tekshiriladi. Bunda epiderma to’qimalari ostida yorug’lik nuruni kuchli ravishda singdiruvchi
kolenxima hujayralarini ko’rish mumkin. Shuning uchun birinchi qarashda ayrim yulduzsimon
shakldagi hujayralar yaltirab ko’rinadi: mana shu ko’rinishdagi narsa burchakli kollenxima
hujayrasidir.Burchakli kolenxima hujayrasi qovoq poyasining qirralarida yaxshi ko’rinadi.
Kollenximaning sellulozadan tashkil topgan po’sti xlor-sink-yod ta’siri ostida binafsha tusga
kiradi.
Sklerenxima. Bu to’qima ko’pincha poya epidermasining ostida naytolali bog’lam atrofida
joylashadi.Sklerenxima to’qimasi prozenxima hujayralaridan (bu ko’pincha tola deb ham
yuritiladi) tashkil topgan. Bu to’qima hujayralarining po’sti ba’zan shu qadar qalinlashib
ketadiki, natijada uning markazida hujayra hajmi kichrayib qoladi.
Sklerenxima hujayrasining po’sti sellulozalashgan yoki yog’ochlashganligini aniqlash uchun
har xil mikrokimyoviy reaksiyadan foydalaniladi. Masalan, fluroglutsin bilan xlorid kislota
yog’ochlashgan hujayra po’stini qizil tusga, xlor- sink-yod esa sariq tusga bo’yaydi.
Dastlabki sklerenxima dastlabki meristemadan, ikkilamchi sklerenxima esa kambiydan
vujudga keladi.Sklerenxima to’qimasi daraxtlarda bo’lsa - libriforom, tolali o’simliklarda esa
tola deyiladi.
2-
amaliy ish
Makkajo’xori poyasining sklerenxima to’qimasini tekshirish
Asbob va materiallar hamda reaktivlar: mikroskop, jo’xori poyasi, lezviya, buyum va
qoplagich oynalar, pipetka, cho’tkacha, suv, floroglutsin, safTanm, xlor- sink-yod eritmasi.
Dostları ilə paylaş: