Boylamli tur. Bunday tuzilish poyaning birlamchi tuzilishida bir-biridan ajralgan
o’tkazuvchi boylamlarga ega bo’lgan o’simliklar sebarga, tok uchun xosdir. Ikkilamchi
tuzilishga o’tishda kambiy ikkilamchi yog’ochlik va ikkilamchi lublarni hosil qiladi. O’tkazuvchi
boylamlarni bir-biridan ajratib turuvchi asosiy to’qima hujayralari boylamlararo kambiyni hosil
qiladi. U o’z navbatida o’zak nurlari parenximasiga ajraladi. Shuning uchun ham yaxlit kambiy
halqasi hosil bo’lishiga qaramay o’tkazuvchi boylailar ikkilamchi tuzilishida ajralgan holda
qoladi. Ba’zi o’simliklarda boylamlararo kambiy ancha sust rivojlangan. Oraliq tur. Bu ham
dastlab ajralgan boylamlarga ega bo’lgan poyali o’simliklar uchun xarakterli bo’lib, keyinchalik
boylamli kambiyning faollik ko’rsatishi hisobiga yaxlit kambiy halqasi vujudga keladi. Oraliq
turning muhim xususiyati shundan iboratki, bunda ikkilamchi yog’ochlik va ikkilamchi lublar
faqat boylamli kambiydan emas, balki boylamlararo kambiydan hosil bo’ladi. Bu o’z navbatida
yangi ikkilamchi o’tkazuvchi boylamlarni keltirib chiqaradi. Barcha boylamlarni sekin-asta
o’sishi natijasida ular qo’shilib bir butun yog’ochlik bilan lubni ajratib turuvchi kambiyli halqa
(kungaboqar, loviya) shakillanadi, ya’ni boylamli turdan boylamsiz turga o’tish kuzatiladi. Boylamsiz (halqali) tur. Mazkur tur poyaning birlamchi tuzilishida yog’ochlik va lub
halqasimon joylashgan o’simliklarda (zig’ir, tamaki) kelib chiqadi. Ikkilamchi meristematik
kambiy ham yaxlit halqa shaklida hosil bo’ladi va ikkilamchi yog’ochlik hamda lublarning
halqalarini vujudga keltiradi. Po’stloq tarkibiga kambiyning tashqarisida joylashgan barcha
to’qimalar kiradi. Po’stloqning tashqi qavatlari periderma hisoblanib, u po’kak, po’kak kambiysi
va fellodermalardan tashkil topadi. Ba’zan po’kak yuzasida epiderma qoldiqlari kuzatiladi. U
ham keyinchalik tushib ketadi. Periderma ostida o’sish konusidagi birlamchi meristemaning
ajralishi natijasida hosil bo’lgan birlamchi po’stloq elementlari joylashadi. Uni kollenxima,
xloroplastlar, krkxmal donachalari va druzlarga ega bo’lgan asosiy parenxima hujayralari kiradi.
Poyaning markaziga yaqinroq joyda kambiy faoliyati natijasida hosil bo’lgan ikkilamchi po’stloq
ajratiladi. Ikkilamchi po’stloqda trapetsiya shaklida lub tolalari bilan elaksimon naylar yo’ldosh
hujayralar va lub parenximasi bilan navbatlashgan lub bo’laklari ko’rinib turadi. Elaksimon
naylar daraxt poyalarida 2 – 3 yil faolik ko’rsatadi, keyinchalik u moddalarni o’tkazish
xususiyatini yo’qotadi va yangisi bilan almashinadi. Lub uchastkalari orasidan asosiy parenxima
hujayralardan tashkil topgan birlamchi va ikkilamchi o’zak nurlari o’tadi. Ularning hujayralari
ko’pincha kraxmal, moy, shakar kabi oziq moddalarni saqlaydi. O’zak nurlari orqali poyaning
o’zagi bilan chekka qismlarida joylashgan to’qimalar (po’stloq) bilan aloqa bog’lanadi.
-rasm. Poyaning o’tuvchi tipdagi tuzilishi.