Vazifa: Quyidagi topshiriqni bajaring va jadvalni to’ldiring. 1-guruhga. Qora quti metodi
2-guruhga. Assessment metodi
3- guruhga. BBB metodi
Vazifa:Quyidagi topshiriqni bajaring va jadvalni to’ldiring. 1-guruhga krossvord-o’yin metodi
2-guruhga Sinkveyn metodi
3-guruhga BBB metodi.
Bilaman Bildim (mavzudan olingan yangi
ma’lumotlar)
Bilishni istayman (qiziqtirgan savollar)
2- AMALIY MASHG’ULOT 2-mavzu: Hosil qiluvchi to’qima. Poyaning o’sish konusi. Birlamchi (epiderma) va ikkilamchi (periderma) qoplovchi to’qima (2-soat). Kerakli asbob va materiallar: 1. Mikroskop, lupa, metilen ko’ki, elodeya o’simligining o’sish
konusi, buyum va qoplag’ich oynalar, buyum oynasi, qoplag’ich oyna, suvdon pintsept, igna,
geran bargi.
Umumiy tushuncha:Meristema bo’linish yo’li bilan yangi hujayralar hosil qiladigan
to’qima bo’lib ular doimo bo’linish hususiyatiga ega.
Bo’linish hususuyatini doimiy saqlaydigan hujayralar boshlang’ich hujayralar deyiladi.
Dastlbki hujayralarning bo’linishi natijasida meristema hosil bo’ladi.
Meristema o’simlik tolasining ko’p qismida uchraydi. O’simlik tanasida bir necha xil meristema
bo’ladi.
Uchki (apikal) meristema, odatda, o’simliklar poya va ildizning uchki qismlarida joylashgan
bo’lib, ularning uchidan bo’yiga o’sishini taminlaydi, ba’zan birinchi (boshlang’ich)meristema
deb ham ataladi. Yon meristemalar- laterial meristemalar o’simlikning yon organlarida paralell
joylashgan bo’lib, organlarning eniga o’sishini ta’minlaydi yoki ikkilamchi meristema-kambiy
deb ham ataladi. Oraliq, interkalyar va travmatik meristema o’simlik tanasining jarohatlangan
yerida boshqa meristema yoki to’qimalardan hosil bo’ladi vajarohatlangan joyini tiklaydi.
Meristema hujyralarining shakli, tuzilishi, joylashishi va bajaradigan vazifasi ham bir-biriga
o’xshash. Ularning shakli izodiametrik , tomonlari bir-biriga teng , hujayra oraliqlari yo’q,
hujayralar yupqa po’st bilan o’ralgan, hujayra ichida quyuq
sitoplazma va o’rtada bitta katta
yadro joylashgan; xloroplastin rangsiz. Meristema hujayralari doimiy bo’linib turadi. Hosil
bo’lgan hujayralammg hammasi yoki ko’pchiligi asta -sekin doimiy to’qimalarga aylanib , hosil
qilish-meristemaitk xususiyatini saqlaydi.