o’tkazuvchi bog’lamni hosil qiladi. Bu bog’lam tarkibiga, asosan, o’tkazuvchilardan
tashqari,
mexanik to’qimalar va g’amlovchi parenxima to’qimalari ham kiradi. Shuning uchun bular
ko’pincha o’tkazuvchi bog’lam deb ataladi.O’tkazuvchi bog’lam, ko’tariluvchi va tushuvchi
bog’lam ikki qismdan: yog’ochlik(ksilema) va lub(floema)dan iborat bo’ladi. Yog’ochlik
tarkibiga suv naylari (kapillarlar), traxeid, yog’ochlik paraenximasi va yog’ochlik
tolalari,
libriform kiradi.
Yog’ochlik parenximasi po’sti biroz yog’ochlangan yirik hujayralardan iborat. Bu
hujayralarga har xil oziq moddalar zaxirasi to’planadi. Yog’ochlik tolasi(libriform) qalin po’stli
o’tkazuvchi bog’lamni mustaxkam qiladi. Lub tarkibida yo’ldosh hujayralar bilan birga
elaksimon nay , lub parenximasi, lub tolalari kiradi.
Lub parenximasida ham yog’ochlik parenximadagi kabi har
xil oziq moddalar zaxirasi
to’planadi. Lub ancha pishiq, elaksimon tolalardan iborat. Tola lubni ancha mustaxkam qilib
turadi.
Lub va yog’ochlikning joylashishiga qarab, o’tkazuvchi bog’lamlar quidagi 4 guruxga:
Kollateral, bikollateral, konsentrik va radikal bo’g’imlarga bo’linadi. Bikollateral o’tkazuvchi
bog’lam, bunda lub hujayralari yog’ochlik hujayralarining ikki tomonida joylashadi(masalan ,
oshqovoqda).Kollateral bog’lamlar:floema va
ksilema bir -biriga
yonma-yon joylashib turadi, amma tashqi tomondan floema , ichki tomonda
esa ksilema joylashadi(masalan, jo’xorida).
Kontsentrik o’tkazuvchi bog’lamda esa lub hujayralari yog’ochlikni batamom o’rab
oladi(masalan, gulsapsarda). Radial o’tkazuvchi bog’lamlar ildizning birlamchi tuzilishiga xos
bo’lib bog’lamning asosiy qismini ksilema tashkil etadi. Ksilema ildizning markazida radial
nurlar xosil qilib joylashadi. Ksilema nurlari orasida esa floema bo’ladi.
O’tkazuvchi bog’lamlar o’simlikda uning eng datlabki hujayralar guruxidan hosil bo’ladi.
Bir pallali o’simliklarda prokambial hujayraning hammasi o’tkazuvchi bog’lamga aylanadi.
Bunda o’simliklarda o’tkazuvchi bog’lam yog’ochlashmaydi(eniga qarab osmaydi), shuninh
uchun bular yopiq bog’lam deb ataladi. Ikki pallali o’simliklarda o’tkazuvchi bog’l;am
yog’ochlashadi, chunki bunda prokambiyning hammasi o’tkazuvchi bog’lamga
aylanmaydi,
ya’ni prokambiy hujayralarining yog’ochlik bilan lub o’rtasida qolgan bir qismi ikkilamchi
paydo qiluvchi to’qima-kambiyni hosil etadi. Kambiy hujayralari tangental bo’linib ikkilamchi
to’qima- ikkilamchi lub va ikkilamchi yog’ochlikni vujudga keltiradi. Mana bunday
tugallanmagan bog’lamni ochiq bog’lam deb ataladi.Ba’zi o’simliklarda o’tkazuvchi to’qima
ayrim bog’lam holda emas, balki yaxlit halqa shaklida bo’ladi, ya’ni poyaning sirtida lub halqasi
va bularning o’rtasida kambiy joylashgan bo’ladi.
1-amaliy ish.
Dostları ilə paylaş: