1- AMALIY MASHG’ULOT
1-
mavzu: Mikroskop. Mikroskopning tuzilishi ishlosh qoidalari Piyoz po’sti
epidermasi hujayrasining tuzilishi. Plastida tiplari. Tirik o’simlik
hujayralarida xloroplast, xromoplast va leykoplastlar. (2-soat)
Kerakli asbob va materiallar:
Mikroskop, buyum va qoplag’ich oynalar, ustara,
chyotka, pipetka, preparoval nina, suv, yod, glittserin, spirt, toluol, ksilol, filtr qog’oz, piyoz,
turli yosh ildizlar.
Ishni bajarish tartibi.Biologik mikroskop mexanik va optik qismlarga bo’linadi.
Mexanik qismi uning optik va yorituvchi sistemalarini bir-biriga birlashtirib
turadi va ularni
boshqarishda asosiy vositachi hisoblanadi. Mikroskopning shtativi, buyum stolchasi, taqasimon
oyoqchasi, tubus, revolver, makro va mikrovintlar mexanik qismiga kiradi.
Buyum stolchasi
doira shaklida bo’lib, ikki qavatdan iborat. Pastki qismi shtativga mahkamlangan bo’lib, ustki
qavatini tutib turadi. Ustki qavatini unga biriktirilgan vintlar yordamida turli yo’nalishga
(o’ngga, chapga, oldinga, orqaga) harakatlantirish mumkin. Bu esa preparatni u yoq-bu yoqqa
surib ob’ektni mikroskop fokusiga to’grilashga imkon beradi. Stolchaning markazidash kichik
teshikcha orqali ob’ektga nur o’tadi. Ob’ektli oyna qo’zgalmasligi uchun stolcha ustiga
qisqichlar (klemmalar) o’rnatilgan. Mikroskopning yorituvchi sistemasi yorug’lik
nurini
preparatga yo’naltirib, optimal yoritish vazifasini bajaradi. Yorituvchi sistemaga nur to’plovchi
oyna, kondensor va diafragma kiradi. Nur to’plovchi oyna yarim oy shaklidagi tutqich
yordamida mikroskopdagi maxsus uyaga biriktirilgan bo’lib, u tutqich atrofida aylana oladi.
Oynaning bir tomoni botiq, ikkinchi tomoni tekis bo’ladi. Tushayotgan yoruglik kam bo’lsa yoki
mikroskopda kondensor bo’lmasa, oynaning botiq tomoni ishlatiladi. Yorug’lik yetarli bo’lib,
mikroskopda kondensor bo’lsa, oynaning tekis tomoni ishlatiladi. Kondensor nur to’plovchi
linzalardan tuzilgan bo’lib, preparatni to’liq yoritish uchun ishlatiladi. U harakatlantiruvchi vint
yordamida yuqoriga ko’tarilganda, preparatga tushadigan nurning kuchi ortadi. Laboratoriyada
amaliy mashgulotlar o’tish jarayonida mikroskop bilan ishlash qoidalariga amal qilish talab
etiladi. Bu qoidalar quyidagilardan iborat: 1. Mikroskop stol chekkasidan 3-4 o’smir ichkariga
qo’yiladi. 2. Mikroskopning okulyar va ob’ektiv linzalari, nur to’plovchi
oynalar quruq,
toza va yumshoq latta bilan artiladi. 3. Mikroskop shtativini chap yelkaga to’g’rilab qo’yish
kerak. 4. Kondensor yuqoriga ko’tarilib, diafragma ochiladi. 5. Mikroskopning kichik (8x li)
ob’ektivi buyum stolchasining teshigi ro’parasiga keltirilib, stolchadan 1 o’smir balandlikda
tutiladi. 6. Bir ko’z (chap ko’z) bilan okulyardan qarab, oyna yorug’ tushayotgan
tomonga
qarab aylantiriladi, to’plangan yoruglik tiniq va to’liq bo’lishi shart. 7. Preparat
qisqichlar yordamida stolchaga biriktiriladi. 8.Har qanday ob’ekt kichik ob’ektivdan boshlab
kuzatiladi. Ob’ektiv preparatdan (4-5 mm) baland bo’lishi kerak. So’ngra bir ko’z (chap ko’z)
bilan okulyardan qarab turib, makrovint vositasida tubus sekin yuqoriga ko’tariladi,
ob’ektning aniq tasviri ko’ringanda, tubusni ko’tarish yoki tushirish to’xtatiladi. Ob’ektning
istalgan qismi topilgach, qismlarini kuzatish uchun katta ob’ektivga (40x ga) o’tkaziladi.
Katta ob’ektiv preparatdan 1-2
mm balandlikka keltirilib, so’ng okulyardan qarab turib,
makrovint juda sekin buraladi. 9.Ob’ekt kuzatib bo’lingandan so’ng revolverni burab,
mikroskop kichik ob’ektivga o’tkaziladi. Preparat stolchadan olinadi, mikroskopga
bog’langan tozalagich mato taxlanib ob’ektiv tagiga qo’yiladi yoki ob’ektiv
stolchadan yuqori
ko’tarilgan holda qoldiriladi. Piyozning seret qobig’ini ajratib, uning orasidagi yupqa pardasidan
bir bo’lak olib buyum oynasidagi suv tomchisiga qo’yiladi, so’ngra nina bilan to’g’rilab ustiga
qoplag’ich oyna yopiladi. Shu usulda tayyorlangan preparatni mikroskop stolchasiga qo’yib,
kichik qilib ko’rsatadigan ob’ektivi orqali qaraganda, piyoz po’stining parenximasi yonma-yon
joylashgan, cho’ziq rangsiz hujayralaridan iborat ekanligi ko’rinadi. Preparatga mikroskopning
katta qilib ko’rsatadigan ob’ektivi orqali qaralganda esa uning juda yupqa po’st bilan
qoplanganligi va ichida vakuola, tsitoplazma, yadro borligini ko’ramiz. Yadro hujayra o’rtasida
yoki po’stga yaqin o’rnashgan bo’ladi. Piyoz po’stidan tayyorlangan preparatga yod tomizilsa
sitoplazmasi va yadrosi sarg’ish ranga kiradi.
1-rasm.
.
Xozirgi biologik mikroskop(MBI-1): 1-
shtativ, 2-tubus, 3-okulyar, 4-revol'ver, 5-
ob’ektiv, 6-makrovint, 7-mikrovint, 8-ikki
qavatli stolchaning ostki qavati, 9-
stolchaning ustki qavati, 10-stolchani
surish vintlari, 11-Abbe kondensori, 12-
qondensorni harakatga keltiruvchi vint,
13-
mikroskop
oynasi,
14-kondensor
ostidagi xalqacha,15-qisqichlar.