katta qilib ko’rsatadiganmikroskop obyektivida kuzatilib, o’tkazuvchi bog’lamining rasmi va
undagi barcha toqimalar chizib olinadi.
Umumiy tushuncha. Ko’pchilik ikki pollali o’simliklarningpoyasida
birlamchi tuzilishi
ikkilamchi tuzulish bilan ancha erta almashadi. Ularda bog’lamli, bog’lamsiz va oraliq shakldagi
tolali nay bog’lamlar bo’ladi. Bog’lamva oraliqlar ko’proq o’tsimon o’simliklarda uchraydi.
Poyalarning ikkilamchituzulishiga xos bo’lgan asosiy belgilari floema va kslema o’rtasida
kambiyning bo’lishi, o’tkazuvchi bog’lamlarning doira bo’lib joylashishi va
birlamchi
po’stloqning rivojlanganligidir.
1-amaliy ish.
Kerakli asbob va moteriallar: mikrosko’p, qovoq, zig’ir va lipa(jo’ka) o’simliklari poyasining
tayyor pereparatlari.
Ishning bajarilashi.
Qovoqning poyasidan tayyorlangan doimiy pereparat mikrosko’pning kichik obyektivi
orqali kuzatiladi. Avvalo uning asosiy qisimlari: epidermis birlamchi postloq va markaziy
silindir topiladi. Birlamchi po’stloq epidermis ostida joylashgan bo’lib, uning tarkibiga uch xil
to’qima:burchaksimon kallenxima, assimiliyatsiyalovchi parenxima va epidirma kiradi.
Burchaksimon kollenxima epidermis ostida aloxida-aloxida bo’lib joylashadi.epiderma esa
birlamchi postloqningqolgan qismi asosiy parenximadan iborat.
Markaziy silindr halqasimon
joylashgan sklerenximadan boshlanadi. Uning hujayralari qayrigan bo’lib, qobiq qalin va
binafsha rangda bo’ladi. Undan keyin asosiy parinximaatrofida ochiq bikollateral bog’lam
joylashgan. Beshta yirik va beshta mayda bog’lam navbatbilan joylashadi, ulardan keyi esa
bo’shliq boladi. Poyaning bir qismi rasmi chizib olinadi va undagi epidermasi, birlamchi
po’stloq , markaziy silindr, kallenxima, assimiliyatsiyalovchi parenxima, epiderma,
asosiy
porenxima, o’tkazuvchi bog’lamlar, floema, ksilema, kambiy va bo’shliq belgilab qo’yiladi.
Zig’ir poyasi ham mikroskopning kichik obyektivida kuzatiladi. Zig’ir poyasi ikkilamchi
po’stloq(lub)da lub tolalariningko’pligi bilan xarakterlanadi. Ikkilamchi po’stloq kambiy halqa
bo’lib joylashgan poyada bo’ladi. Lub tolalari (sklerenxima)bog’lam bo’lib joylashadi.
Ikkilamchi po’stloq to’qimasi(flaema) tarkibiga kiruvchi elaksimon naylar, yo’dosh hujayralar
va lub parenximasi joylashadi. Ularning orasida radius bo’yicha asosiy parenxima hujayralaridan
iborat bo’lgan o’zak nurlari o’tadi. Zig’ir poyasining birlamchi po’stlog’I ingichka va bir necha
qator assimiliatsion to’qimadan iborat bo’ladi. Yog’ochlik lubga o’xshash
keng halqasimon
bo’lib joylashgan, undan keyin yosh poyalarda o’zak, yetiigan poyalarda esa bo’shliq bo’ladi.
Poyaning bir qismidaftarga chizib olinadi va uning qisimlari: epidermis, birlamchi postloq,
ikkilamchi po’stloq, yog’ochlik, o’zak o’rnidagi bo’shliq, o’zak nurlari, lub tolalari, elaksimon
naylar belgilab qo’yiladi.Jo’ka o’simligining tayyor pereparati mikroskopning kichik obyektivida
kuzatiladi. Poyaning asosiy qisimlari: po’stloq, kambiy,yog’ochlik va o’zak topiladi. Jo’ka
poyasi bir necha qator hujayradan tashkil topgan po’kak
bilan qoplangan, uning ustida o’gan
epidermis qoldiqlari ko’rish mumkin. Po’stloq tarkibiga esa birlamchi va ikkilamchi po’stloq
kiradi. Kollenxima, assimiliatsion porenxima va endaderma topiladi. Ikkilamchi postloq (lub)
endoderma va kombiy orasida joylashadi. Unda asosiy lub va ular orasidan o’tgan o’zak nurlari
bo’ladi. Lub qalin va yupqa qobiqli bo’ladi va ular navbatlashadi. Yupqa qobiqli lub elaksimon
nay, yo’dosh hujayralar, lub porenximasidan iborat. Qalin qobiqli lubesa, bir-biriga maxkam
yopishgan
lub tolalaridan iborat bolib,uning qobig’I qalinligidan ajratib olish mumkin . O’zak
nurlari ikkilamchi qobiqda biroz kengayai. Ular o’zakdan yoki yog’ochlikdan boshlanib, asosiy
parenxima hujayralaridan iborat bo’ladi. Oziq moddalarni saqlash va o’tkazish vazifalarini
bajaradi.
Ikkilamchi to’qimadan keyin kambiy halqasi joylashadi. Uninh hujayralari ingichka to’g’ri
burchak shaklda bo’ladi. Preparatda ana shunday hujayralarning bir necha qatorini ko’rish
mumkin. Bu hujayralar faqat kambiy hujayralari bo’lmasdan, ayrimlari kambiydan hosil bo’lgan
hujayralardir. Kambiy bo’linib ikkilamchi po’stloq va yog’ochlikni hosil qiladi. Yog’ochlik
ancha tez hosil bo’ladi. Yog’ochlik o’rganilayotganda yillik halqalarni topib, ularni sonini
hisoblash kerak. Yillik halqalarning hujayralari bahorda yirik, kuzda esa mayday bo’ladi. Yirik
hujayralar, asosan nay va traxeidlar, maydalari esa yog’ochlik tolalari va ingichka traxoidlardan
iborat. Bundan tashqari, yog’ochlik tarkibiga yog’ochlik parenximasi xam kiradi. Yog’ochlik
orqali ingichka o’zak nurlari o’tadi. Poyaning o’rtasida o’zak joylashgan. U , asosan,
yirik va
siyrak joylashgan asosiy parenxima hujayralaridan iborat. Yosh poyalarda o’zak zaxira oziq
moddalarni to’plash uchun xizmat qiladi.
Poyaning bir qismi chizilib , undagi po’stloq, kambiy yog’ochlik, o’zaklari belgilab qo’yiladi.
Shuningdek, epidermis, po’kak birlamchi po’stloq, elaksimon naylar,
lub tplalari va
yog’ochlikning yillik halqalari ham aloxida ko’rsatib qo’yiladi.
Dostları ilə paylaş: