Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi


soat)  Kerakli asbob va materiallar



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar

soat) 
Kerakli asbob va materiallar: Mikroskop, lupa, buyum va qoplag’ich oynalar, buyum oynasi, 
qoplag’ich oyna, suvdon pintset, igna. Yangi yoki fiksirlangan makkajo’xori va g’o’za barglari, 
xona o’simliklarining barglari.


Ishni bajarish tartibi: 
Mikroskopda epidermani o’rganishda uning bargda joylashishiga, hujayrasidagi moslamalar va 
ustitsalarning holatiga e’tibor beriladi. Masalan, hujayrasi necha qavatli ekanligi, kutikulaning 
qalinligi, hujayrasining shakllari va ular o’zgarib tukchalarga aylanishi va boshqalar o’rganiladi. 
Barg mezofilini ko’rib u yumshoqligi va yaproqning oraliq qismi ekanligi aniqlanadi. Barglar 
dorzoventral va izolateral tuzilgan bo’ladi. Dorzoventral barg ko’proq ikki pallali o’simliklarga 
xos bo’lib, mezofili ustunchimon hujayralardan iborat buladi. Izolateral tuzilgan barglarda 
mezofil ustunsimon va govak xujayralar yig’indisidan tashkil topgan bo’ladi. Barg tomirlari 
o’tkazuvchi to’qimadan iborat bo’lib, ular katta-kichik to’da ko’rinishida bo’ladi. Bargda 
aksariyat kollateral tipdagi o’tkazuvchi to’qimalar hosil bo’lib, ksilema yaproqning ustki 
tomoniga, floema esa pastki tomoniga joylashgan. Ko’pincha bargda o’tkazuvchi to’qimalar 
ochiq kollateral va bikollateral to’da (bog’lamlar) ko’rinishida uchraydi. Markaziy va yon 
tomirlari yaxshi rivojlanganligi sababli katta-katta o’tkazuvchi to’qimalar to’dasini hosil qiladi. 
Bunday holda biz optik qurollarsiz ham bu to’qimalar yo’nalishini aniqlab olamiz. O’tkazuvchi 
to’qima barglar mezofili oralig’ida ko’p tarmoqli holda to’r shaklida taralib joylashadi. Bu esa 
ular bargining har bir tirik hujayrasini suv va organik moddalar bilan ta’minlashga 
moslashganligini ko’rsatadi. Bargda mexanik to’qimalardan kollenxima va sklerenxima 
uchraydi. Kollenxima epidermis ostida shakllanib, o’tkazuvchi to’qima atrofida joylashadi. U 
parenxima hujayralardan tashkil topgan bo’lib, elastiklik xossasiga ega. Sklerenxima 
mustahkamlik berish xossasiga ega bo’lib, o’tkazuvchi to’qima atrofida to’gmgo’p ko’rinishda 
joylashadi. Bundan tashqari u o’tkazuvchi naylarni o’ragan holda ham uchraydi. U qalin po’stli 
o’lik prozenxima hujayralardan tashkil topgan. Barglar anatomiyasini o’rganishda ular tarkibini 
tashkil etgan asosiy to’rt qismga e’tibor beriladi. Bular: qoplovchi to’qima - epiderma, mezofill, 
o’tkazuvchi to’qima va mexanik, ya’ni mustahkamlovchi to’qimalardir. 
Bargning anatomik tuzilishini o’rganish uchun barg plastinkasidan kesik tayyorlab, unga 
floroglyutsin va kaliy yodid ta’sir ettiriladi. Mikroskopda preparatni kuzatsak, epiderma bilan 
qoplanganini ko’ramiz. Epidermaning ustki qavati qalin kutikula moddasi bilan
qoplanganini ko’ramiz. Ba’zi hujayralarning shakli o’zgarib bigizsimon tukchalarga
aylangan. Epiderma ikki xil hujayralardan tuzilgan bo’ladi. Birinchi xili uzunchoq va notekis 
po’stli bo’lib, ular butun barg sathi bo’ylab joylashgan. Ikkinchisi qisqa, to’tri burchakli
hujayralar bo’lib, tomirlar atrofida joylashgan. Ustitsani o’rab turgan qamrovchi
hujayralar uzun, uchki qismi yumaloqlashgan bo’lib, suvga to’yingan vaqtda hajmi 
kattalashadi. Shu sababli ustitsalar asta-sekin ochiladi. Suv yetarli bo’lmaganda ustitsalar qayta 
yopiladi. Har bir qamrovchi hujayrani yon tomondan uchburchak shakldagi ustitsa oldi 
hujayralar o’rab turadi. Mezofil qismining tarkibi asosan bir xil parenxima hujayralardan tashkil 
topgan. Bargning quyoshga qaragan ustki tomonida parenxima hujayralar juda zich bo’lib, 
o’tkazuvchi to’qimalar atrofiga borib yetgan bo’ladi. Bargning yirik markaziy tomirlari o’tib 
yo’gonlashgan qismida mezofill hujayralar bo’lmasdan, ularning o’rnida rangsiz, oziq moddalar 
kam bo’lgan yirik parenxima hujayralar uchraydi. Bargning orqa tomonidagi o’tkazuvchi 
to’qimalar esa mezofil hujayralar bilan o’ralgan. Mexanik to’qimadan esa kollenxima epiderma 
tagida joylashgan xolda o’tkazuvchi to’qima tomirlarni o’rab turadi. G’o’za barg plastinkasidan 
yupqa kesik tayyorlab undagi epiderma, mezofill va o’tkazuvchi to’qimalar aniqlab olinadi. 
Barg mezofili dorzoventral tipda bo’ladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin