Ishlash tartibi: Nok mevasining
yumshoq etida qattiq, sarg’ish rangli dumaloq donachalar
bo’ladi, anashu tuzulmalar bir necha qattiq holga kelgan toshsimon hujayralardir.
Teshkirish uchun nok mevasi
etidan lansetda ozgina olinib , buyum oynasidagi suv tomchisiga
qo’yiladi va obyekt asta qoplag’ich oyna bilan yopilgach, mikroskop stolchasiga qo’yilib undagi
toshsimon hujayra topib olinadi. Bu hujayralar yaxshiroq ko’rinishi
uchun buyum oynasidagi
toshsimon hujayralar salgina bosib eziladi. Bunga floroglutsin bilan xlorid kislota tomizilsa,
toshsimon hujayra bir oz vaqt o’tgach qizil tusga kiradi, nok mevasining eti esa rangsizligicha
qoladi. Bu hol toshsimon hujayralar po’sti yog’ochlashganligini ko’rsatadi. Sklereid (toshsimon)
hujayralarning rasmi daftarga chizilib, nomi yoziladi.
Dostları ilə paylaş: