Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi


Kerakli asbob va materiallar



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar

Kerakli asbob va materiallar: bir va ikki pallali o’simliklar ildizi gerbariysi, ildizmevalar,ildiz 
tugunaklari, gulsapsar ildizining ko’ndalang kesimidan tayyorlangan mikropreparat. 


Ishlash tartibi. Tirik yoki gerbariy qilingan o’simliklarning ildiz sistemalari o’rganiladi. 
Bunda ko’proq g’allasimon o’simliklarning (makkajo’xorida yaxshi ko’rinadi) bo’g’inlarida 
qo’shimcha ildizning yarus bo’lib joylashganligiga ahamiyat berish lozim. O’q va popuk 
ildizlarning rasmini chizib, qo’shimcha yon ildizlar belgilab qo’yiladi. Bug’doy ildizining 
hududlari o’rganiladi. Avvalo, bug’doy o’simtasining ildizi oddiy ko’rish bilan tekshiriladi. 
So’ngra ildizning ichki qismi 1-1.5 sm uzunlikda kesib olinadi va u suv tomizilgan buyum 
oynasiga joylashtirilib , qoplag’ich oyna bilan yopib qo’yildi va mikroskopning kichik 
obyektivida tekshiriladi. Ildizning rasmi chiziladi va hududlar belgilab qo‘yiladi. 
Shakli o’zgargan ildizlarni o’rganish uchun sabzi yoki boshqa birorta ildizmeva olinadi va 
tekshirilib, rasmi chiziladi. Rasmda ildizmevaning boshchasi, bo’yni va ildiz qismi belgilab 
qo’yiladi. Ildizning birlamchi tuzilishini o’rganish uchun gulsapsar ildizining ko’ndalang 
kesimidan tayyorlangan mikropreparat mikroskopda tekshiriladi. Bunda hujayra qobig’ining 
qalinligi, rangi, shakli va hujayralarning zich joylanishiga ahamiyat beriladi. Avval 
mikroskopning kichik obyektivida, songra katta obyetivida endoderma va markaziy silindr 
tekshiriladi. Peritsikl o’tkazuvchi hujayralar aniqlandi va ksilema nurlari hisoblanadi. Ildizning 
ko’ndalang kesmasi tuzilishining rasmi chizilib, unda epiblema , birlamchi po’stloq, markaziy 
silindr, ildiz tuklari, ekzoderma, mezoderma, endoderma, o’tkazuvchi hujayralar, peritsikl, 
flozma va ksilemalar belgilab qo’yiladi.

Ildizning ikkilamchi anatomik tuzilishi.Bir pallali o’simliklarda ildizning dastlabki tuzilishi 
o’suv davrining oxirigacha saqlanib qoladi. Ikki pallali o’simliklar ildizida ikkilamchi o’sish 
nuqta kambiyning paydo bo’lishi bilan boshlanadi. Dastlabki barg paydo bo’lgandan keyin 
ildizda kambiy vujudga keladi. Kambiy to’qimasi hujayraning ildizida tangential bo’linishi bilan 
vujudga keladi. Eng avval kambiy dastlabki yog’ochlik ustida peritsikl hujayralar va ba’zan 
asosiy parenxima hujayralaridan paydo bo’ladi. Kambiy qatlami cho’zilib, yaxlit kambial 
halqaga aylanadi. Kambiyning bo’linishi natijasida ikkilamchi yog’ochlik va ikkilamchi lub hosil 
bo’ladi, ya’ni ildiz eniga o’sadi, kambiyning halqasi esa asta-sekin doira hosil bo’ladi. Bundan 
tashqari, o’zak nurlari keng bo’lib, yog’ochlik bilan lubni chegaralab turadigan to’rtta eniga 
o’tkazuvchi qismiga yuboradi. 
Markaziy silindrda ikkilamchi to’qima paydo bo’lishi bilan ildizning dastlabki po’stlog’I qurib 
tushib ketadi, chunki peritsikl hujayralar bo’lina boshlab, paydo qiluvchi to’qima - peridermani 
yuzaga keltiradi. Natijada ildiz sirti po’kak bilan qoplanadi. Ildizmeva to’qimalarida zaxira oziq 
moddalar to’planadi. Ildizmevalarning yog’ochlanish xarakteriga qarab ular uch xilga ajratiladi: 
1.Sabzisimon xil. Bunda yog’ochlik sekin rivojlanib, flozma qismi tez o’sadi va kata hajmni 
egallaydi. Bu xilga sabzi , petrushka, pasteriyak ildizmevalari kiradi; 
2. 
Turpsomon xil. Bunda po’stloq qismi sust rivojlanadi, asosiy qismi esa yog’ochlikdan 
iborat bo’ladi. Bu xilga turp, brukva, sholg’om kabi o’simliklar ildizmevasi kiradi; 
3. 
Lavlagisimon xil. Bunga ildiz markazida ikki nurli birlamchi ksilema joylashgan 
bo’lib, ularga qarama-qarshi holda ikkita asosiy parenxima hujayra nurlari joylashadi. Birlamchi 
ksilemaga ikkilamchi ksilema yopishib turadi, undan keyin esa kambiyning birlamchi halqasi 
joylashgan, ikkilamchi ksilemaga qarama-qarshi ikkilamchi floema joylashadi, so’ngra ildiz 
tashqarisiga yaqin joyda g’amlovchi parenxima to’qimasi joylashadi. Undan keyin koplateral 
nay-tolali bog’lamlar joylashadi, ular orasida esa kambiy halqasi joylashadi. Ildizning qolgan 
g’amlovchi to’qimalari orasida kambiy halqasi bir necha (9-12) qator bo’lib joylashadi. Kambiy 
halqalari qanchalik bir-biriga yaqin joylashgan bo’lsa o’tkazuvchi bog’lamlar shunchalik oz 
bo’ladi. Ildizmeva tashqi tomondan po’stloq bilan qoplanadi. 


1-amaliy ish. Kerakli asboblar:oshqovoq ildizidan va sabzi , turp, lavlagi 
ildizmevasidan tayyorlangan doimiy preparatlar. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin