oynasiga qo’yiladi. Preparatga
floroglyutsin hamda xlorid kislota tomiziladi. Reaktiv ta’sirida ksilema elementlari qizil rangga
bo’yaladi. Preparatga glitserin tomizib, usti qoplagich oyna bilan yopiladi. Ildizning tuzilishi
o’rganish uchun oldindan tayyorlangan preparatlardan foydalansa ham bo’ladi. Preparatni
mikroskopning kichik ob’ektiviga quyib qaralganda, qovoq ildizi tashqi tomondan periderma
bilan o’ralganligi ko’rinadi. Periderma tagida joylashgan yirik parenxima hujayralar ikkilamchi
po’stloq parenxima, to’rsimon to’siqli to’qimalar floema bo’lib,
kambiy hujayralarining
bo’linishidan hosil bo’ladi. Po’stloqni ildizning markaziy silindridan chegaralab turgan yupqa
po’stli radial yo’nalishda joylashgan mayda tirik parenxima hujayralari kambiy halqasidir.
Kambiy hujayralari bo’linib, markazga ikkilamchi ksilema ajratadi. Ildizning asosiy qismini
tashkil etgan yirik nayli qizil rangdagi to’qimalar ikkilamchi ksilema bo’lib, naylar, traxeidlar,
yog’ochlik tolalari (libriform), yog’ochlik parenximasidan tarkib topgan. Ildiz o’zagida
joylashgan to’rt nurli qizil naychalar birlamchi ksilemadir. Birlamchi ksilema markazida bitta
yirik nay bo’lib, nurlar ichidagi naylar mayda naylar, ularni ba’zan aniqlash qiyin bo’ladi. Qovoq
ildizida o’zak nurlari (radial nurlar) keng bo’lib, yupqa po’stli parenxima hujayralardan tuzilgan.
Radial nurlar tufayli ksilema va floema aniq ko’rinib turgan to’rtta o’tkazuvchi boglamga
ajralgan. Metamorfozlashgan ildizlar 1. Bajaradigan funktsiyasiga bog’liq holda o’simliklar
ildizi morfologik jihatdan shakli o’zgarishi mumkin. Morfologik o’zgargan ildizlar
metamorfozlashgan ildizlardir. Metamorfozlashgan ildiz turlari ko’p.
Bunga zapas moddd
to’plovchi ildizlar, tayanch ildizlar, havo ildizlari va boshqalar kiradi. Zapas modda to’plovchi
ildizlar. Ba’zi o’simliklar ildizi asosiy funktsiyasidan tashqari, turli oziq moddalar to’plash
vazifasini bajaradi. Zapas moddalarning to’planishi bilan ildiz mgonlashadi. Shakli o’zgarishi
bilan anatomik tuzilishi ham o’zgaradi. Bularga ildiz meva, tugunak ildizlar kiradi. Zapas
moddalar Qo’shimcha yoki yon ildizlarda to’plansa, bu ildizlar yo’g’onlashib, ildiz
tugunaklariga aylanadi. Ildiz tugunaklarda qo’shimcha kurtaklar bo’lib, ular vegetativ ko’payish
funktsiyasini bajaradi. Bunga kartoshkagul (georgina), shirach, batat va b.k-di. Havo ildizlari,
Tropik mamlakatlarda o’sadigan ba’zi o’simliklarda asosiy ildizlardan tashqari, poyasidan o’sib
erkin osilib turadigan havo ildizlari ham bo’ladi. Bu ildizlar havo namini tortib olish
xususiyatiga ega. Masalan, makkajo’xori poyasining pastki bo’gimlaridan o’sib
chiqadigan
ildizlar ko’shimcha ildizlar bo’lib, poyani mustahkam tutishda tayanch vazifasini bajaradi. Bular
tayanch ildizlardir. 2. Sabzi ildizmevasining tuzilishi. Sabzidan yupqa kundalang kesik
kesib, ko’z bilan qaralganda uning po’stloq qismini markaziy, silindrdan ajratib turgan ochiq
rangdagi doira aniq ko’rinadi. Bu doira kambiydir. Kambiyning tashqi keng qismi floema va
po’stloq, parenximalari bo’lib, uning ostki qismi ikkilamchi ksilemadir. Sabzi ildizining
po’stloq qavati yaxshi rivojlangan. Zapas moddalar, xromoplastlar lub va po’stloq
parenximasida to’planadi. Ildizni tashqi tomonidan o’rab turgan to’qima pukakdir. 3. Turp
ildizmevasini tuzilishi. Turpdan tayyorlangan kundalang kesikni ko’z bilan tekshirganda,
ildizmevaning chekkasiga yaqin joylashgan oziq rangdagi kambiy halqasi aniq ko’rinadi.
Kambiyning tashqi tor, qatlami ildizning po’stloq qismi, ostki keng qatlami markaziy silindir.
Zapas moddalar yogochlik parenximasida to’planadi. Shunga ko’ra, yog’ochlik
parenximasi
yaxshi rivojlanmaganligi aniq ko’rinadi. Ikkilamchi ksilemani urab turgan mayda hujayralar
kambiy, unga tashqi tomondan birikkan, to’qimalar floema va po’stloq parenximasidir. Ildiz
tashqi tomondan koplovchi to’qima-po’kak bilan o’ralgan. 4.Lavlagi ildizining tuzilishi. Lavlagi
ildizi tuzilishiga ko’ra sabzi, turp ildiziga o’xshaydi. Ildizning kundalang kesimi bir necha
qator kontsentrik halqalardan tuzilganligini ko’ramiz. Kontsentrik halqalarning tuzilishi bilan
tanishish uchun, yosh ildizning kundalang kesimidan tayyorlangan preparat mikroskopda
qaraladi.
Dostları ilə paylaş: